Mavzu: Maktabga tayyorlov guruh bolalarini monologik nutqini o‘stirish. Reja


II.3 Reja ;Turli yosh bosqichlarida monologik nutqni o’qitish ishining mazmuni va uning vazifalari


Download 38.46 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi38.46 Kb.
#1059252
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Maktabga tayyorlov guruh bolalarini monologik nutqini o‘s

II.3 Reja ;Turli yosh bosqichlarida monologik nutqni o’qitish ishining mazmuni va uning vazifalari

Bolalarga monologik nutqni muntazam o‘qitish taxminan besh yoshdan boshlanadi. Lekin bunga tayyorgarlik bola hayotining ikkinchi yilida - bolalarning o‘qish va sanoq she’rlarni yodlash jarayonida boshlanadi. To‘rt yoshdan boshlab bolalar monologning tavsiflash va bayon qilish turlarini qo‘llashga, Yetti yoshdan boshlab esa - qisqa mulohaza yuritishga qodir bo‘ladilar.Monologning qiyinligi shundaki, u diqqat-e’tiborini o‘zi uchun ahamiyatli bo‘lgan voqea yoki badiiy asarga qaratgan boladan bir vaqtning o‘zida nafaqat narsalar, hodisalarni payqash, balki ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni ham sezishni talab qiladi. Bu bir vaqtning o‘zida fikrlash va nutqni rivojlantirish vositasi hisoblangan xotirani ham ishga solishga olib keladi.


Kattalar bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, monologlar uchun mavzu qidirish, bolalarni tinglash orqali bu mushkulotlarni yengib o‘tishda ularga yordam beradilar. Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqini rivojlantirishdagi asosiy natijalar muloqot sohasidagi chuqur o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Tengdoshlar bilan muloqot qilish birinchi o‘ringa o‘tadi. Bola o‘z tengdoshini kattalardan afzal ko‘ra boshlaydi
Qayta hikoya qilishni o’rgatish metodikasi
Qayta hikoya qilishni o’rgatish metodikasi Qayta hikoya qilib berish va hikoya to’qish monologga o’qitish metodi hisoblanadi. Bolalar monologik matnlarni qayta hikoya qilib beradilar, real va xayoliy voqealar haqida hikoya qiladilar, hikoyalar to’qiydilar.
Monologik nutqni o’qitish metodini o’zlashtirib olish pedagog uchun quyidagilarni anglatadi: bolalarni tinglashni o’rganish; qayta hikoya qilish va hikoya qilish, shuningdek hikoya to’qishda bolalarga yordamlashishni o’rganish.Qayta hikoya qilish - eshitilgan badiiy asarni ravon, ifodali aytib berish.Qayta hikoya qilish nisbatan oson nutqiy faoliyatdir, chunki, bola tayyor mazmunni qayta aytib beradi, bunda u muallifning tayyor nutqiy shakllaridan (lug’at, so’z oborotlari, tuzilish), uni o’qiyotgan tarbiyachining nutq ifodaliligi usullaridan foydalanadi. Ammo bu mexanik ravishdagi takrorlash emas, balki matnni tushungani holda erkin va emotsional aytib berishdir.
Qayta hikoya qilib berishni o’rgatish vazifasi ilk yosh guruhlarida asta-sekin qiyinlashtirilib boriladi - yaxshi tanish ertaklar, hikoyalarni aytib berish, yangi o’qib chiqilgan asarlarni aytib berish, hikoyachi shaxsini o’zgartirgan holda (birinchi shaxs nomidan emas, balki uchinchi shaxs nomidan va aksincha) aytib berish, tarbiyachi rejasi asosida aytib berish, bolalar bilan birgalikda tuzilgan reja asosida aytib berish, o’xshashlik asosida (analogiya bo’yicha) aytib berish (qahramonni, mavsumni o’zgartirish va h.k.), sahnalashtirgan holda aytib berish (o’yinchoqlar siluyetlar), bolalar tanlovi bo’yicha aytib berish.
Hikoyalar turlari va ularni o’rgatishning izchilligi
Hikoya - biron-bir fakt, voqeaning mustaqil tuzilgan keng qamrovli bayonidir.
Hikoya tuzish - hikoya qilib berishga nisbatan ancha murakkab faoliyatdir, chunki bolalarning o’zi ushbu mavzu bo’yicha hikoya mazmuni, uning nutqiy shaklini tanlashlari, uni ketma-ket (tarbiyachi yoki o’z rejasi asosida) bayon qilishlari zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hikoyalarning uchta turini ko’rsatish mumkin:
-qabul qilinishiga qarab aytiladigan hikoyalar (bolaning hikoya paytida nimani ko’rayotganligi haqida hikoya);
-xotira asosida hikoya qilish (bola hikoya aytish paytida nimalarni qabul qilganligi haqida hikoya); -tasavvur asosida hikoya qilish (o’ylab topilgan hikoya).
Qabul qilish va xotira asosidagi hikoyalar faktli materiallarga asoslangan bo’lib, bolalar faktlarni bayon qiladilar.
Tasavvurga asoslangan hikoyalar ijod mahsuli bo’lib, unda hikoyachi bola mavzuga qarab o’z tajribasining shaklini o’zgartiradi hamda yangi vaziyat va obrazlar yaratadi.Bitta mashg’ulotda bitta fikrda hikoyalar turlarining aralashib ketishiga yo’l qo’yish mumkin: bola o’yinchoqni tavsiflab (qabul qilish asosidagi hikoya) bo’lganidan so’ng uni qayerda sotib olganligi yoki uni qanday qilib tuzatganini (xotira asosidagi hikoya) aytib berishi mumkin. Yuqorida sanab o’tilgan barcha hikoyalar turlari ta’lim maqsadlaridan kelib chiqqan holda tavsiflash, bayon qilish yoki shunchaki mulohaza yuritish sifatida bajarilishi mumkin.
Monologik nutqning o’quv vazifasi mustaqilligi, tugallanganligi, qismlari o’rtasida mantiqiy aloqasining mavjudligi bilan tavsiflanadigan ravon fikr bildirishni o’rgatishdan iboratdir, ya’ni bu -qisman (nutqiy) ko’nikmalar va ona tilida fikr bildirish uchun zarur bo’lgan murakkab qobiliyatlarni shakllantirish demakdir.
Ravon nutq ustidagi ishlarning asosiy rivojlantiruvchi vazifasi - bolalarning fikrlashini, o’z fikrini til vositalari yordamida aniq ifodalash qobiliyatini rivojlantirish, nutqiy fikrlashga oid vazifalarni mustaqil ijodiy xal etish ko’nikmalarini shakllantirish, xotirani, tasavvurni faollashtirishdan iborat.
Vazifalarni muvaffaqiyatli xal etish uchun pedagog o’ziga quyidagilarni aniq tasavvur qilish zarur: 1 - ravon nutqni rivojlantirish uchun asos bo’lib xizmat qiladigan til materiali; 2 - ushbu materialda shakllantirish mumkin bo’lgan nutqiy ko’nikmalar va maxoratlar umumiyligi;

  1. - ushbu ko’nikmalarni “oddiydan murakkabga” tamoyili asosida mashq qilishning ketma- ketligi.

Monologik nutq hikoya qilishni o’rgatish jarayonida shakllanadi - bolalar og’zaki monologik nutqning ikki toifasini - qayta hikoya qilish va hikoya qilish, tavsiflovchi hikoyalar, bayon qiluvchi hikoyalar, isbotlovchi hikoyalarni o’zlashtirib oladilar.
YUqorida qayd etilganidek, ravon nutqning ikki turi mavjud: dialogik (dialog) va monologik (monolog) nutq.
Dialog - ikki yoki bir necha kishining o’zaro suhbati. Suhbat maqsadi odatda biron narsa haqida so’rash va javob olish, biron-bir harakatga undashdan iborat.
Monolog - bir shaxsning ravon nutqi. Monologning maqsadi - biron-bir fakt haqida xabar berishdir.
Dialog o’z uslubiga ko’ra asosan, og’zaki nutq, monolog esa odatda, kitobiy uslubdagi nutq hisoblanadi.
Dialogik ravon nutqda ko’pincha noto’liq gaplardan foydalaniladi, tushirib qoldirilgan gap a’zolarini so’zlovchi nutq vaziyatidan kelib chiqib tushunib oladi, va og’zaki uslubdagi, standart tuzilishdagi (qolip) to’liq gaplardan ko’proq foydalaniladi: “u kelmay qo’ya olmaydi”

  • ya’ni u albatta keladi.

Bunday tuzilishdagi gaplar monologik nutqda qo’llanilmaydi. Bolalar dialogik nutqni har kuni maishiy hayotda uchratishlari sababli uni ancha oson o’zlashtirib oladilar.
Biron-bir narsani tavsiflashda, biron narsa haqida bayon qilishda yoki mulohaza yuritishda nutqning monologik shaklidan foydalaniladi. Nutqning ushbu ikki turlari o’rtasidagi farq matn ichidagi gapning mantiqiy aloqa turi bilan belgilanadi. Monolog doimo vaqtli yoki sabab-oqibatli aloqada bo’ladigan (bir-biriga nisbatan) borliq faktlari haqida xabar qiladi.
Vaqtinchalik aloqa ikki tomonlama bo’lishi mumkin: faktlar haqiqatdan ham bir vaqtdalik yoki ketma-ketlik munosabatlarida bo’lishi mumkin.
Pedagog unutmasligi lozim, bolalarning fikrlash xususiyati shundayki, ular suhbat mavzusini oson unutadilar, har bir mayda-chuyda narsaga chalg’iyveradilar. Bola qanchalik kichik bo’lsa, u shunchalik tezroq chalg’iydi, xozirgina o’zi aytgan narsalarni tezlik bilan unutadi va boshqa mavzuga o’tadi.
Monolog - bir shaxsning ravon nutqi. Monologning maqsadi - biron-bir fakt haqida xabar berishdir
Mashg’ulot - suhbat bolalarda mantiqiy fikrlash, boshlagan mavzuni oxiriga yetkazish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan.
Bolalar biladigan narsalar haqida qo’shimcha ma’lumotlarni xabar qilish suhbat asosiy qismining zarur elementi hisoblanadi. Bu bolalar bilimlarini kengaytiradi va chuqurlashtiradi. Tarbiyachining qisqa va aniq axboroti suhbatni aniq maqsadni ko’zlagan holda yo’lga qo’yish imkonini beradi. Suhbat topishmoq, she’rlar va tarbiyachining tegishli suratga oid sharxlari bilan tugallanishi mumkin, ammo u ko’pincha pedagogning ushbu suhbatdan kelib chiqqan holda bolalarning axloq borasida o’rganishi lozim bo’lgan jihatlar haqidagi mantiqiy xulosasi bilan yakunlanadi. Ayni paytda pedogog o’z xulosasida o’zi suhbat mobaynida bolalarga o’rgatishi lozim bo’lgan so’zlar, so’z shakllari va sintaktik tuzilmalarni qo’llashi lozim.
Suhbatni shunday uyushtirish lozimki, toki unda barcha bolalar ishtirok etsinlar. Agarda bola faqat tarbiyachining boshqa bolalar bilan suhbatini tinglab o’tirsa va o’zi ushbu fikr bildirishlarda ishtirok etmasa, bu bola “suhbatlashishni” mashq qilmaydi va uning suhbatdagi ishtiroki faqat nomigagina bo’ladi, xolos.
Suhbatni cheklangan sondagi bolalar (6-8 nafar bola) bilan o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Agarda guruhda 25-30 ta bola bo’lsa, bu holda mashg’ulotni bolalarni uchta-to’rtta kichik guruhga bo’lgan holda o’tkazish zarur. Belgilangan vaqtdan oshib ketmaslik uchun har bir kichik guruh bilan suhbat davomiyligini qisqartirish mumkin. Biroq har bir bolaning nafaqat tinglab o’tirishini, balki so’zlashishni mashq qilishiga ham erishishi lozim. Pedagog yordam uchun ota-onalarni jalb qilishi va ularga tayyorgarlik suhbatini qanday olib borish lozimligi haqida batafsil ko’rsatmalar berish zarur. Ota-onalarning barchasi og’zaki nutqni yaxshi bilishlari bois ushbu vazifani bajara oladilar. Bu mashg’ulotlar ham bolaning monologik dunyoqarashini oshishiga olib keladi.
Bir vaqtning o’zida mavjud bo’ladigan faktlar haqidagi xabarlar tavsif deb ataladi. Faktlar ketma-ket keladigan xabar bayon qilish deyiladi. Sabab-oqibatli munosabatlarda bo’lgan faktlar haqidagi xabarlar esa mulohaza deb yuritiladi.
Bolalar monologik nutqni tushunib yetishlari va o’z xabarlarini uzatish maqsadida uni o’zlashtirib olishlari uchun ular tegishli sintaktik tuzilmani o’zlashtirib olishlari lozim. Hamonki, bola oddiy keng tarqalgan gaplarni tuzishni o’rganib ololmas ekan, uning nutqi ravon bo’lishi mumkin. Oqibatda - monologik nutqning turli toifalarini o’qitish - bu eng avvalo grammatika - sintaksisga o’qitishdir.
Bolalarga monologik nutqni o’qitish qiyin, chunki bolalar kundalik hayotda va kattalar nutqida ham monologik nutqni kamdan-kam xollarda eshitadilar: bolalar bilan so’zlashganda kattalar ko’pincha dialog shaklidan foydalanadilar.
Monologik nutqning dastlabki ko’nikmalarini maktabgacha bo’lgan davrda rivojlantirish lozim, chunki maktabda monologni o’qitishni boshlash uchun kech bo’ladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining pedagogi bolalarga monolog-tavsif, bayon qilish, muloxoza yuritishni o’rgatish uchun maqbul didaktik material topishga harakat qilishi zarur.
Ilk yoshda bola ravon nutqni eshitadi. Dastlab bu unga nisbatan aytilgan luqmalar, so’ngra esa ertaklar, hikoyalar, kattalarning monologik nutqlari bo’ladi. Ravon nutqdan til elementlari - tovushlar, morfemalar, so’zlar, gaplarni ajratib olar ekan, bola ravon matnda har bir til elementining o’rnini eslab qoladi, bu esa ilk yoshdan boshlab nutqdan oldingi mashqlar boshlanadigan til sezgilarini rivojlantirish jarayonini tashkil etadi.

Xulosa
Maktabgacha ta'limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta'lim olishga tayyorlashdan iborat ekanligi ya'ni bolalar maktabgacha ta'limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko’nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat ko’rsatishi talab etilishini mana shu kus ishini taxlash mobaynida anglab yetdim .Bolalarning monologik obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali to’g’ri ifodalashi o’zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo’lishi zarur ekan. Bu vazifani bajarishda, albatta, monologik nutq o’stirish ahamiyati kattadir. Chunki monologik nutq kishilarning o’zaro ma’naviy yuksak darajasi bo’lib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi
Monologik nutq tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar haqidagi fikr muloqazalarni boshqalarga o’zgacha va qiziqarli yetkazishdir. Shuning monologik nutq inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta'limda monologik nutq o’stirish usullarini bilish, har bir yosh guruhda bolalar nutqini o’stirish vazifalarini to’g’ri hal etish imkonini beradi, bolalarni maktabga tayyorlash vazifasining bajarilishini ta'minlaydi.



Download 38.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling