Mavzu: maktabgacha ta'limda tashkilotlarida inovatsion pedagogik jarayonlar asosida loyihalashtirish usullari reja: kirish. Ibob. Maktabgacha talim tizimida inovarsion pedagogik jarayonlar


Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun zamonaviy talim dasturlari va turlari


Download 0.65 Mb.
bet5/6
Sana15.09.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1679108
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KURS ISHI 3 MAVZU 2 CHISI

2.2.Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun zamonaviy talim dasturlari va turlari
Maktabgacha talim sohasida misli korilmagan ozgarishlarni bugun har bir yurtdoshimiz sezib, kuzatib turibdi. Talimning poydevori hisoblangan maktabgacha talim tizimiga davlat tomonidan bu qadar tizimli va bir-birini toldiruvchi etibor hamda ama-liy yordam kuzatilmagan, desak mubolaga bolmaydi.
Sohada yigilib qolgan muammolarni hal etish va 3 yoshdan 7 yoshgacha bolgan bolalarning tolaqonli talim-tarbiya olishini taminlash masalasi davlatimiz rahbari tomonidan kechiktirib bolmas vazifa sifatida ilgari surildi. Sababi bogchalar talim tashkiloti vazifasini bajarish orniga ota-ona ishda bolgan vaqtda bolaga qarab turadigan muassasaga aylanib qolgani, qamrovning pastligi, binolarning tamirtalabligi, boshqa maqsadlarda ishlatilgani, metodik jihatdan toliq taminlanmagani, pedagoglar ijtimoiy himoyasi va maoshining pastligi kabi kompleks muammolarni hal etish kechiktirib bolmas masala edi. Keyingi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha talim muassasalari soni 45 foizga kamaygani, 2,45 million boladan 818 ming nafarigina bogchalarga qamrab olingani bu fikrlar isboti bola oladi. Maktabgacha talim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining yaroqsiz holati bolalarni maktabgacha talim bilan toliq qamrab olishni taminlashga imkon bermasdi.
Ayrim mutasaddilarning sustkashligi tufayli sohani rivojlantirish boyicha belgilangan ishlar vaqtida bajarilmagani, no-davlat bolalar bogchasini ochish borasidagi harakatlar paysalga solingani, joylardagi bogchalarda qurilish ishlari toliq yakuniga yetkazilmagani kabi kamchiliklar oz ortidan uzluksiz xatoliklarni ergashtirib kelardi. Organish shuni korsatdiki, maktabgacha talimni boshqarishning amaldagi tizimi mavjud muammolarni oz vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, mazkur sohani yanada rivojlantirish uchun innovatsion qarorlarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermay qolgan edi...
2017-yil 16-avgust kuni bolib otgan yigilish maktabgacha talim tizimi tarixida qoladigan yigilish boldi. Shu kuni mamlakatimiz Prezidenti davlat milliy genofon-dini mustahkamlash borasida gapirib, talimning ilk bosqichini rivojlantirishning koplab yonalishlarini belgilab berdi.
Xususan, maktabgacha talim tizimini tar-kibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassa-salarga bolalarni tola qamrab olish boyicha muhim vazifalar qoyildi.

— Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bolgan talim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga togri keladi: talim-tarbiya — biz uchun hayot-mamot masalasidir, — dedi Prezident. — Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biror-bir ozgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning soglom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha talim tizimidan boshlanadi.
Bogcha tarbiyasini olgan bola bilan bogchaga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi ortasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas.
Shuning uchun ham biz maktabgacha talim tizimini qayta korib chiqish masala-sini davlat siyosati darajasiga kotarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama puxta oylab amalga oshirmasak, butun talim tizimida sifat ozgarishiga erishishimiz, talimning uzluksizligini taminlashimiz qiyin boladi, — deya takidladi Shavkat Mirziyoyev.
BUGUN
Yuqoridagi ayrimlarinigina sanaganimiz boshi bor-u oxiri korinmay qolgan muammolarni bartaraf etish uchun birinchi qadam sifatida Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha talim vazirligi tashkil etildi. Maktabgacha talim tizimini isloh qilishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida qabul qilingan Prezident qarorida keng kolamli tadbirlarni amalga oshirish kozda tutildi. Maktabgacha talim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, tizimni tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, boshqaruv tuzilmasini tashkil etish choralari belgilandi.
“Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha talim vazirligi faoliyatini tashkil etish togrisida”gi qarorga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.
— Yangi vazirlik oldiga maktabgacha talim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha talim muassasalari davlat va nodavlat tarmogini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan taminlash, maktabgacha talim muassasalariga bolalarni qam-rab olishni keskin oshirish, talim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy talim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni intellektual, manaviy-estetik, jismoniy rivoj-lantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qoyildi, — deydi Maktabgacha talim vaziri Agrepina Shin.
Metodik komak qanchalik zarur?
Har qanday talimning asosi — metodika, jumladan, maktabgacha talimniki ham. Maktabgacha talimni sifat bosqichiga kotarishda yangi talim metodlari, innovatsi-on texnologiyalarning ahamiyati katta. Sababi MTTning moddiy-texnik bazasi yuqori bolsa-yu, tarbiyachi bola bilan ishlamasa, unga har kuni yangi malumotlarni orgatmasa, hamma qilingan harakatlar natijasi nolga tenglashib qoladi. Sohadagi mutaxassislar mahoratini oshirish, ularga zaruriy metodik komak berish maqsadida Maktabgacha talim muassasalari rahbar va mutaxassislari-ni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tashkil etildi.
Maktabgacha talim sohasiga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash masalasiga alohida etibor qaratildi. Qabul qilinayotgan barcha-barcha qarorlarni amalga oshiradigan, farzandlarimizga eng zarur hayotiy tushuncha va konikmalarni orgatadigan yuqori malakali tarbiyachilarni tayyorlash masalasi kun tartibiga chiqdi. Bu sohada zamonaviy talablarga javob beradigan ilgor Inovarsion pedagogik usul va uslublarni ishlab chiqish, oquv va oquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodi-ni yaratish va nashr etish ham goyat dolzarb vazifa edi. Ozbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivoj-lanishiga qoyiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” maktabgacha talim tashkiloti-ning Davlat oquv dasturi qabul qilindi. Endilikda zamonaviy maktabgacha talim tashkilotining tarbiyachilari bolalarni erkin qoygan holda faollik markazlarida oyin mashgulotlari orqali yangi malumotlarni orgatmoqda.
Maktabgacha talim tizimida oliy malumotli mutaxassislarga ehtiyoj esa Inovarsion pedagogika universitetlarida maktabgacha talim yonalishiga qabul kvotalarining oshirilishi va nomutaxassis kadrlarni qayta tayyorlovdan otkazish evaziga toldirilmoqda. Ilgor xorijiy tajribalar asosida maktabgacha talim tizimidagi pedagog kadrlar malakasini oshirish boyicha oquv-reja va dasturlarni takomillashtirish, oliy talim muassasalari maxsus sirtqi bolimlarining “Maktabgacha talim” yonalishi boyicha 2018—2023-yillar uchun kvotalar ajratish masalasiga etibor qaratildi.
— Hozirgi zamon tarbiyachisi kasbiy mahoratini doimiy tarzda oshirib borishi, ilgor Inovarsion pedagogik texnologiyalarning izchil metodlari mohiyatini toliq anglashi va ular-dan mashgulotlarida mohirona foydalanishi zarur. Talim jarayonida ilgor Inovarsion pedagogik texnologiyalarni faol qollash, talim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amali-yotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir, — deydi Maktabgacha talim muassasalari rahbar xodimlari-ni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti katta oqituvchisi Mavluda Rustamova. — Tarbiyalanuvchilarning ongi, dunyoqarashini ostirish, ularni mashgulotlarda erkin fikrlaydigan erkin ishtirokchiga aylantirish nihoyatda muhimdir. Tarbiyachi mashgulotda boshqaruvchi, bolalar esa ishtirokchiga aylanmogi lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi kop qirrali samara keltiradi. Maktabgacha talimda koproq bolalarning yoshi, fiziologik holatini hisobga olish lozimligini unutmaslik kerak. Oddiy, oson va kam vaqt sarflanadigan oyin mashqlaridan foydalanib, faollik markazlarida ish olib borish yaxshi samara beradi. Koproq atrof-muhit bilan boglab otilgan mashgulotlar bolalar ongi, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish qobiliyatlarini, mustaqil ishlash konikmasi-ni, yani hayotiy kompetensiyasini rivoj-lantiradi.
Nodavlat maktabgacha talim: nimasi afzal?
Ochigi, avvallari xususiy bogcha degan nomning ozi odamlarni biroz ozidan itarardi. Chunki davlat bogchasi bilan xusu-siy bogcha narxi ortasidagi tafovut keskin farqlanar, bunday talim tashkilotiga moddiy jihatdan baquvvat oilalar farzandlari borishi kerak degan tushuncha shakllangan edi. Bu qarash bugun biroz bolsa-da ozgardi. Sababi nodavlat maktabgacha talim muassa-salari tarmogini kengaytirish borasida olib borilayotgan say-harakatlar evaziga bugun yurtimizda nodavlat maktabgacha talim tashkilotlari soni keskin ortdi. Bugungi kunda maktabgacha talim muassasalari tarmogini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasi-ni mustahkamlash, yangi bogchalar qurish boyicha davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Bu esa tizimda soglom raqobatni shakllantirish hamda talim xizmatlari turini kopaytirishga xizmat qiladi. Investorlar tashkil etilayotgan maktabgacha talim muassasalarida davlat talim talablari-ga, sani-tariya-gigiyena va boshqa normalarga rioya qilish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yona-lishini saqlab qolish, shuningdek, maktabgacha talim xizmatini korsatish narxining maqbulligi va arzonligini taminlash uchun masul bolishi nazarda tutilmoqda. Bunda investorlarga preferensiyalar, shuningdek, imtiyozli kreditlar taqdim etilmoqda.
Nega NMTT narxida ozgarish roy berdi?
Vazirlar Mahkamasining “Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha talim vazirligi va uning tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha talim muassasalari faoliyatini qollab-quvvatlash togrisida”gi qaroriga kora bosh turgan binolar nol qiy-matda tadbirkorlarga berildi, davlat-xusu-siy sheriklik (DXSh) shartlarida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha talim muassasalari uchun qator soliq imtiyozlari nazar-da tutildi. Xususan, nodavlat MTM faoliyat korsa-tishni boshlagan paytdan boshlab 10 yil muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgarmalariga majburiy ajratmalardan, DXSh togrisida bitim tuzilgan kundan boshlab 2 yil muddatga — tasdiqlanadigan royxatlar boyicha olib keli-nadigan asbob-uskunalar, inventar, oquv qollanmalari va oyin zonalari uchun bojxona tolovlaridan ozod etildi. Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha talim muassasalariga Ozbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablaglaridan subsidiyalar ajratilishi bel-gilandi.Bular narx siyosatiga tasir etmasdan qolmaydi.
Maktabgacha talim muassasalariga tadbirkorlik subyektlari bilan tegishli talablarga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish togrisida togridan-togri shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruxsat berildi.
Mazkur eksperiment yakunlari boyicha respublikaning boshqa hududlarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini va maktabgacha talim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish tartibi joriy etildi.
Maktabgacha talim muassasalari xodim-larini moddiy ragbatlantirishning past darajasi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir malakali muta-xassislar bilan taminlay olmaslik holatiga sabab bolar edi. Masalan, 1993-yilga qadar maktabgacha talim muassasalarining tarbiyachisi va umumtalim maktablarining boshlangich sinf oqituvchisi mehnatiga haq tolash miqdori bir xil bolgan bolsa, hukumatning alohida qarorlari bilan hozirga qadar umumtalim maktablari pedagog xodimlari mehnatiga haq tolash miqdorlari bir necha marta oshirilgani holda maktabgacha talim muassasalari xodimlarining ish haqi miq-dorlari ozgarishsiz qoldirilganligi hisobiga ularning ortacha ish haqi miqdori umumtalim maktabining boshlangich sinf oqi-tuv-chisiga nisbatan 60 foizni tashkil etgan, xolos.
Bu esa, oz navbatida, maktabgacha talim tashkilotlari pedagog xodimlari istedodi, kasb mahorati va ish faoliyatida shaxsiy hissasi namoyon bolmasligiga hamda muassasaning Inovarsion pedagogik salohiyatini pasaytirishga olib kelgan.
Shu sabab maktabgacha talim tizimini yanada takomillashtirish, xodimlarning mehnatiga haq tolash va moddiy ragbatlantirishning munosib shart-sharoitlarini yaratish, yuqori malakali kadrlarni, shu jumladan, yosh bitiruvchilarni jalb etish, jamiyatda maktabgacha talim muassasalari pedagoglarining nufuzini oshirish ustida ish olib borilmoqda.
2018-yil-sentabr oyidan boshlab oliy malumotga ega bolgan tayyorlov guruhi (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) tarbiyachisi mehnatiga haq tolashning bazaviy tarif stavkalari miqdori umumtalim maktablari boshlangich sinf oqituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdoriga tenglashtirilishi belgilab qoyildi.
Hukumatimiz tomonidan maktabgacha talim tizimida mehnat qilayotgan xodimlarning moddiy jihatdan qollab-quvvatlanishi hamda qishloq hududlarda bogchalar uchun ota-onalar tolovining keskin pasaytirilishi maktabgacha yoshdagi bolalarni bogchalarga qamrab olish darajasini oshirishga hamda maktabgacha talim muassasalarida talim-tarbiya sifati va samaradorligini taminlashga xizmat qiladi.
ERTAGA
Qaror bilan belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi natijasida, maktabgacha talim tizimi va uni rivojlantirish uchun alohida etibor qaratiladi, oquv-tarbiya jarayoniga oqitishning zamonaviy ilgor shakllari, yangi Inovarsion pedagogik va axborot texnologiyalari, talim-tarbiyaning samarali shakl va usullari joriy etiladi, maktabgacha talim muassasa-larining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi, 5-6 yoshli bolalarni maktabgacha talimga 100 foiz qamrab olish imkoniyati yaratiladi. Talimning poydevor qatlamida bunday talim muhitining yaratilishi pirovardida erkin fikrlovchi SHAXS kamoli diqqat mar-kazda turibdi.
Zero, bugungi kunda MTTlarda tarbiyalanayotgan bolalarga 93 555 mingdan ziyod pedagog xodimlar talim-tarbiya beradi. Bolaning dunyoqarashi, didi shakllanadigan davr maktabgacha talim yoshiga togri keladi. Demak, bu yoshdagi barcha bolalar maktabgacha talimga qamrab olinadi.
Dunyo mamlakatlarining maktabgacha talim sohasidagi tajribalarini organish vaulardan milliy mentalitetimizni hisobga olgan holda foydalanish natijasida xalqaro standartlar darajasidagi maktabgacha talim tizimi yaratiladi.
Maktabgacha talim tizimi oldiga qoyila-digan davlat talablari, talim-tarbiya dasturlari ilgor xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi. Ushbu dasturlar bolalarga oqish va yozishni turli oyinlar orqali orgatish, ularning zerikmasligi, aksincha, bogchaga xursand bolib borishiga xizmat qiladi.
2030-yilga qadar...
Maktabgacha talim tizimini tanqidiy organish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish boyicha komissiya tashkil etildi. Komissiya tomonidan maktabgacha talim sohasidagi qonunchilik undagi boshliqlar, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga kel-tiruvchi normalarni aniqlash nuqtayi nazaridan tahlil etildi. Shuningdek, maktabgacha talim sohasida davlat siyosatini samarali royobga chiqarishga tosqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda kompleks organish ishlari amalga oshirildi.
Shunga kora Ozbekiston Respublikasi maktabgacha talim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilib, uni amalga oshirishni kozlovchi “Yol xaritasi”da 2019—2024 va 2025—2030-yillarda maktabgacha talim tizimini rivojlantirishning maqsadli korsatkichlari belgilandi.

Konsepsiya orta va uzoq muddatli istiqbol uchun maktabgacha talim tizimini rivojlantirish maqsadlari, vazifalari, ustuvorliklari va bosqichlarini belgilab berdi.
Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha talim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi maktabgacha talim sohasini rivojlantirishga yonaltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos boladi. Hujjat malakali pedagog kadrlar yetishmovchiligi, davlat MTTlarining tolib ketganligi, moddiy-texnik holatining nomuvofiqligi hamda davlat oquv-metodik materiallari bilan past darajada taminlanganligi muammolarining hal etilishini nazarda tutadi.
Xususan, 2030-yilgacha maktabgacha talim bilan qamrab olingan bolalar miq-dorini joriy 38,1 foizdan 80,8 foizgacha orttirish vazifasi qoyilgan. Shu bilan birga, MTV tomonidan talim muassasalari quvvatlari-ning kuchaytirilishi davom ettiriladi: 2021-yilga kelib orinlar miqdori yangi MTMlarni ochish hisobiga 56,8 foizga (2030-yilga kelib — 132,3 foizga) ortadi, hamda davlat-xususiy sherikligi va respublikaning chekka tumanlari uchun dolzarb muqobil maktabgacha talim shakllari rivoj-lantiriladi. Keyingi yillarda Inovarsion pedagogik va boshqaruv kadrlariga alohida etibor qaratilmoqda. Ishlar ikki yonalishda olib boriladi: pedagoglar miqdorini orttirish va maktabgacha talim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va rivojlantirishda yangi yondashuvlarni tatbiq etish. Konsep-siya bilan belgilangan maqsadli korsatkichlar respublika miqyosidan viloyat, tuman va shahar darajasigacha tushadi hamda ushbu natijalarga erishish uchun qay miq-dorda mablaglarining zarurligi togrisidagi hisob-kitoblar bilan asoslanadi.
Demak, maktabgacha talimning ertangi porloq kelajagidan barchamiz umidvor va manfaatdormiz.4
XULOSA
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda davlat va nodavlat maktabgacha talim tashkilotlarida talim va tarbiya sifatini takomillashtirish muammosini alohida tadqiqot predmeti sifatida organish ehtiyoji sezilmoqda. Muammoning yechimini topish uchun: - davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlarining malakasini oshirishda «tarbiya kvalimetriyasi» va «talim kvalimetriyasi» tushunchalarini ilmiy jihatdan tavsiflash;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari boshqarishning metodologik va nazariy asoslarini sifatli menejment nuqtai nazaridan tadqiq qilish;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlariga qoyiladigan davlat talablarini tabaqalashtirilgan yondashuv asosida takomillashtirish;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlarining malaka oshirishdan keyingi faoliyati samaradorligi monitoringini joriy etish boyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari tarbiyalanuvchilari iqtidorini aniqlash va rivojlantirishga moljallangan metodik qollanmalar yaratish amaliyotga tatbiq etish;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlarida sifat menejmenti tizimini takomillashtirish boyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish lozim. Davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlarining faoliyatini kvalimetriya asosida baholash, kasbiy faoliyat natijasi, tarbiyalanuvchilarning intellektual darajasi va shaxsiy rivojlanishi mezonlariga asoslangan holda takomillashtirishga qaratish lozim. Shunday qilib, talim-tarbiya sifatini oshirish jarayonida yangi mazmun va mohiyatga ega bolgan insonparvarlik tamoyillariga asoslangan, yaratuvchanlik, ijodkorlikka intilish hissi bilan yogrilgan talim komil inson shaxsini yetuklikka yonaltiradi. Binobarin, Ozbekistonda maktabgacha talim tashkilotlarida olib borilayotgan islohotlar talim-tarbiyaning maqsadini yangi yonalishga burdi.Demak, talim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda mazmunning ham, Inovarsion pedagogik jarayonning ham yangilanishi tabiiydir.Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli shaxs manfaatlarini taminlashga xizmat qiladi.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling