Мавзу: Мактабгача тарбия муассасаларида жисмоний тарбияни ташкил этиш шакллари


a) mashg’ulotning asosiy qism vazifalari va mazmuni


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/24
Sana02.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#192611
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
maktabgacha talim muassasalarida jismoniy tarbiya boyicha ishlarni tashkil etish

a) mashg’ulotning asosiy qism vazifalari va mazmuni 


 

14 


Kirish  —  tayyorgarlik  kiem  kichik  guruxlarda  3  dakikadan  4  daqikagacha, 

urta  guruxlarda  4  dakikadan  6  daqiqagacha,  katta  guruxlarda  5  daqiqadan  10 

daqiqagacha davom etadi. 

Mashg’ulotning asosiy qismi vazifalari va mazmuni. Mashg’ulotning bu 

qismida  bir  holatda  dastlab  bolalarni  umumrivojlantiruvchi  mashqlarga,  so’ng 

asosiy  harakatlarga  o’rgatish  va  jismoniy  sifatlarni  tarbiyalash  vazifalari 

belgilanadi;  ikkinchi  bir  xolatda  asosiy  harakat  mashqlariga  o’rgatish  belgilanadi. 

Bu  mashqlar  yangi  harakat  mate  riali  bilan  tanishgirishni,  avvaldan  tanish 

mashqlarni  turli  variantlardan  foydalanib  takrorlashni, 

mustaxkamlanish 

bosqichidagi  harakat  ko’nikmalarini  takomillashtirishni  ko’zda  tugadi.  SHundan 

so’ng  barcha  bolalarni  intensiv  harakatta  tortadigan  koidali  harakatli  o’yinlar 

o’tkaziladi. 

Bolalarning  optimal  ruxiy  ish  qobiliyatining  davomsizligini  hisobga  olib, 

juda qiyin vazifalar asosiy qismining boshida belgilanadi (masalan, bolalarni yangi 

material bilan tanishtirish yoki juda murakkab koordinatsiyali mashqlarni bajarish). 

Umumlashtiruvchi  mashqlarni  bolalar  kichik  qo’llanmalar  —  bayroqchalar, 

tayoqchalar,  chambaraklar,  lentalar,  shurlar  bilan  bajaradilar.  CHunki  ular  butun 

organizmning  funktsional  xolatini  yaxshilashga  ta’sir  etadilar  katta  mushak 

guruxlarshsh asta-sekin intensiv ishga jalb etish vazifalariga ko’ra tanlanadi. 

Dastlab  to’g’ri  qaddi-qomatni  shakllantirish  va  nafas  olishni  tartibga  solish 

maqsadida (masalan, qo’llarni yon qi tomonlarga uzatish va ularni ko’krak oldida 

birlashtirish  va  boshqalar)  qo’l  mushaklari  va  yelka  kamari  mushaklarini 

rivojlantirish  xamda  mustaxkamlash  mashqlari  beriladi.  Ikkinchi  navbatda,  gavda 

uchun orqa mushagini mustahkamlaщ va umurtqa egiluvchanlishni rivojlantiruvchi 

(oldinga,  orqaga  va  yon  tomonlarga  egilish,  o’ngga  va  chapga  burilishlar— 

gavdani  aylantirish)  mashqlar  beriladi.  Qorin  va  oyoq  (tovonlarni  qo’shuvchi) 

mushaklarini  rivojlantirib  va  mustahkamlovchi  (chuqayish,  tazzadan  bukilgan 



 

15 


oyoqlarni  ko’tariщ  va  boshqalar)  mashqlar  uchinchi  navbatda  beriladi.  Bu 

mashqlarni  bajarishda  va  ularni  takrorlashda  bola  organizmini  asta-sekin  katta 

yuklamaga tayyorlab borish ko’zda tutiladi. 

SHundan  so’ng  asosiy  harakatlarni  o’rgatishga  o’tiladi.  Bunda  ulardan  biri 

bolalar  uchun  yangi,  boshqalari  esa  o’rganish  va  takomillashtirish  bosqichida 

bo’ladi. 

Maktabga  tayyorlov  guruhiari  jismoniy  tarbiya  mashg’ulotida  asosiy 

harakatlardan  iborat  ikkitadai  to’rttagacha  mashqni  rejalashtirish  maqsadga 

muvofiqdir.  Ulardan  biri  yetakchi  bo’lib,  tarbiyachining  asosiy  e’tiborini  talab 

qiladi,  qilganlari  esa  bolalarga  avvaldan  tanish  takrorlash  va  takomillashtirish 

maqsadidagi mashqlardan tanlanadi (masalan, uloqtirish va emaklash ishtirokidagi 

sakrashlar  yoki  yugurish  ishtirokidagi  uloqiirish  va  xokazo).  Bu  harakatlarni 

qo’shib  olib  borshida  ularning  intensivlik  darajasi  hisobga  olinadi.  Yuqori 

darajadagi  intensiv  mashqlarni  past  darajadagi  intensiv  mashqlar  yoki  turli  o’rta 

intensiv  mashqlar  bilan  qo’shib  olib  borish  juda  maqsadga  muvofiqiir.  SHunday 

qilib, bolalar faoliyatining rang-barangligiga va Harakat darajasini variatsiyalashga 

erishiladi, bu bola ish qobiliyatining darajasini ta’mintщщ. 

Barcha  mushak  tizimining  ishtirokini  talab  qiluvchi  asosiy  harakatlarni 

bajarish  har  darajada  organizmning  funktsional  xolatini  yaxshilaydi  va  tezkor, 

maqsadga  yo’nalgan  harakatlar  bilan  tavsiflanadigan  harakatli  o’yindagi  yuksak 

faoliyat ko’rsatishga tayyorlanadi. 

Mashg’ulotning  umumrivojlantiruvchi  mashqlarni  o’rgatish  bilan  olib 

boriladigan  asosiy  qismi  davomiyligi  kichik  guruxlarda  15  daqiqadan  18 

daqiqagacha, o’rta guruxlarda 20 daqiqadan 22 daqiqagacha, katta guruxlarda 25—

28  daqiqa  bo’ladi.  Umumrivojlantiruvchi  mashqlarsiz  o’tkazilganda  esa  uning 

davomiyligi  kichik  guruxlarda  8—12  dak^щa,  urta  guruxlarda  12—15  daqika, 

katta guruxlarda 15—20 davani tashkil etadi. 



 

16 


Mashg’ulotning  yakunlovchi qismi  vazifalari  va  mazmuni.  Mashg’ulotning 

o’yindan  so’nggi  yakunlovchi  qismi  tobora  sekinlashadigan  intensiv  sur’atdagi 

yurishni  o’z  ichiga  oladi.  U  umumiy  ko’zgaluvchanlikning  pasayishiga  va 

pulьsning  me’yoriylashishiga  yordam  beradi;  yurish  jarayonida  bolalar  bir  necha 

nafas  olish  mashqlarini  bajarishlari  mumkin.  Ba’zi  xollarda  yurish  barcha  bolalar 

ishtirokidagi  kam  harakatli  o’yin  bilan  almashtirilishi  xam  mumkin  (masalan, 

«Top-u  jim  tur»,  qo’shiq  aytish  tarzida  «O’zingga  yoqqan  narsani  keltir»  kabi 

o’yinlar).  Yurish  yoki  uni  almashshruvchi  o’yin  so’nggida  mashg’ulotga  yakun 

yasaladi va bolalar boshqa faoliyatga o’tadilar. Mashg’ulotning yakunlovchi qismi 

davomiyligi kichik guruxlarda 2 daqiedan 3 daqiqagacha, o’rta va katta guruxlarda 

3 davdadan 4 davdagacha bo’ladi. 

Butun  mashg’ulotning  davomiyligi  kichik  guruxlarda  1,5—20  daqiqani, 

o’rta guruxlarda 20—25 daqiqani, katta guruxlarda 30—35 daqiqani tashkil etadi. 

Jismoniy 

tarbiya 

mashg’ulotlari 

jarayonida 

bolalarda 

Harakat 

ko’nikmalarining  rivojlanishi  bilan  bir  vaqtida  tezkorliq  chaqonliq  chidamliliq 

egiluvchanliq kuch kabi jismoniy sifatlar tarbiyalanadi.. 

Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari belgilanadigan o’quv ishi tavsifiga muvofiq 

rejalashtiriladi:  bir  xil  mashg’ulotlarda  asosiy  e’tibor  bolalarni  yangi  jismoniy 

mashqlarni avval o’rganilgani bilan birga o’rgatishga; ikkinchi xil mashg’ulotlarda 

harakat  materialining  bolalar  tomonidan  o’zlashtirish  darajasi,  bajarilish  sifati  va 

miqdoriy natijasi vaqti- vaqti bilan tekshirib turiladi: uchinchi xil mashg’ulotlarda 

bolalarga  tanish  mashqlar  takomillashtirish  maqsadida  variantlardan  foydalangan 

xolda takrorlanadi va xokazo. 

-Jismoniy  tarbiya  mashg’ulotlari  yaxlit  syujet  ko’rinishidagi,  bolalarga 

tanish  o’yin  shaklida  o’tkazilishi  mumkin  masalan,  «Sayr»,  «Sayoxat» 

«Iztoparlar», «Sportchilar» va x.k. O’yinlardagi harakat izchilligi jismoniy tarbiya 

mashg’ulotlari tizimiga muvofiq bo’lishi, shug’ullanayotgan guruhiagi bolalarning 




 

17 


yosh imkoniyatlari va shu bilan bog’liq ravishda jismoniy yuklama darajasini xam 

hisobgaolishi    kerak.  Bunday  mashg’ulotlar  ijodiy  tashabbus  va  raxbarliqia 

emotsional  —  obrazli  metodikani  talab  qiladi,  tadqiqotlar  jismoniy  tarbiya 

mashg’ulotlarini ochiq xavodagi o’yin ochiq xavoda o’tkazshi zarurligini ko’rsatdi 

(L. V. Karmanova, V.G.Frolov,G. P. Yurko.)- Ular bola organizmining funktsional 

jixatdan  takomillashishiga,  chiniqishiga  yordam  beradi,  shamollash  kasalliklariga 

qarshiligini oshiradi. 

Ochiq  xavodagi  mashg’ulotlar  odatda  uch  qismdan:  kirish  -  jismoniy 

tayyorgarliq  asosiy  va  yakunlovchi  qismlardan  iborat  bo’ladi.  V.  G.  Frolov  va 

G.P.Yurkolarning  ma’lum<  ko’ra,  mashg’ulotlarning  xususiyati  turli  sur’atda  — 

tez,  o’rta,  sekin  yugurishdan  kup  martalab  foydalannsh  xisoblanadi.  Yugurish 

sur’atining  o’zgarishi  organizmning  funktsional  imkoniyatlari  ortshiiga,  umumiy 

chidamlilikning oshishiga ta’sir etadi. 

Mashg’ulotning  kirshn  jismoniy  tayyorlov  qismi  harakat  texnikasini 

yaxshilash,  oyoq  mushaklarini  mustahkamlash,  Komatni  takomillashtirish 

maqsadidagi  nafas  olish,  sekin  sur’atdagi  yugurish  mashqlari  (tizzalarni  baland 

kutarib,  qadam  tashlash,  mayda  qadam  tashlashdan  iboratdir.  Yugurishdan  so’ng 

bolalar  guruxli,  doira  va  boshqalarga  saflanadilar,  bu  keyingi  mashqlar  uchun 

maqsadga muvofiqdir. 

Mashg’ulotning  asosiy  qismi  qo’l,  gavda  va  oyoq  mushaklariga  yaxshi 

yuklama  beruvchi  umumrivojlantiruvchi  mashqlar  bajarish  uchun  mo’ljallanadi. 

SHundan  so’ng  o’rtacha  tezlikga  yugurish  o’tkaziladi.  U  yurish  va  bolalarning 

asosiy  harakatlarni  bajarish uchun qayta  saflanishi bilan tugallanadi. Bunda  avval 

murakkab  yoki  yangi  harakatlar,  o’rtacha  tezliuni  yugurishdan  so’ng  esa  sekin 

sur’atdagi  yugurish  bilan  tugallanadigan  tanish  (takroriy)  harakatlar  beriladi.  Bu 

qism  oxirida  musobaqani  harakatli  o’yin,  estafeta  o’yini  yoki  sport  o’yini 

o’tkaziladi. Ular bolalarning yuqori harakat faolligini ta’minlaydi. 



 

18 


Mashg’ulotning  yakunlovchi  qismida  sekin  sur’atdagi  yugurishdan  nafas 

olish mashqlarini bajargan xolda yurishga o’tiladi. 

SHunday  qilib,  reja  materialini  o’zlashtirish  va  yetarli  darajadagi  yuqori 

yuklama  ta’minlanadi.  Bunda  bolalarning  ijobiy  emotsiyalari  katta  rolь  uynaydi. 

Bu emotsiyalar mashqlarni yaxshi bajarishga va toliqmaslikka undaydi. 


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling