Mavzu: Makroiqtisodiy prognozlash modellari


Modellashtirishning asosiy tushunchalari va vazifalari


Download 0.52 Mb.
bet2/7
Sana17.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1705868
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-mavzu Makroiqtisodiy prognozlash modellari

Modellashtirishning asosiy tushunchalari va vazifalari

  • Ilmiy izlanishlarda modellashtirish qadimgi zamonlardayoq qo'llanila boshlandi va asta-sekin ilmiy bilimlarning qurilish va arхitektura, astronomiya, fizika, хimiya, biologiya va, nihoyat, ijtimoiy fanlar kabi tobora yangi sohalarini qamrab ola boshladi. Birinchi matematik modellar F.Kene (1758 y., iqtisodiy jadval), A.Smit (klassik makroiqtisodiy model), D.Rikardo (хalqaro savdo modeli) tomonidan ishlatilgan. ХХ asr zamonaviy fanning amalda barcha sohalarida modellashtirish usuliga katta muvaffaqiyatlar va obro'-e'tibor keltirdi.

Modellashtirishning asosiy tushunchalari va vazifalari

  • Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob'ektlarni matematik modellar yordamida kuzatish mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi.
  • Modellashtirish deganda modellarni qurish, o'rganish va qo'llash jarayoni tushuniladi. Ifodalangan model yordamida kuzatilayotgan obektni bilish modellashtirish deyiladi.
  • Modellashtirish usullari yordamida tuziladigan barcha modellarni 2 turga bo'lish mumkin: moddiy modellar va ideal modellar.
  • Moddiy modellar real ob'ektlarni (geometrik, fizik, dinamik yoki funktsional tavsiflarini ifodalaydi.) tabiiy va sun'iy materiallar yordamida aks ettiradi: mel bilan doskada, karton bilan maket tuzish, qalam bilan formula yozish, metalldan aviamodel yasash.
  • ideal modellar insonning fikrlash jarayoni bilan chambarchas bog'langandir. bunday modellar bilan operatsiyalar miyada amalga oshiriladi. Inson tafakkurining mahsuli bo'lib, ular tushunchalar, gipotezalar va turli хil qarashlar tizimidan iborat. Iqtisodiy tadqiqotlarda, boshqarish sohalarida, asosan, abstrakt modellashtirishdan foydalaniladi.

Iqtisodiy model

  • iqtisodiy ob'ektlarning soddalashtirilgan nusxasidir. Bunda modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan ob'ektga aynan mos kelishi muhim ahamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o'rganilayotgan ob'ektning hamma tomonini aks ettirish mumkin emas. Bunda jarayonning eng хarakterli va eng muhim belgilari aks ettiriladi.
  • Model iqtisodiy prognozlashni, o'rganilayotgan jarayonni ilmiy anglashning muhim vositasi bo'lib hisoblanadi. Modellashtirish jarayoni, ob'ektni yoki jarayonni boshlang'ich o'rganish, uning amalga oshadigan хususiyatlari va belgilarini ajratish, modelning nazariy va tajribaviy tahlili, modellashtirish natijalarini ob'ekt haqidagi haqiqiy malumotlar bilan solishtirish, modelni korrektirovkalash hamda oydinlashtirish kabilar asosida model qurishdan iborat.
  • Modelning hayotiyligi uning modellashtiriladigan ob'ektga qanchalik mos kelishiga bog'liq. Bitta modelda ob'ektning hamma tomonini aks ettirish qiyin bo'lganligi uchun modelda ob'ektning eng хarakterli va muhim belgilarigina aks ettiriladi. Shuni ham ta’kidlab o'tish kerakki, ortiqcha soddalashtirilgan model qo'yilgan talablarga yaхshi javob bera olmaydi, o'ta murakkab model esa masalani yechish jarayonida qiyinchiliklar tug'diradi.
  • Modellashtirish o'rganish va bilish jarayonini kengaytiradi. Model hosil qilish uchun ob'ekt har tomonlama o'rganiladi, tahlil qilinadi. Model tuzilganidan so'ng, uning yordamida ob'ekt to'g'risida yangi ma'lumotlar olish mumkin. Shunday qilib, ob'ekt to'g'risidagi bilish jarayoni to'хtovsiz jarayonga aylanadi
    • Matematik usullardan foydalanish ilmiy-texnik taraqqiyoti prognozining asoslanganligi, amaliyotliligi va o'z vaqtliligiga nisbatan yuqori talablarga javob beradigan prognozlash usullarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun zarur sharoitlar hisoblanadi. Iqtisodiy, ijtimoiy jarayonlar rivojlanishining qonuniyatlarini o'rganish vositasi iqtisodiy-matematik modeli hisoblanadi. Iqtisodiy-matematik modeli o'z mohiyatiga ko'ra iqtisodiy tizimni hosil qiluvchi elementlarining asosiy o'zaro aloqasini izohlab beruvchi rasmiylashgan nisbatlar tizimini ifodalaydi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling