Mavzu: Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va vazifalari


Download 1 Mb.
Sana25.01.2023
Hajmi1 Mb.
#1119468
Bog'liq
Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va vazifalari


MAVZU: Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va vazifalari
  • Ona tilining maktabgacha ta'limda tutgan o’rni, mohiyati.
  • Maktabgacha ta’limda Bolalarning nutqini o’stirish pedagogik fan sifatida.
  • Maktabgacha ta’limda nutq o'stirish nazariyasi va metodikasining maqsadi vazifalari.
  • Maktabgacha ta’limda nutq o'stirish nazariyasi va metodikasining mazmuni.

Mustaqil taraqqiyot yo'lidan dadil borayotgan, huquqiy demokratik jamiyat qurishga intilayotgan Respublikamizda har bir insonning ozod va erkin, farovon yashashini ta'minlovchi jamiyat barpo etilmoqda, yoshlarning ilm - ma'rifatli bo’lishiga barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish ta'lim tizimining barcha bosqichida ona tilining asosiy o’quv predmeti ekanligini, fanlarni egallash uchun avvalo, ona tilida to’g’ri, ifodali, tartibli va ijodiy fikrlash zarurligini aniq namoyon etmoqda. Chunki bizning ertangi kunimiz Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
  • A.Karimov aytganlaridek: “Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy mutaxassislarni talab etadi”.

  • Maktabgacha ta'limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta'lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Ya'ni bolalar maktabgacha ta'limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko’nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat Korsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali to’g’ri ifodalashi o’zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo’lishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta, ona tilida nutq o’stirish fanining o’rni, ahamiyati kattadir. Chunki til kishilarning o’zaro aloqa vositasi bo'lib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi, shu bois til ijtimoiy hodisa bo'lib, jamiyat taraqqiyotidagi o’zgarishlar, yangilanishlar tilda o’z aksini topadi.

Maktabgacha ta’limda Bolalarning nutqini o’stirishfanining vazifalari quyidagilardan iborat.
  • Bolalar boglanishli nutqini o’stirish.
  • Bolalar lug’atini boyitish.
  • Nutqning grammatik tomonini tarbiyalash, so’zlarning gapda o’zaro birikishi va gap hosil qilish uchun zarur bo'lgan turli grammatik shakllar, qo'shimcgalardan foydalanishni o’rgatish.
  • Nutqning tovush tomonini tarbiyalash, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutq tovushlarini to’g’ri talaffuz qilish, ovoz-oqangni tushunish, nutqiy nafas olishni to’g’ri bajarishni shakllantirish.
  • Maktabgacha ta'limda bolalarning nutqni tushunish, tinglash malakalarini shakllantirish, kattalarga nutq orqali murojaat qilish, diologik va monologik nutqini o’stirish, hikoya tuzishga o’rgatish.
  • Badiiy adabiyot bilan tanishtirish, badiiy asarlar, ertak, hikoyalarni o'rganish, kitobga bo'lgan muhabbatni shakllantirish, asar mazmunini tushunish, obrazlar xususiyati, nutqini ajrata bilishga o’rgatish.

  • Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash S.Nabiyeva. Maktabgacha ta'limda nutq o’stirish metodikasi. O’quv dasturi. Qo'qon 2001-yil.
  • Maktabgacha ta’limda Bolalarning nutqini o’stirishfanining mazmuni quyidagilardan iborat.

  • Nutq o’stirish metodikasining maqsad vazifalari. Nutq o’stirish metodikasining fan sifatida taraqqiy etishi, pedagogik fan ekanligi.
    Maktabgacha ta'limda bog'lanishli nutq o’stirish metodikasi.
    Bolalar so’z boyligini oshirish metodikasi.
    Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini grammatik jihatdan to’g’ri shakllantirish metodikasi.
    Maktabgacha ta'lim ishidagi bolalarda nutqning tovush tomonini shakllantirish metodikasi.
    Maktabgacha ta'limda badiiy adabiyot bilan tanishtirish metodikasi.
    Bolalarni maktabga tayyorlashga doir ishlar metodikasi.
    Maktabgacha ta'limda nutq o’stirish ishlarini tashkil etish va unga rahbarlik qilish.

Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida bolalar nutqini o’stirishning pedagogik qonuniyatlari, pedagogik faoliyatning shakllanishi va talablarini o'rganadi, nutq o’stirishning eng samarali omillari, vositalarini, usul va usullarini hozirgi zamon pedagogikasining yutuqlari, ilmiy pedagogik talablari asosida ishlab chiqadi, ta'limga, fanga tavsiya etadi. Nutq o’stirish metodikasi ana shu pedagogik vazifadan kelib chiqqan holda pedagogikaning quyidagi asosiy savollariga javob beradi.
Nimani o’rgatish kerak? Bunda maktabgacha ta'lim ishidagi bolalarda qanday nutqiy malaka va ko’nikmalarni shakllantirish lozimligini nazarda tutiladi. Bu vazifa O’zbekiston Respublikasining ta'lim mazmunini zaruriy o’zagi hisoblangan ta'lim standarti asosida amalga oshiriladi, bunda ta'limning barqaror darajasini ta'minlash sharti bajariladi. O’quv yuklamalari meyyorga keltiriladi, tarbiyachi bolalarning o’quv faoliyati darajasi, shaxs sifatlari rivojlanishi, uning nutqiy faoliyatini nazarda tutgan holda ta'lim jarayonini tashkil etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
  • Edited by N.F. McGinn and E.H.Epstein Comparative Perspectives on the Role of Education in Democratization Frankfurt am Main; Berlin; Nev York; Lang, 1999
  • R.M.Qodirova. O’zbekiston bolalar bog'chalari va maktablarida bolalarga 5-6 yoshdan boshlab rus tilida dialogik nutqni o’rgatish. T., “O’qituvchi”1993.
  • F.R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o'zbekcha so'zlashishga o'rgatish. T., “O'qituvchi” 1993

Etiboringiz uchun rahmat


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling