Мавзу: Мактабгача тарбия муассасаларида жисмоний тарбияни ташкил этиш шакллари
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha talim muassasalarida jismoniy tarbiya boyicha ishlarni tashkil etish
19
1.2. Mashg’ulotlarni o’tkazish metodikasi haqida. Jismoniy mashqlarni mashg’ulotlar uchun tanlash reja asosida tuziladigai ish rejasi bo’yicha belgilanadi. Muayyan gurux bolalari yoshini, har bir bolaning salomatligini, umumiy rivojlanish darajasini hisobgaoluvchi istiqbol va joriy rejalar bolalar tomonidan egallangan harakat ko’nikmalari, bolalarning individual- tipologik xususiyatlari, yil faslini, mashg’ulotlarni o’tkazish sharoiti, shuningdeq bolalarning avvalgi faoliyatini hisobga olishdan kelib chiqan xolda mashg’ulot vazifalari va aniq jismoniy mashqlar belgilanadi. Navbatdagi mashg’ulot rejasini ishlab chiqishda oldingi mashg’ulotni sinchiklab taxlil qilish qo’l keladi. Taxlil jarayonida oldingi mashg’ulotda quyilgan vazifalarning amalga oshirilgan darajasi, bolalar reaktsiyasida namoyon bo’ladigan va mashg’ulotni hisobga olishda qayd etiladigan natijalar (barcha bolalar tomonidan va aloxvda xolda yangi reja materialini o’zlashtirish darajasi, tanish harakatlarni egallashdagi ilgor va kushimcha mashqlar, yengilroq variantlarni birmuncha chukurroq o’rganishni, bolalarni tashkil etish shaklini o’zgartirishni, individual mashg’ulotlar va hokazolarni talab etuvchi u yoki bu qiyinchiliklar aniqlanadi. Oldingi va keyingi mashg’ulotlar o’rtasidagi uzviy aloqa, umumiy maqsadga yo’nalganlik mukammal tizimni ta’minladi. Bu tobora murakkablashib boradigan vazifalarni ajarishdagi aniq izchillikni, rejani o’tishni va shu asnoda har bir yosh guruxidagi bolalar ta’limining natijalari muvaffaqiyagli bo’lishini belgilaydi. Oldingi mashg’ulot tahlili asosida avvalo mashg’ulot asosiy qismining vazifari bolalarni yangi mashqlarga o’rgatish; oldindan tanish mashqlarni takrorlash va takomillashtirish (aniq jismoniy mashqlar ko’rsatiladi) belgilab olinadi. SHundan so’ng mashg’ulotning kirish va yakunlovchi qismiga mo’ljallangan mashqlar aniqlanadi. 20
Tarbiyachi ayniqsa, yetarli tajribaga ega bo’lmagan tarbiyachi rejada berilgan metodik tavsiyalardagi jismoniy mashqlarni rejalapgtirish tizimidan foydalanishi mumkin. Ushbu tavsiyalarga ijodiy yondashgan xolda o’z guruxidagi aniq sharoitga muvofiq rejaga zarur o’zgartishlar kiritishi mumkin. Ayni paytda mazkur ko’rsatmalar unga bolalarni rejaga ko’ra jismoniy mashqlarga tizimli o’rgatishda yordam beradi. Mashg’ulotlarda tarbiyachi bolalarni uyushtirishning frontal, guruxiy, individual kabi turli usullaridan foydalanadi. Frontal usullardan foydalanilganda bolalarga barcha uchun bir xil tarzda, bir vaqtda bajariladigan mashqlar beriladi. Frontal usulni mashg’ulotning istalgan qismida, ayniqsa bolalarni yangi mashqlarga o’rgatishda yoki allaqachon tanish mashqlarni takomillashtirishda qo’llashi maqsadga muvofiqdir. Bu usul bolalarda harakat uyg’unligini tarbiyalaщda, ularni barcha uchun barobar vazifalarni xal etishga birlashtirishda, tarbiyachining bolalar bilan
bevosita alohida
kirishishida. shuningdeq mashg’ulotlarning motor zichligini oshirishda samaralidir. Bolalar mashg’ulot detallarini o’rganish va aniqlash jarayonida navbati bilan harakat qiluvchi uncha katta bo’lmagan guruxga bo’linishi mumkin. Bunda tarbiyachi mashqring bir yoki ikki gurux tomonidan bajarilishini kuzagib borish imko- niyatiga ega bo’ladi, dolgan bolalar esa uz urgoqlari harakat- larini kuzatadilar va tarbiyachini tinglaydilar. Bundan tashqari, mashqlarni potok usulida bajarishdan Xam foydalaniladi, bunda barcha bolalar aynan bir mashqli navbatma-navbat, birin-keshn, to’xtovsiz — potok usulida bajaradilar. Mashqlarni keng ko’lamda takrorlash uchun ularni bajarish ikki va uch potokda tashkil etilishi mumkin. Turli mashqlarning har bir bola tomonidan davra bo’ylab, stantsion tarzda izchil tartibda potok usulida bajarilishi foydali Xisoblanadi (masalan, chambarak orasidan o’tish, skameykada qomatni tik gutib yurish, sakrab qo’ng’iroqchani chalish, chopish va yugurib kelib
21
uzunlikka sakrash). Jismoniy mashqlarni potok usulida bajarish usulini katta va tayyorlov gurux bolalariga nisbatan qo’llash maqsadga muvofiqdir. Bu usulning mashqlarni takomillashtirishdagi aloxida axamiyatga molikligi va ularni o’rganishda esa kam axamiyatga ega ekanligini qayd etib o’tmoq lozim: potok harakatning to’xtovsizligi tarbiyachiga ba’zan bolalar haraka tidagi noanshushklarni bartaraf etishda imkon bermaydi, u har bir bolani kuzatib boradi va bu vaqida mashgutarning bajarilishini qisk^a tarzda baxolashi yoki ogoxlantirishi mumkin. SHu bilan birga, harakat — potok usulini ko’nik- malarni takomillashtirishda kullash bolalarda tezkorliq epchilliq kuch, chidamlilik va fazoda muljal olish kabi jismoniy sifatlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Katta va tayyorlov guruxlarida gurux usulidan foydalaniladi. U mashg’ulotda tarbiyachining bolalarni o’rgatish jarayoni va bolalarning avval orttirgan harakat ko’nikmalarini takomillashtirish bilan qo’shib olib borilgan Xollarda qo’llaniladi. Bunda bolalarnigp bir guruxi tarbiyachi raxbarligida, biror bir harakatta o’rgatiladi, ikkinchi gurux bolalari (yoki ikkita katta bo’lmagan gurux) esa bu vaqtda boshqa mashq turi bilan shug’ullaiadilar (takroriy). O’zlariga avvaldan tanish, biroq turli mashqlarni (koptok o’yini, tirmashib chiqish, muvozanat saqlash va boshqalar), shuningdek ijodiy topshiriqlarni bajaradigan ikki yoki uch gurux bolalar bo’lishi mumkin. Tarbiyachi bir guruxni bevosita o’rgata borib, barcha shug’ullanuvchilarni xam e’tibordan qochirmaydi, bolalarga harakatlari to’g’riligini, targ’ib, xatti- harakatlarini o’zlari nazorat qilib borishlarini taklif etadi. Mashg’ulot shunday tashkil etilganda, bolalarda mas’uliyat, o’zini tuta bilish, topshirshush barcha uchun umumiy ish kayfiyatini buzmagan xolda mustaqil bajarish malakasi, o’z ko’nikmalarini ongli ravishda takomillashtirish tarbiyalanadi va shuningdeq mashg’ulot davomida butun guruxning harakat faolligi va yuqori motor zichligini
22
saqlash imkoniyati yaratiladi. Mashg’ulot jarayonida har bir bola o’ziga berilgan topshiriqni tarbiyachi nazorati ostida mustaqil bajarayotganida individual usuldan foydalanish mumkin. Xamma uchun umumiy bo’lgan mashqlar detallarini aniqlashtirish maqsadida, mashq tarbiyachi buyrug’iga ko’ra individual tarzda bajariladi. Bunday usul tarbiyachining aloxida e’tiboriii, bolalarni yaxshi uyushtirishni. barchani faol kuzatishga jalb etish va topshiriqlar bajarilishining to’g’riligini tahiil qilishni, mashqlarni tarbiyachi buyrug’iga ko’ra qayta bajarishga tayyor turishni talab etadi. Mashg’ulotda bolalarni uyushtirishning ko’rsatib o’tilgan usullarining har biridan foydalapish tarbiyachi qo’ygan vazifalarga, mashg’ulot o’tkaziladigan sharoitga va ularni ratsional amalga oshirishga bog’liq. Bolalarni mashqlarga o’rgatishda jismoniy tarbiya mashg’ulotlari samaradorligini oshirshnga imkon beruvchi tashkil etishning turli aralash usullaridan foydalanish ayniqsa, maqsadga muvofiqdir. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling