Davriy ishsizlik asosan ishlab chikarishning pasayishi natijasida ishchi kuchiga bo`lgan talabning kamayishidan paydo bo`ladi. Davriy pasayish tovar va xizmatlarga bo`lgan yalpi talabning kamayishini, shunga muvofik, yalpi tatalabning kamayishini, va okibatda axolining ish bilan bandligi kiskarishi va ishsizlikning o`sishini bildiradi.
To`la ish bilan bandlik ishchi kuchining 100 foiz ish bilan ta`minlanganligini bildirmaydi. Aksincha, friktsion va strukturali ishsizlik ilojsiz xol bo`lganligini xisobga olsak, biz mutlak to`la ish bilan bandlilikka erishib bo`lmasligini tushunamiz.
Agarda davriy ishsizlik bo`lmasa, u xolda to`la ish bilan bandlilikka erishiladi. To`la ish bilan bandlik davridagi ishsizlik, ishsizlikning tabiiy darajasi deyiladi. Bunga ish kidiruvchilar soni bo`sh ish joylari soniga muvofik kelsagina erishish mumkin. Ishsizlikning tabiiy darajasi friktsion va tarkibiy ishsizlik yigindisiga teng bo`ladi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy emas, chunki u iktisodiy vaziyat, konun va milliy an`analar bilan boglik xolda o`zgarib turadi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi mamlakatdagi oxirgi o`n yilda mavjud bo`lgan xakikiy ishsizlik darajasi va keyingi o`n yil uchun prognoz kilib xisoblangan ishsizlik darajalarining o`rtacha mikdori sifatida belgilanadi. Umumiy xolda ishchi kuchi ish bilan band va faol ish kidirib yurgan ishsizlarga bo`linadi. Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% xisobida) aytiladi va uni kuyidagi formula bilan aniklash mumkin:
Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100
Barcha mavjud resurslardan to`lik foydalanish yoki ishsizlikning tabiiy darajasi xolatida iktisodiyotda yaratilishi mumkin bo`lgan maxsulot xajmini iktisodiyotning ishlab chikarish potentsiali deb ataladi. Mamlakatning ishlab chikarish potentsiali potentsial YAIM ko`rsatkichi bilan o`lchanadi.
Makroiktisodiy bekarorlik tufayli, iktisodiy pasayish davrida mamlakat o`z iktisodiy potentsialini to`lik ishga solmasdan, yaratilgan xakikiy YAIM xajmi (Yx) potentsial YAIM (Yp) xajmidan ortda koladi. YA`ni YAIMning uzilishi (YUZ) ro`y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |