Mavzu. Madaniy boyliklar va muhofaza qilish tushunchasi. Mavzuga oid boshqa asosiy tushunchalar
Download 207.3 Kb.
|
1-мавзу ТМК (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Memoriy yodgorlik
- Bu vayrona bino
«Me'moriy yodgorlik» ning bugungi tushunchasi. Mazkur ibora hozirgi vaqtda XVIII — XIX asrdagiga nisbatan bir qancha kengroq qo‘llanishi m a’lum. Bu tushuncha «yodgorlik» iborasi asosida tuzilgan bo‘lib, biron-bir tuzum, jamiyat insondan boshqasiga o‘tadigan jarayonni anglatadi. Yodgorliklar tarixiy, arxeologik, san’at va shu kabi sohalarda, o‘sha soha so‘zi qo‘shib ishlatish vositasida anglashiladi. Masalan, tarixiy yodgorlik, arxeologiya yodgorligi, san’at yodgorligi, m e’moriy yodgorlik va boshqalar. Me’moriy yodgorlik iborasi XX asr boshlarigacha osorul-boqiya, osorul-atiqa singari tushunchalar vositasida ham anglashilgan. Yuqoridagi hollarning barchasida o‘tmish bilan bog‘liq xotira tushuniladi.
Demak, yodgorlik deb tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan, o‘tmishda yaratilgan biron-bir narsa tushuniladi. Biroq yodgorliklar faqatgina tarixiy ahamiyatga ega bo'lsa, tarixiy yodgorlik deb tushuniladi. Me’morchilik san’atning bir turi bo'lganligi tufayli u moddiy hamda ma’naviy ahamiyat kasb etadi va shu tufayli badiiy ahamiyatga ham ega. Me'moriy yodgorlik deb o'tmishda bunyod etilib, tarixiy va badiiy ahamiyatga ega bo‘lgan bino, inshoot hamda bog‘-rog‘ san’ati singari me’morlik va shaharsozlik ijodiyot namunalariga aytiladi. Me’moriy obidalar yakka holda saqlangan inshoot yoki ularning majmualaridan iborat bo‘ladi. Ba’zida me’moriy yodgorlik biron-bir bino yoki inshootning vayronasidan ham iborat bo‘lishi mumkin. Bu vayrona bino va inshootning qurilmasi, planirovkasi, biron bo‘lagi, naqsh-u nigori yoki boshqa badiiy jihati, kompozitsiyasi haqida yetarli ma'lumot bermasa, u holda u me'moriy obida emas, balki arxeologiya yodgorligi hisoblanadi. Arxeologiya yodgorliklarining asosiy qismi o‘tmishdagi me’morchilik namunalaridan paydo bo‘lganligini hisobga olsak, me’moriy yodgorliklarni o‘rganish ba’zida arxeologiya yodgorliklarini tadqiq etish bilan chambarchas bog‘liqligini ko'ramiz. Bularning har ikkalasi ham ilmiy-tarixiy ahamiyat kasb etib, bugungi va kelajak me’morchilik taraqqiyoti uchun katta amaliy manba hisoblanadi. Shuning uchun me’moriy yodgorliklar boshqa madaniy yodgorliklar qatori qo‘riqlanishi lozim. Savollar Tarixiy bino hamisha ham yodgorlik deb tushuniladimi? 2 . Yevropa mamlakatlarida dastlab qaysi davrda qurilgan binolar obida deb hisoblandi? 3. Ilk bor qaysi yodgorliklar, kim tomonidan va qanday ta’mirlandi? 4. «Vayrona»lar nima 5. “Osor ul-boqiya” , “ Osor ul-a’tiqa” iboralari nimalarni ifoda etadi? Download 207.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling