Мавзу: Мактабгача тарбия муассасаларида жисмоний тарбияни ташкил этиш шакллари
BOB. JISMONIY TARBIYA MASHG’ULOTLARI
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha talim muassasalarida jismoniy tarbiya boyicha ishlarni tashkil etish
1.BOB. JISMONIY TARBIYA MASHG’ULOTLARI. 1.1. Maktabgacha tarbiya muassasalarida mashg’ulotlarning umumiy tavsifi Mashg’ulotlarning ahamiyati harakatlar madaniyatining kompleks shakllanishi, sog’lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir. Bu vazifalarning bajarilishi kamologi, organizmning funktsional takomillashuvi, bola sog’ligining mustahkamlanishi, ular tomonidan to’g’ri harakat ko’nikmalarining egallanishini, jismoniy sifatlar xamda jismoniy tarbiya va sportga nisbatan emotsional ijobiy munosabatni, shaxsning har tomonlama rivojlantirilishini ta’minlaydi. Mashg’ulotlarda sog’lomlashtirish vazifalarini amalga oshirishga bolalarning har tomonlama harakat faoliyati yo’li bilan erishiladi. Ular organizmdagi barcha funktsional 1 jarayonni, uning optimal gigienik va chiniqtiruvchi sharoitlarda hayotiy faoliyatni kuchaytirishga yordam beradi.
Mashg’ulotlar xushchaqchaq intizomli, agrof-muhitda yaxiщ harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan, maqsadga yo’nalgan holda faoliyat ko’rsata oladigan, shuningdeq axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladigan kishilarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Jismoniy mashg’ulotlar kuz, qish va bahor faslida binoda hamda ochiq zavoda o’tkaziladi. Yoz fasli paytida barcha mashg’ulotlar (yomg’irli kunlardan tashqari) ochiq zavoda, jismoniy tarbiya maydonchasida o’tkaziladi. Binoda va ochiq havodagi mashqlar o’zaro aloqadadir: ular barcha sog’lomlashtirish va
11
ta’lim-tarbiyaviy vazifalarning kompleks tarzda hal etilishini ta’minlaydi. Mashg’ulotlarni o’tkazish sharoiti ularning ba’zi o’ziga xos xususiyatini belgilaydi. Binoda sog’lomlashtirish—gigienik shartlarga rioya qilgan holda o’tkaziladigan (deraza fortochkalari ochiq yengil kiyim va poyabzal) mashg’ulotlar harakatlarning to’g’ri, go’zal va aniq bo’lishini ta’minlaydi, umumiy harakat madaniyatini tarbiyalaщsh. Ular turli qo’llanmalar bilan va musiqa jo`rligida o’tkazilishi mumkin. Ochiq havodagi mashg’ulotlar maksimal sog’lomlashtirish samarasiga ega, ular harakatlarni keng joyda bajarishga, imkon beradi, jismoniy yuklamani kuchaytiradi, sport: o’yinlari, estafetalarni o’tkazishga keng imkoniyat yaratadi. Biroq qalin kiyim va poyabzal harakatlarning aniq ifodali, chiroyli bo’lishiga xalaqit beradi. Rejada har bir yosh guruhi uchun belgilangan jismoniy mashqlar mashg’ulotlar mazmunini tashkil etadi. Mazmuniga ko’ra xilma-xil mashg’ulotlarni o’tkazishda vazifalarning: aniq va oydin bo’lib qilishi, dasturni o’tishda izchillik rioya qilish, shuningdeq bolalar yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish shartdir. Mashg’ulotlar tuzilmasi - maщqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishvdan iboratdir. U qo’yilgai vazifalar, asab tizimining ish qobiliyati va bola organizmining har bir alohida yosh bosqichdagi xususiyatlari bilan belgilanadi. Mashg’ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir. Ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligi shunga bog’liq. Harakat faoliyati jarayonida yurak qiskarshii chastotasi ko’rsatkichlari mashg’ulot boshlanishida uning asta-sekin oshib borishi, so’ng kuchaya borib, mashg’ulotlarning asosiy Qismida yuqori darajaga yetishini va mashg’ulot so’ngida asta- sekin pasayishini ko’rsatdi. Bunday izchillik bir tomondan, qon
12
aylanish tizimining faoliyati va organizm ish qobiliyash bilan, ikkinchi tomondan, dshdat-e’tiborni qaratish, reaktsiya tezligi kabi ruhiy jarayonlarning kechishi va shu bilan bog’liq ravishda harakatlarning juda anshdiigi bilan belgilanadi. Mashg’ulot davomida organizm va ruxiyatda kechadigan o’zgarishlar markaziy asab tizimi nazoratida amalga oshiriladi. Bunda uning asab markazlari, asab jarayonlari harakat- chanligi, ko’zgaluvchanligining oshishida ifodalanadigan o’z ish qobiliyati kuchayadi. Mashg’ulotlar davomida butun organizmning juda ishchanligi sharoitida ishlayotgan organ va tizimlar faoliyatining uyg’unligi yaxshilanadi, to’g’ri ish ritmini topish xamda shu bilan bog’liq ravishda emotsional Xolatni oshirish imkoniyati paydo bo’ladi. Bu davrda ish qobiliyatining eng yuqori darajasi kuzatiladi. U faoliyatning ayrim jixatlari tavsifining o’zgarishga bog’liq xolda turlanib turadi (harakatlarni bajarish, tarbiyachi harakat namunasini kuzatish, unnng ko’rsatmalarini tushunib olish va xokazo). Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’zaro bog’liq uch qismdan: kirish — jismoniy tayyorgarliq asosiy va yakunlovchi qismdan iborat. Ta’limiy, tarbiyaviy va sog’lomlashtirish vazifalari mashg’ulotning \ar bir yuismi uchun baravar muxim axamiyatga ega. Mazkur vazifalarni bajarish bolalarga \ar tomonlama ta’sir etishni ta’minlaydi. Mashg’ulotning kirish - jismoniy tayyorgarlik qismi vazifalari va mazmuni jismoniy tarbiya mashg’ulotining birinchi qismi qo’yilgan vazifalar va uning asosiy qismidagi mashqlar mazmuniga kura turlicha bo’lishi mumkin. SHuning uchun bir xolda o’qitish, ikkinchi bir xolda kirish- jismoniy tayyorgarlik tavsifida bo’lishi mumkin. Mashg’ulotning bu qismi vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish va emotsional kayfiyat paydo kilishdan, diqatning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan, ayrim harakat ko’nikmalarini aniklashtirishdan, bola organizmini asta- sekin mashg’ulotning asosiy qismida kechadigan birmuncha intensiv faoliyatga tayyorlashdan iborat.
13
SHu maqsadda bolalarga to’g’ri
qaddi-komatni tarbiyalashga, yassitovonlikning oldini olishga yordam beradigan, fazoda hamda jamoada mo’ljal olish bilan bog’liq bajarilishi ko’p vaqtni talab qilmaydigan tanish mashqlar va ularning variantlarini bajarish taklif etiladi. Bunday mashqlarga quyidagilar kiradi: saflanish mashqlariga — turlicha saflanishlar va qayta saflanishlar; turli topshiriqlar bilan bajariladigan (yo’nalishi ko’rsatilgan! burilishlar, boshlovchilarni almashtirish va bonqalar) yurish va yugurish; tarqalib yengil yugurish xamda keyinchalik katta va kichik davra, kolonna va xokazo bo’lib saflanish; turli ko’rinishdagi va yassitovonlikning oldini olish maqsadidagi yurishlar — govonda, oyoq uchida, poldagi qalin arqon ustida, narvonda yurish va boshqa mashqlar. Kirish qismi bolalarning qatorga uch-to’rttadan, dona bo’lib saflanishi, tarqalishi va xokazolar bilan yakunlanadi. Bu bolalarni mashg’ulotning asosiy qismi boshlanishidagi umumrivojlantiruvchi mashqlarni o’rgatishga o’tish uchun xizmat qiladi. Bu qism kichik guruhiarda 2 dan 4 daqiqagacha, o’rta guruhiarda 3 dan 5 daqikagacha, katta guruxlarda 4 dan 6 daqiqagacha davom etadi. Agar mashg’ulotning birinchi qismi kirish-tayyorlov qism sifatvda rejalashtirilsa, uning boshlanishida yukorida ko’rsatilgan kirish qismi uchun muljallangan mashqlar beriladi. Biroq shundan so’ng mashg’ulotning shu qismida faqat takroriy va variatsiyali mashqlardan iborat o’rgatish talab qilmaydigan umumrivojlantiruvchi mashqlar berildi. Ularning vazifasi bola organizmini mashg’ulotning asosiy qismidagi birmuncha yuqori jismoniy yuklamaga tayyorlashdir. Bunda yetarli jismoniy yuklamaga ega bo’lgan murakkab koordinatsiyali asosiy harakatlar yoki intensiv tavsifdagi sport mashqlari rejalashtiriladi. Bunday xolda mashg’ulotning asosiy qismi bolalarni asosiy harakatlarga o’rgatishdan boshlanadi.
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling