Mavzu: Mahalliy byudjet ijrosi hisobotini tuzish va ularning axborot imkoniyatlari Reja: kirish
Viloyat (tuman, shahar) byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish
Download 48.41 Kb.
|
Mahalliy byudjet ijrosi hisobotini tuzish va ularning axborot imkoniyatlari
Viloyat (tuman, shahar) byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish
Byudjet tashkilotlari tasdiqlangan smeta va shtatlar jadvalini ro`yxatdan o`tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yoki uning hududiy moliya organlariga taqdim еtadilar, moliyaviy yilning 10 martidan kechikmay. Byudjet tashkilotlarining tasdiqlangan smetalari va shtat jadvallarini ro`yxatdan o`tkazish tegishli moliya organlari tomonidan moliyaviy yilning 1 apreligacha amalga oshiriladi. Xarajatlarning I va II guruhlariga kiritilgan byudjet tashkilotlari birinchi navbatda xarajatlarini moliyalashtirish (to`lash). Bunda II xarajatlarning guruhiga tegishli mablag` o`tkazmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish taqiqlanadi (ish haqi uchun olingan avanslardan tashqari). Yagona g`azna hisob raqamida, shuningdek byudjet tizimi byudjetlarining darajalari bo`yicha tegishli g`azna hisobvarag`ida birinchi va ikkinchi guruhlar bo`yicha to`lanmagan xarajatlar summasidan ortiq mablag`lar mavjud bo`lganda ortiqcha summa miqdorida uchinchi va to`rtinchi guruhlar bo`yicha xarajat qilishga ruxsat еtiladi. Byudjet tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirishda (to`lashda) yangi moliya yilida byudjetdan ajratiladigan mablag`lar byudjet tashkilotlarining hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvaridagi holatiga ko`ra tovar-moddiy boyliklarning normativdan ortiq qoldig`i summasiga kamaytiriladi. Byudjet tashkilotlarining asosiy vositalarini sotishdan tushadigan mablag`larni taqsimlash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Tovar-moddiy boyliklarni sotishdan olingan mablag`lar Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg`armasi bo`yicha (Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag`batlantirish jamg`armasi bo`yicha) byudjet tashkilotlarining shaxsiy g`azna hisobvaraqlarida (g`azna ijrosiga o`tmagan byudjet tashkilotlari bo`yicha - talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlarida) jamlanadi va byudjet tashkilotlari tomonidan quyidagi tartibda taqsimlanadi (xalq ta’limi muassasa va tashkilotlaridan tashqari): 50 foizi - tegishli byudjet daromadiga; 50 foizi - Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg`armasi bo`yicha (Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag`batlantirish jamg`armasi bo`yicha) byudjet tashkilotlarining shaxsiy g`azna hisobvaraqlarida (g`azna ijrosiga o`tmagan byudjet tashkilotlari bo`yicha - talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlarida) qoladi. Tovar-moddiy boyliklarni sotishdan olingan byudjet tashkilotlari ixtiyorida qoldiriladigan mablag`lar ular tomonidan faoliyat sohasiga muvofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga yo`naltiriladi. Xalq ta’limi muassasa va tashkilotlarining mol-mulkini, jumladan asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablag`larning 100 foizi Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko`maklashish jamg`armasiga yo`naltiriladi. Download 48.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling