Mavzu: Maktabgacha ta’limni tashkil etish va loyihalashtirishda hamkorlik pedagogikasi texnologiyasining mazmun va mohiyati


Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanish zaruriyati


Download 40.53 Kb.
bet7/8
Sana17.10.2023
Hajmi40.53 Kb.
#1706796
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi hamkorlik pedagogikasi

2.2.Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanish zaruriyati
Ko‘pgina mamlakatlarda STEAM-ta’lim ba’zi sabablarga ko‘ra ustuvor ahamiyatga ega: Yaqin kelajakda dunyoda va shuning uchun O‘zbekistonda muhandislar, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish mutaxassislariga talab juda yuqori bo‘ladi. Uzoq kelajakda biz tabiiy fanlar bilan birgalikda texnologiya va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan kasblarga ega bo‘lamiz, ayniqsa bio va nanotexnologiya mutaxassislariga katta talab bo‘ladi. Mutaxassislar texnologiya, tabiiy fanlar va muhandislikning turli sohalaridan keng qamrovli ta’lim va tajribaga muhtoj bo‘ladi. STEAM ta’limining afzalliklari Ta’lim berishni o‘quv fanlari bo‘yicha emas, balki “mavzular” bo‘yicha integratsiyalab olib borish lmiy-texnik bilimlarni real hayotda qo‘llash Tanqidiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirish va muammolarni yechish Faol kommunikatsiya va jamoada ishlash O‘z kuchiga ishonish hissini ortishi STEAM taʼlimining afzalliklari Texnik fanlarga bo‘lgan qiziqishlarni rivojlantirish Loyihalarga kreativ va innovatsion yondashuv Taʼlim va karyera orasidagi ko‘prik O‘quvchilarni texnologik innovatsion hayotga tayyorlash
Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasining ahamiyati O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini isloh qilish borasida islohotlar amalga oshirilmoqda. “Zamonaviy maktablarni tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori, “2017-2021- yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Qarori, “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori va boshqa ko‘plab respublikamizdagi ta’lim tizimini dunyodagi yetuk ta’lim tizimlariga tenglashtirish borasidagi islohotlarni ta’kidlab o‘tish mumkin. Ushbu maqsadlarni bajarish uchun 2016-yildan boshlab milliy ta’lim tizimida STEM paydo bo‘lishi haqida so‘z yuritilmoqda. Hozirgi kunda STEM ta’lim tizimi dunyo miqyosida keng tan olinmoqda. Ba’zi mamlakatlarda ushbu ta’lim tizimi milliy ta’lim tizimi etib tayinlangan. 2016-yil natijasiga ko‘ra STEM ta’lim tizimi bo‘yicha maktabni tamomlaganlar taqsimotiga ko‘ra yuqori texnologiyalar bo‘yicha jadal tarzda rivojlanib borayotgan Xitoy birinchi o‘rinni, AQSH va Rossiya munosib ravishda 3 va 4 o‘rinni egalladi. STEM ta’limi nima degani? STEM so‘zi ingliz 4 so‘zning bosh harflaridan tashkil topgan abreviatura bo‘lib, unda: S – Science –Fan T – Technology – Texnologiya E – Engineering –Injinerlik M – Mathematics – Matematika. Yaqin kunlarda ushbu apreviaturaga A - Art – San’at bo‘limi ham qo‘shilgan. Ya’ni STEM tizimida ta’lim ushbu 4 yo‘nalishga urg‘u bergan holda, undan tashqari ularning bir-biri bilan bog‘liqligini ko‘rsatgan holda olib boriladi. Globallashuv davridagi texnologik o‘zgarishlarni ortidan qolib ketmaslik maqsadida, yangi texnologiyalar, bazalar shakllanishi, sun’iy aql kabi trend texnologiyalarni bilish, ularga muvofiq ta’lim berish hozirgi zamon pedagoglarning, pedagogik texnologiyal arning asosiy vazifalaridan biri hisoblanmoqda. STEM bizning kundalik hayotimizdagi innovatsiyalarni ta’lim tizimiga kiritib beradi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, STEM ta’lim tizimi orqali bolada kreativlik, qunt, qiziquvchalik va hozirgi kunda eng muhim bo‘lgan xususiyat - muammoni hal qilish (problem-solving skills) qobiliyati shakllanadi. O‘zbekiston Respupblikasida STEM ta’lim tizimini davlat ta’lim tizimiga kiritish bo‘yicha o‘tgan 2 yil mobaynida ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin xususiy maktablarda buning imkoni osonroq bo‘lsa, umumiy ta’lim tizimiga STEM ta’lim tizimini kiritishda bir qator muammolar borligi ta’kidlanmoqda. 2019-yilning dekabr oyida Xalq ta’limi vazirligi Xitoyda bo‘lib o‘tgan Shanghai International STEM Education Expo (STEAMEX) ko‘rgazmasida ishtirok etdi. O‘zbekistonda STEM ta’lim tizimini umumiy xalq ta’limiga tadbiq etish borasida AQSH mutaxassisi jalb qilindi. Undan tashqari Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan yurtizmida tashkil etilgan prezident maktablarida STEM ta’lim tizimi orqali ta’lim beriladi. Zamonaviy tadqiqotlar STEM tizimi maktab ta’lim tizimiga oid bo‘lgani bilan, uni eng kichik yoshdan, maktabgacha davrdan boshlab tadbiq etish muhim ekanligini ta’kidlamoqda. Bolaning eng kichik yoshidan boshlab STEM tizimiga olib kirishning ahamiyati, muvaffaqiyat ildizidir. Aslida STEM fikrlash bolalikdan boshlanadi. Bola yurishni bilmagan paytida ham jarayonlarning bog‘liqligi, ketmaketligi va ehtimollikni tushuna oladi. Ushbu xususiyatlar har tomonlama rag‘batlantirilishi lozim. Maktabgacha ta’lim tizimida STEM tizimi bo‘yicha faoliyat kundalik ish rejasi asosida olib borilishi mumkin. STEM ta’lim tamoyillarga asoslanadigan faoliyatlarni ishlab chiqish va amalga tadbiq etish muhim hisoblanadi. Misol. STEM ta’lim tizimini kitoblar orqali kichik yoshdagi bolaning hayotiga olib kirish samarali mexanizmlardan biri hisoblanadi. Kitob bolani STEM tizimiga olib kirishda kuchli tramplin bo‘la oladi. Kitob bola uchun faoliyat va jarayon orasidagi bog‘lovchi vosita bo‘ladi. Misol uchun kitobdagi baliqcha haqida bolalar bilan suhbat qurib, bog‘chadagi akvariumda yashovchi baliqlarni o‘rgansa bo‘ladi. Kitob bolani yoshligidan ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi, kitob orqali bolada fanga oid so‘z boyligi ortadi. Bu yerda muhim jihat STEM tamoyillariga asoslangan kitobni ensiklopediya kitoblari bilan adashtirmaslik. Kichik yoshdagi bolalar uchun tayyorlanadigan kitoblarni STEM ta’lim tizimi doirasida qanday strukturalashtirish mumkin: S-Science Kichik yoshdagi bolalarni fan olamiga olib kirishda hayvonot olami, dengiz hayvonlari, o‘simlik va hashoratlar haqidagi kitoblardan foydalansa bo‘ladi. T-Technology Atrofimizda, bolalar xonasida, kundalik faoliyatimizda uchraydigan texnologiya buyumlari aks etgan qiziqarli kitoblar bolani texnologiya olamiga olib kiradi. Qaychi, g‘ildirak, mashina, oyisining kir yuvish mashinasi, telefon va hokazolarni kitobda ichini ko‘rsatgan holda namoyon qilish, buyumlar haqida hikoyalar o‘qish mumkin. Qiziqarli hikoya bilan namoyon bo‘lgan texnologik buyumlar illyutsrasiyasi bolani miyasida savollar paydo bo‘lishiga, tahliliy o‘ylashiga turtki bo‘lishi mumkin. E-Engineering Injinerlik sohasiga bolalarni olib kirishni shakllarni o‘rganishdan boshlasa bo‘ladi. Shakllar, ularning atrofimizdagi buyumlarda aksi, shakllarning birbiri bilan munosabatini haqidagi biron shaklga ega bo‘lgan kitob foydali vosita bo‘ladi. A – Art Bolani san’at olamiga olib kirishni bolaligidan boshlash zarur. Milliy va dunyo miqyosida buyuk san’at arboblari asarlari, san’at namunalaridan tashkil topgan kitoblar, bolalar ko‘ziga yosh psixologiyasini inobatga olgan illyustrasiyalar STEM ta’limi tamoyiliga munosib bo‘ladi. Malevichning “Qora kvadrat” rasmi orqali shaklni ko‘rsatish, Monkning “Qo‘rquv” asari orqali hissiyotlarni namoyon qilish kabi faoliyatlar bolalarni qiziqtira oladi. M – Math Kichik yoshdagi o‘qishni bilmaydigan bolalarga ham sanash asoslarini o‘rgatish mumkin. Faqat bu 1+1 kabi zerikarli, bolaning neyrofiziologik rivojlanishiga to‘g‘ri kelmaydigan ta’lim bo‘lmay, balki interaktiv innovatsion yondashuvga ega ta’limini qo‘llashdir. Kitob illyustrasiyadagi hayvonlar soni, barmoqlar soni, yuzagi a’zolarning yonida “1” (og‘zi bitta) yoki “2” (ko‘zi ikkita) sonlarining namoyon bo‘lishi bolada matematika asoslarinishakllanishida va sonlarga qiziqishi uyg‘onishiga yordam beradi. Eng muhimi, bolaga STEM tizimiga oid kitob tanlayotganda u zerikarli bo‘lmasligi va bolaning yosh psixologiyasiga munosib bo‘lishini ta’minlaydi. Ushbu kitoblar bolaning e’tiborini jalb qila oladigan, kichik yoshdagi bolalar psixologiyasiga mos keladigan, ularning yoshiga yarasha ma’lumotni taqdim eta oladigan va shu bilan bir qatorda STEM ta’limiga asoslangan illyustrasiyalardan iborat. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni Prezidentimiz oldimizga qo‘ygan vazifalaridan kelib chiqqan holda har tomonlama yetuk va hozirgi zamon talablariga mos ravishda rivojlanishida STEM tizimini asoslarini shakllantirishda quyidagi vazifalarni bajarish maqsadga muvofiq bo‘ladi: MTT ni kitob bilan ta’minoti jarayonida kitoblarni STEM tamoyillariga asoslanganligiga qarab tanlash; MTT tizimining ish rejasiga STEM tamoyillariga asoslangan kitoblar bilan ish faoliyatni yurgazish mexanizmlarini kiritish; Kichik yoshdagi bolalar so‘z boyligini STEM kitoblari yordamida ko‘paytirish; Kichik yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan, innovatsion texnologiyalardan tashkil topgan STEM kitoblarini ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish; MTT pedagoglarini STEM ta’lim tizimi bilan tanishtirish mexanizmlarini ishlab chiqish.

Xulosa
Hamkorlik pedagogikasi quyidagi muhim g‘oyalarni aks ettiradi: bilimlar maktabini tarbiya maktabiga aylantirish, o‘quvchi shaxsini yaxlit tarbiya tizimining markaziga qo‘yish, tarbiyaning insonparvarlik xususiyatiga egaligi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarning shakllanishi, bolaning ijodiy qobiliyati hamda uning individualligini rivojlantirish, individual va jamoaviy tarbiyani uyg‘unlikda olib borish. Hamkorlik ta’limi quyidagi maqsadli yo‘nalishlarga asoslanadi : ● pedagogik talabni inkor etgan holda ta’limiy hamkorlikka asoslanuvchi munosabatlarni tashkil etish; ● o‘quvchilarga insonparvarlik g‘oyalari asosida individual yondashish; ● ta’lim jarayonida kasbiy va ma’naviy birlikning qaror topishiga erishish
Hamkorlik ta’limining asosiy g‘oyasi o‘quv topshiriqlarini birgalikda bajarish hamda birgalikda ta’lim olishni nazarda tutadi. Bunday ta’lim texnologiyasini qo‘llashda o‘quvchilar o‘quv topshiriqlarini sheriklari bilan hamkorlikda to‘g‘ri bajarishlari bilan birga, guruhning har bir a’zosida ta’limiy faollikni yuzaga keltirishga ham e’tibor qaratilishi lozim. Hamkorlikda o‘qitish o‘qituvchining ta’lim- tarbiya jarayonida o‘quvchilar guruhi, yakka tartibda, jamoa bilan o‘zaro samarali hamkorlikni tashkil qilishi, o‘quvchilarning o‘zaro qo‘llab-quvvatlovchi hamkorligini amalga oshirishdagi interfaol jarayon hisoblanadi. O‘quvchilar topshiriqlar ustida kichik guruhlarda hamkorlikda ishlaydilar va o‘zlariga hamda o‘z guruhlaridagi o‘rtoqlariga birgalikda yordam beradilar. Hamkorlikda o‘qitish metodlari quyi-dagi beshta xususiyatga ega: 1. O‘quvchilar birgalikda, umumiy topshiriq yoki o‘rganilayotgan faoliyat ustida ishlashadi, guruhiy ish natijasida mavzu (material) yaxshi o‘zlashtiriladi. 2. O‘quvchilar 2-3 kishilik kichik guruhlarda birgalikda ishlashadi. 3. O‘quvchilar umumiy vazifalarning yechi- mini topishga erishish yoki o‘rganish faoliyatini amalga oshirish uchun guruh tomonidan ishlab chiqilgan hamda ijtimoiy qabul qilingan hulq-atvor mezonlariga rioya qilishadi. 4. O‘quvchilar mustaqil bo‘lishadi. Umumiy vazifalarning yechimni topishga erishadilar. O‘qituvchi o‘rganish faoliyati bo‘yicha ishlarni tashkil etadi, tayyorlaydi, ularni talab darajasida sifatli amalga oshirilishni ta’minlaydi, muloqot usullari hamda zamonaviy axborot texnologiyalardan samarali foydalanishni tashkil qiladi. Mashg‘ulot va topshiriqlar o‘quvchilarning bir-birlariga ko‘maklashishlarni talab etadigan holda tuziladi. 5. O‘quvchilarning ta’lim olish jarayonidagi mas’uliyati oshadi. Hamkorlikda o‘qitish nimadan boshlanadi? guruhda har bir sherik bilan birgalikda harakat qilish; ● berilgan topshiriqlarga jiddiy qarab, faol ishlash; ● sheriklar bilan muloyim va samimiy muloqotda bo‘lish; ● butun guruh, jumladan sherik yutuqlarini o‘z yutug‘i singari qabul qilish va birgalikda quvonish. Hamkorlikda o‘rganish o‘quvchiga nima beradi? ● o‘quvchining o‘rganish jarayonini boyitadi; ● o‘quvchilarga kognitiv (atrof olam haqidagi bilim doirasini kengaytirish, bilish ehtiyojlarini rivojlantirish ta’limi) axborot beradi; ● o‘quvchilarda materialni o‘rganishga ishtiyoq uyg‘otadi;
● o‘quvchilarning o‘z shaxsiy bilim va dunyoqarashlarni shakllantirish imkoniyatlarnikengaytiridi; ● axborotni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi; ● o‘quvchilarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchun zarur bilimlar beradi; ● turli xil madaniyat va ijtimoiy-iqtisodiy darajadagi guruhlar o‘rtasida ijobiy o‘zaro munosabatlarni ilgari suradi; hamkorlik shunday holatki, ta’lim jarayoni su’bektlari birgalashib faoliyat qi ladi, o‘rtoqlik, o‘zaro yordam, jamotchilikyuzaga keladi. Hamkorlikda o‘qitish konsepsiyasi quyidagilardan tarkib topadi [5]: ● o‘quvchi bilan hamkorlik munosabati; ● o‘quvchida ijobiy emotsional qoniqishhosil qilish; ● maktab ta’limini muvaffaqiyatli amalga oshirish; ● muloqot va mehnat qilish ko‘nikma vamalakasini hosil qilish; ● o‘quvchilar bilan birgalikda mehnat qilish va yutuqqa erishishga ishontirish; ● o‘quvchiga yordam berish g‘oyasi; ● har bir o‘quvchi sinf ishidaerkin qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak; ● o‘quvchilar ishini rag‘batlantirish maqsadida baholash. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasiga asoslangan mashg‘ulotlarda bir qancha metodlar-dan foydalanish mumkin.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalaridansamarali foydalanishning o‘ziga xos pedagogik-psixologik va uslubiy asoslari: ● tashkiliy-pedagogik asoslar – o‘quv reja, dastur, dars mavzusi, DTS talablari va ularga muvofiq darajada o‘zlashtirilishi talab qilinadigan yangi bilim hajmi asosida o‘quv mashg‘uloti ishtirokchilarining hamkorlikda ishlashlari uchun shart-sharoit imkoniyatlarini belgilash va amalga oshirish; ● psixologik asoslari – o‘quvchilarning psixologik yosh xususiyatlarini hisobga olish, o‘quvchi uchun qulay psixologik muhit yaratish, dars mazmunidagi tushuncha, atama va boshqashartlarning o‘quvchi uchun sodda va tushunarlibo‘lishi; ● uslubiy asoslari – mashg‘ulot uchun zarur vositalarni oldindan tayyorlash, ularning talab darajasida, sifatli bo‘lishni ta’minlash; ● muloqot usullari hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil etish.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari o‘quvchilarning kreativ (tadqiqotchilik xarakteriga ega, ijodiy tafakkurni jadal ravishda rivojlantirish ta’limi) qobiliyatlarini takomillashtirishda katta imkoniyatlarga ega ekanligi ma’lum. O‘quvchilarda kreativlik qobiliyatining rivojlanishiga quyidagi fazilatlar katta ta’sir ko‘rsatadi: ● ijodiy fikrlash; ● o‘quvchi qadr-qimmatini tan olish; ● atrof-muhit ta’siriga bolalar sezgirligini rivojlantirish; ● g‘oyalar va ob’ektlarni erkin egallashga yo‘naltirish; ● ijodiy jarayonlar to‘g‘risida asoslangan axborot bera bilish ko‘nikmasini shakllanti-rish; ● tanqidni to‘g‘ri asoslab bera bilishnirivojlantirish; ● o‘zini hurmat qilishni rag‘batlantirish; ● baho olishda qo‘rqish hissini jilovlashga o‘rgatish. Hamkorlikda o‘qitish jarayonidan kelib chiqib quyidagi xulosalarni chiqarishimiz mumkin: ● o‘quvchilar dars mazmuniga ijodiy yondashadi; ● dars jarayonidagi axborotni tahlil va tanqid qilib, o‘z xulosalarni asoslaydi; ● bilimlarni yangi vaziyatlarda ijodiy qo‘llaydi; ● hamkorlikda o‘qiyotgan o‘quvchilar muvaffaqiyatga erishish uchun bir- birlariga ko‘maklashadilar. Hamkorlikda o‘qitishga asoslangan pedagogik jarayonda yuqorida qayd etilgan g‘oyalar asosida shaxsga yo‘naltiriluvchi (rivojlantiruvchi) texnologiya yaratiladi. Ta’lim texnologiyasining mohiyati shaxsni rivojlantirish, ta’lim nazariyasini asoslash uchun nazariy shart-sharoit yaratish emas, balki unga o‘z o‘zini tarbiyalashga yordam berishdan iboratbo‘lishi lozim.

Download 40.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling