Omillar ta’siri:
1. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi ta’siri = 61,37-60,84=0,54 ming so‘m.
2.Doimiy xarajatlar o‘zgarishi ta’siri=62,32-61,32=0,94 ming so‘m
3.O‘zgaruvchan xarajatlar o‘zgarishi ta’siri=72,02-62,32=9,70 ming so‘m
Jami o‘zgarish = 0,54+0,94+9,70=11,18 ming so‘m
Moddiy, mehnat haqi, asosiy vositalarni saqlash va ishlatish
xarajatlari tahlili.
Moddiy xarajatlar. Moddiy xarajatlar ishlab chiqarish
xarajatlarining asosiy qismini tashkil etadi va shu sababli ham ularni tahlil etishga muhim ahamiyat qaratiladi.Moddiy xarajatlar tahlili oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
- moddiy xarajatlarning rejaga va o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishlarni va ularning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish;
- moddiy xarajatlarni iqtisod qilish yuzasidan imkoniyatlarni aniqlash;
- mahsulotning moddiy xarajatlar sig‘imiga baho berish va ulardan samarali foydalanishning ichki imkoniyatlarini aniqlash;
- moddiy resurslardan tejamli va natijali foydalanish yo‘llarini aniqlash.Moddiy xarajatlar tahlili ularning o‘zgarishini o‘rganishdan boshlanadi.Moddiy xarajatlarning o‘zgarishi va unga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi jadval ma’lumotlari asosida ko‘rib o‘tishimiz mumkin. Moddiy xarajatlarning reja bo‘yicha tannarxi 35 250 mln so‘m qilib belgilangan. Lekin, uning haqiqiy tannarxi 35 700 mln so‘mga teng bo‘lgan. Moddiy xarajatlarning jami o‘zgarishi +450 mln so‘mni tashkil qilgan. Ushbu o‘zgarishga ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi hisobiga (moddiy xarajatlar o‘zgaruvchan xarajatlar tarkibiga kirib mahsulot ishlab chiqarish hajmiga mos ravishda o‘sib borishi tufayli) +3525 mln so‘mga ortganligini, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning strukturaviy o‘zgarishlari hisobiga -3 175 mln so‘mga kamayganligini,materiallar tarkibining o‘zgarishi hisobiga o‘zgarish +100 mln so‘mni tashkil etganligini ko‘rish mumkin. Barcha omillar ta’sirini jamlasak,uning umumiy o‘zgarishga teng ekanligini ko‘rish mumkin (+3 525+(-3175)+100).
Do'stlaringiz bilan baham: |