Mavzu: magmatik togʻ jinslarni reja


MAGMATIK TOGʻ JINSLARNING YOTISH SHAKLLARI


Download 24.33 Kb.
bet3/4
Sana20.12.2022
Hajmi24.33 Kb.
#1038098
1   2   3   4
Bog'liq
MAGMATIK TOG` JINSLARI MUS ISH

MAGMATIK TOGʻ JINSLARNING YOTISH SHAKLLARI
Magmatik togʻ jinslarni tasniflashda ularning yotish shakllari, atrofdagi togʻ jinslar bilan munosabati katta ahamiyatga ega. Ular qanday chuqurlikda paydo boʻlishligiga qarab abissal (katta chuqurlikda), gipabissal (oʻrta chuqurlikda) va vulkanik jinslar guruhlariga boʻlinadi.

Magmatik jinslar tasnifida eng sodda va eng qulay tasnif Deli tasnifi hisoblanadi. Avvalam Deli magmatik jinslarni intruziv va effuziv (ekstruziv) yotish shakllariga ajratadi.


Intruziv va vulkanik togʻ jinslariga boʻlinishda odatda ularning morfologiyasi va atrofdagi togʻ jinslarning strukturasiga munosabati asos qilib olingan.
Intruziv togʻ jinslarning yotish shakllari
Deli, intruziv jinslarni ikki guruhga ajratadi: konkordant (atrof jinslar yotish elementlari bilan moslashgan) va diskordant (atrof jinslar qatlamlarini kesib oʻtuvchi, ular bilan moslashmagan) intruziv jinslar.
a). Nomos (diskordant) intruziv jinslar
Dayka (shotlandcha devor, toʻsiq soʻzidan olingan).
- oʻziga xos geologik shakldagi katta guruh, u tektonik yoriqlarni magmatik jinslar bilan toʻldirish yoʻlida hosil boʻladi (Abdullayev, 1954-1957 gg.);
- bir-biriga parallel tik yoki qiya devorlari bilan chegaralangan va atrof jinslarni kesib oʻtgan magmatik jism shakli (Deli, 1936 va boshqalar).
Daykalarning oddiy, murakkab, tirsaksimon, halqasimon turlari mavjud (Abdullayev, 1957-y.).
Daykalarning qalinligi bir necha santimetrdan 1000-1500 metrgacha, baʼzan 7-12 kmgacha, uzunligi esa birnecha yuz metrdan yuzlab kilometrgacha yetadi. Masalan, Zimbabvedagi (Janubiy Rodeziya) Ulugʻ daykaning qalinligi 7-12 km , uzunligi 530 km.
Oʻrta Osiyoda turli daykalar Chotqol-+urama togʻ tizmalarida, gʻarbiy Oʻzbekistonda keng tarqalgan. Tipik daykalar yer yoriq gʻovaklarini magma bilan nisbatan passiv ravishda toʻldirishidan hosil boʻladi. Boshqa paytlarda magmaning faolligiga yoki tektonik sharoitning notinchligiga qarab yoriqdagi intruziyaning dastlabki shakli murakkablashadi.

Tomirli jinslar. Shakli daykaga oʻxshab ketadi, lekin ular kichikligi va notoʻgʻri, linzasimon shakllari bilan farq qiladi. Yer tomir jinslari nisbatan ingichka, plastinkasimon koʻrinishdagi intruziv shakl, odatda ular yondosh jinslarni kesib oʻtadi. Yer tomir jinslar qalinligi bir necha millimetrdan bir necha metrgacha boʻladi.


Nekk (inglizcha - boʻyin, boʻgʻiz soʻzidan olingan). U silindrik, planda dumaloq, ellipsoid shaklda boʻladi. Nekk devorlari odatda tik yoki biroz engashkan boʻladi.
Nekk vulkan boʻgʻizining lava va piroklastik jinslar bilan toʻlishi natijasida vujudga keladi. Koʻpincha nekklar geologik yemirilishlar natijasida Yer yuziga chiqib qoladi. Nekklar diametri bir necha metrdan kilometrgacha yetadi.
Shtok (nemischa tayoq, hassa soʻzidan olingan). Yerning chuqur qismida hosil boʻlib vertikal holatda atrof jinslarni kesib oʻtgan, koʻndalang kesimi izometrik shaklda boʻlgan, katta intruziv jismdir. Shtok shaklida turli tarkibdagi togʻ jinslar uchrashi mumkin. Uning umumiy maydoni 200 km2 oshmasligi kerak.
Batolit (yunoncha - chuqurlik, tosh soʻzidan olingan). Ulkan, notoʻgʻri shakldagi kontakti tik, vertikal qalinligi juda katta boʻlgan intruziv jism. Ilgari batolitlarni magma oʻchogʻi bilan bevosita bogʻlanib turgan tubsiz intruziv deb tashmin qilganlar. Hozirgi vaqtda batolit deb asosan granitoidlardan tashkil topgan, burmalangan viloyatlardagi choʻkindi jinslar qatlamlaridagi antiklinoriyasining yadro qismida joylashgan juda katta intruziv jismni atashadi. Geofizik maʼlumotlarga asoslanib batolit tubli intruziv ekanligi aniqlandi. Ularning qalinligi 10 km dan oshmaydi. Masalan: Uralda 4-5 km ga teng, Nurota va Hisorda 6-7 km.
Batolitlarning maydoni bir necha yuz va minglab kilometr kvadrat bilan oʻlchanadi. Masalan: Alyaskadagi batolitni koʻrsatish mumkin. Uning maydoni 200000 km2 teng.

Apofizalar tomir shaklida asosiy intruziyadan shahobchalar kabi ajralib chiqqan intruziyadir. Apofizalarning asosiy intruziyalar bilan bogʻliqligi yaqqol koʻrinib turadi.


b). Moslashgan (konkordant) intruziv jinslar
Moslashgan intruziyalarga sill, lopolit, etmolit, lakkolit, bismolit, xonolit, akmolit, fakolit va migmatit plutonlari kiradi.
Sillar (inglizcha - ostona, doʻng soʻzidan olingan). Sillar qatlam shaklida gorizontal yoki qiyalama yotadi. U atrof togʻ jinslari bilan moslashgan ravishda tekis parallel kontaktlari bilan ajralib turadi. Sillar magmaning choʻkindi jinslar tabaqalanish tekisligi boʻylab oqib quyilib qotishidan hosil boʻladi.
Sillar oddiy va murakkab, bir fazali yoki koʻp fazali boʻladi. Koʻpincha sillar asos tarkibdagi togʻ jinslardan tashkil topgan, lekin differensiatsiya natijasida nordon va boshqa tarkibdagi jinslar ham hosil boʻladi.
Lopolitlar (yunoncha - tovoq soʻzidan olingan) - tovoq shaklidagi intruziv jism.
Lopolitlar kelib chiqishi va undagi jinslarni tarkibiga koʻra sillarga yaqin. Farqi lopolitlarning oʻrta qismining yuzi botiq boʻlib juda katta tovoqni eslatadi. Lopolitlar qalinligining diametriga nisbati 1:10 ni tashkil qiladi. Uning osti qismida magma kelib turadigan kanali boʻladi. Lopolitlar platformalarning sinklinal depressiyalarida joylashgan. Magma kelib turadigan kanalining joylanishiga qarab lopolitlar simmetrik, nosimmetrik shakllarga ega boʻladi. Lopolitlar eng katta intruziv jismlar qatoriga kiradi. Ularning maydoni 30000 km2ga (Syodberi) va undan kattaroq boʻlishi mumkin. Loppolitlar asos va oʻtaasos togʻ jinslardan tashkil topgan, juda kam miqdorda nordon jinslar boʻladi. Masalan: granofirlar (Bushveld lopoliti).
Lakkolitlar - uncha katta boʻlmagan, lekin baʼzi bir xududlar uchun geologik ahamiyati katta boʻlgan intruziv. Lakkolitlar yassi, dumaloq, qoʻzi- qorin shaklidagi gipabissal intruziv. Ularning tubi gorizontal, shipi esa koʻtarilgan boʻladi. Lakkolitlar tuzilishiga koʻra simmetrik va nosimmetrik (assimetrik) shakllarda mavjud. Simmetrik xilida magma koʻtarilib oqib chiquvchi kanali lakkolit asosining markazida joylashgan, qanotlari bir xil burchak ostida enkaygan boʻladi, nosimmetrik lakkolitlarda esa magma bilan taʼminlovchi kanal lakkolit asosining bir tomoniga surilgan va qanotlari esa har xil burchakda enkaygan .
Bismolitlar lakkolitlarning oʻzgargan shakli (modifikatsiyasi) hisoblanadi, ularning ustki qismi magmaning taʼsiri natijasida yuqoriga koʻtarilgan boʻladi.
Garpolit (yunoncha - oʻroq, tosh soʻzidan olingan).
Akmolit - pichoq shakliga ega boʻlgan, atrof jinslarga nisbatan tik joylashgan intruziv shakl.
Xanolit (yunoncha - quyilgan shakl, tosh). Har xil boʻshliqlarga magma kirib toʻlib qolishidan hosil boʻlgan intruziv.
Sfenolit (ponaga, klinga oʻxshagan intruziv jism).
Fakolitlar (yunoncha - oʻroq, linza, tosh soʻzidan olingan). Antiklinal va sinklinal burmalarining yadro qismida joylashgan linzasimon intruziv jism. Fakolitlar oz miqdordagi magmaning yer poʻstiga singib kirib atrof togʻ jinslar bilan birga plastik harakatga uchrashi natijasida vujudga keladi. Shunday usulda ildizsiz fakolit koʻrinishidagi intruzivlar hosil boʻladi.
Fakolit ishgʻol qilgan maydon bir necha ming kvadrat kilometrga teng. Masalan: Antil orollaridagi fakolitning maydoni 12 ming km2 yetadi.
Vulkan jinslarning yotish shakllari
Vulkan togʻ jinslarining yotish shakllari vulkanlarining otilish hillariga va tarkibiga bogʻliq.
Otilish xarakteriga koʻra vulkanik jinslar ikkita asosiy guruhga boʻlinadi:

Yoriqlardan suyuq lavaning oqib (otilib) chiqib qotishidan hosil boʻladi.


Markazdan otilish usulida vujudga keladi.
+oplamalar yopishqoqligi kam boʻlgan lavalarning yoriqlardan oqib chiqib nisbatan tekis boʻlgan yer yuzini yoki suv havzalarining tagini egallashdan hosil boʻladi. +oplamalar asosan bazalt yoki andezit-bazaltlardan tashkil topgan. Morfologik jihatdan qoplamalar platolarni hosil qiladi. Ular izometrik yoki qisman oqim tomon choʻzilgan boʻladi.
+oplamalarning qalinligi uncha katta emas, oʻrtacha 6-30 metrga yaqin. Koʻpincha lavalarning qayta oqib chiqishi natijasida ularning qalinligi bir necha yuz metrga yetishi mumkin. Eng katta qoplamalardan: Laki vulkani - 565 km2, Dekan yassi togʻi - 375 ming km2, Sibir platosi 270 ming km2-maydonni egallaydi.
Oqimlar qalinligi uncha katta boʻlmagan, boʻyiga choʻzilgan, til koʻrinishidagi effuziv jinslar shaklidir. Oqimlar bazalt tarkibidagi lavalarning yoriqlardan chiqib Yerning notekis, past-baland joylariga oqib qotishidan hosil boʻladi. Ular markazdan otilgan vulkanlardan ham hosil boʻlishi mumkin.
Oqimlar Gavay orollarida, Kamchatkada, Vezuviy vulkan rayonlarida maʼlum. Undan tashqari okean tuplaridagi notekis joylarida oqib qotishidan ham hosil boʻladi.
Endogen vulkanik gumbazlar oqimi har xil morfologiyasi - igna, choʻqqilar va shunga oʻxshash shakllar yopishqoq lavaning kraterdan asta sekin koʻtarilishidan hosil boʻladi. Bunga misol qilib Martiniki orolidagi Mon-Pele vulkanik choʻqqini (ignani) koʻrsatish mumkin.


Download 24.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling