Mavzu: Mahalliy byudjet ijrosi hisobotini tuzish va ularning axborot imkoniyatlari Reja: kirish


To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida davlat xaridlarini moliyalashtirish mexanizmini o‘rganish


Download 48.41 Kb.
bet10/11
Sana11.05.2023
Hajmi48.41 Kb.
#1454656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mahalliy byudjet ijrosi hisobotini tuzish va ularning axborot imkoniyatlari

8. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida davlat xaridlarini moliyalashtirish mexanizmini o‘rganish
To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha davlat xaridlari quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:
Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan yagona yetkazib beruvchi bilan davlat xaridini amalga oshirish uchun ruxsat etilgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan tovarning (ishning, xizmatning) davlat xaridi;
favqulodda holatlarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi;
sud muhokamasida ishtirok etish uchun advokatni (vakilni) tayinlash bilan bog‘liq bo‘lgan davlat xaridi;
ilm-fan, adabiyot va san’at asarlari, ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlari kabi intellektual faoliyat natijalarining mazkur intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqqa ega bo‘lgan yagona shaxsdan davlat xaridi;
narxi (tarifi) davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi.
Davlat buyurtmachilari to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzilganligi to‘g‘risidagi axborotni shartnoma tuzilgan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida maxsus axborot portaliga joylashtirishi shart.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzilganligi to‘g‘risidagi axborot maxsus axborot portaliga joylashtirilmagan bo‘lsa, ushbu shartnomalar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilmaydi.
Davlat buyurtmachisi ushbu moddada nazarda tutilgan davlat xaridlarini amalga oshirish chog‘ida xarid qilish tartib-taomillarining boshqa raqobatli turlaridan ham ushbu Qonun talablariga muvofiq foydalanishi mumkin.
Agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida tovarning (ishning, xizmatning) davlat xaridini to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida amalga oshirishga ruxsat berilsa, shartnoma va shartnomaga oid qo‘shimcha kelishuvlar Kompleks ekspertiza qilish markazida kompleks ekspertizadan o‘tkazilishi lozim, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno. Ushbu Qonunda belgilangan tartibda yagona yetkazib beruvchi deb topilgan va Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchisi yagona yetkazib beruvchidir.
Yagona yetkazib beruvchidan tovar (ish, xizmat) olish zarur bo‘lgan taqdirda, yetkazib beruvchi hamda davlat buyurtmachisi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuziladi va bu shartnoma to‘g‘risidagi axborot u tuzilgan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida maxsus axborot portaliga joylashtirilishi lozim.
Jadval-68

Yillar

To’g’ridan tog’ri shartnomalar soni

2021

678

Farg’ona tumanida 2021-yil mobaynida byudjet tashkilotlari o’rtasida jami 678 ta to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzilgan va shartlari bajarilgan.
XULOSA
Men ushbu amaliyot davomida Navoiy viloyatidagi Moliya boshqarmasining tashkiliy tuzilmaviy faoliyati, davlat budjetining kassa ijrosi davlat budjeti mablag’larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirishi, huquqiy-me`yoriy hujjatar haqida qisqacha tanishdim. Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobotni tuzish, tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta'minlaydigan, davlat byudjeti Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish, byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar bilan byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan monitoring qilish asosida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish,davlat haridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda takomillashtirish bo‘yicha takliflar berib borish, xarajatlar smetalarida va ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig‘i bo‘yicha tovarlarni yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to‘lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta'minlash; davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, Davlat byudjeti ijrosi haqida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish haqida tushunchalarga ega bo`ldim.
Malakaviy amaliyot davrida quyidagilarni amalga oshirdim va mazkur hisobotni tayyorladim:

  • Moliya bo`limi va undagi budjet tashkilotlari va uning hududiy bo’limlarining tashkiliy tuzilishi bilan tanishdim:

  • Byudjet tashkilotlari va uning hududiy bo’limlarining vazifalari, huquq va majburiyatlari bilan tanishdim;

  • O’zbekiston Respublikasining g’aznachiligi tizimining qonunchiligi, huquqiy-me’yoriy asoslari bilan tanishdim;

  • Shuningdek, ish davomida o`z ishiga mas`uliyatli bo`lish, atrofdagilar bilan to`g`ri muloqotni olib borish va o`zaro ahil jamoa bo`lishni o`rgandim.



Download 48.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling