Mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat Reja
Maktabgacha ta'lim muassasalarda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat
Download 73.68 Kb.
|
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat
Maktabgacha ta'lim muassasalarda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
Shunday qilib, pedagogik o’zaro ta’sirning uchinchi yakunlovchi davrida uyg’un munosabatlar tizimi sifatida ikki tomonlama muloqotga kirishuvchilarning bir-biriga ta’sir tizimi shakllanadi. Bunda kattalar va bolalar faolligi, o’zaro munosabatlarining ishonchliligi, bolani psixologik himoya qilish darajasi va o’zaro tushunishga erishish ortadi. O’zaro ta’sir tomonlarning (pedagog va bola) vakilligi kattalar pozitsiyasi tomonidan “pedagogik his qilish”ni egallash, tarbiyachi o’z shaxsini o’zgartirishi, shaxsiy ziddiyatni kamaytirish, tarbiyalanuvchi “pozitsiya”sini egallash ko’nikmasini o’zlashtirish, bolani emotsional qabul qilish, unga ruhiy jarohat yetkazish imkoniyatini yo’q qilish va uning shaxsiy taraqqiyotiga ishonch bildirishni taxmin qiladi. Bola pozitsiyasi tomonidan o’zaro ta’sir tomonlarining vakilligi uning kattalar va tengdoshlari bilan o’zaro ta’sir va muloqotda bo’lish ehtiyojlarida; tarbiyachiga yordam berishda shaxsiy va tarbiyachining unga nisbatan munosabat xatti-harakatlarini anglashda; tengdoshlarining o’z shaxsiy muammolarini tushunib yetish (refleksiya)da namoyon bo’ladi. Shunday qilib, tarbiyachining pedagogik o’zaro ta’sir davrlari emotsional-shaxsiy aloqani o’rnatish va yaratishga (I davr); pedagog va o’quvchi o’rtasidagi emotsional-shaxsiy munosabatlarni rivojlantirishga (II davr); munosabatlarning uyg’unlik tizimini shakllantirishga (III davr) yo’naltirilgan. SHuni ta’kidlash mumkinki, bolaning kattalar va tengdoshlari bilan bo’ladigan munosabatlari tizimining uyg’unligi turli xil shaxslararo munosabatlarda “Men” mezoni bo’yicha shaxsiy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlari sifatida bola ijtimoiy faolligi rivojlanishining manbasi va sharti bo’lib hisoblanadi. Bola ijtimoiy faolligining rivojlanishi davrma-davr yuz beradi va buni uning ijtimoiy faolligi namoyon bo’lishining bir darajadan ikkinchi darajaga o’tishi deb ifodalash kerak. I-davr – ijtimoiy faollikning boshlang’ich darajasi (“oiladagi voqelik”) bolaning tevarak-atrofdagi haqiqat bilan aloqasining amaliy xarakteri va uni kattalar (ota-ona, enaga va b.)ga to’liq qaramligi bilan belgilanadi. Bolaning faolligi turmush ehtiyojlarini qoniqtirishga qaratilgan. Bola uchun uning ota-onasi (ular o’rnini bosuvchilar) qadr-qimmatga egadir. II-davr – ijtimoiy faollikning birinchi darajasi (“vaziyatdagi voqelik”) bolani bo’lib o’tayotgan hodisalardan ajrala olmasligi va uni vaziyatga to’liq qaramligi bilan tavsiflanadi. Bu darajada bola uchun uning xatti-harakatlari xarakteri va yo’nalganligini belgilovchi vaziyat muhim ahamiyatga egadir. III-davr – ijtimoiy faollikning ikkinchi darajasi (“vaziyat ustidagi voqelik”) bolani vaziyatlar oqimi ta’siridan chiqishi va o’zining “qimmatli kompasi” yordamida vaziyatni tushunib ish tutishi bilan xarakterlanadi. Uning uchun vaziyatdan chiqishning usul va vositalari, ya’ni “qurollar”, ularning psixologik turlari ham muhim ahamiyatga ega. IV-davr – ijtimoiy faollikning uchinchi darajasida (“o’zidagi voqelik”) bola o’z vaziyatlari modelini tayyorlab, atrofidagi kattalar va tengdoshlari bilan “ish yuzasidan” munosabatlar o’rnatishga urinadi. SHu yo’l bilan o’z “Men”ini namoyish qilib, o’z “makoni”ni himoya qiladi va uning egotsentrizmi, ya’ni olamga bo’lgan munosabati va o’zining shu olamda namoyon etishi aniqlanadi. V-davr – ijtimoiy faollikning to’rtinchi darajasi (“boshqadagi voqelik”) bolaning egotsentrizmini yengishga va o’zganing qadr-qimmatini tan olishga intilishi bilan belgilanadi. Bola uchun tevarak-atrofdagi barcha tirik jonzotlar: o’simlik va hayvonot dunyosi, odam qadr-qimmatga egadir. Ijtimoiy faollik qayd etilgan darajalar bolani ijtimoiy haqiqat bilan o’zaro munosabat xarakterini va turli shaxslararo munosabatlarda ijtimoiy-shaxsiy rivojlanish yo’llarini aniqlaydi. YUqorida ta’kidlanganlar bola ijtimoiy rivojlanish jarayonining qanchalik murakkabligini ko’rsatib turibdi. Maktabgacha yosh davri shaxs shakllanishi va ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega bo’lgan davr hisoblanadi. SHaxs rivojlanishi uning ehtiyoji oxir oqibat albatta iste’molchilik emas, balki yaratuvchilik sohasida ro’y berishini taxmin qiladi. O’zbekiston Respublikasida islohotlar davrida maktabgacha ta’limni rivojlantirishning maqsadi: maktabgacha ta’lim nufuzini oshirish, ta’lim sohasining jamiyatdagi ustuvorlik mavqeini mustahkamlash; asosiy buyurtmachi va iste’molchi bo’lgan ota-onalarga yo’naltirilgan holda turli xildagi maktabgacha tarbiya muassasalari rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish. Qo’yilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni yechish zarur: maktabgacha ta’lim muassasalari davlat tizimini (byudjet va idoralar) saqlash; maktabgacha ta’lim standartini aniqlash; maktabgacha ta’limni yangi mazmun va texnologiyalarga o’tkazish; maktabgacha ta’lim muassasasining turli xil tamoyillariga, ochiqlik, qulaylik, oila bilan hamkorlik, maktab, mahalla va boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan o’zaro munosabatlariga bog’liq holda maktabgacha ta’lim muassasalari tashkiliy tuzilmasini o’zgartirish; maktabgacha ta’lim muassasalari rivojlanishini o’zib o’tuvchi jamiyatga nisbatan (avvalambor, oila va maktabga) o’zgaruvchan sharoitlar, talablarga mos ravishda va o’z vaqtida javob qaytarish; maktabgacha ta’lim muassasalarining o’zgaruvchan tuzilishida tez mo’ljal olishga imkon beruvchi mazkur muassasalar uchun kadrlarni ilmiy-uslubiy tayyorlashni takomillashtirish. Maktabgacha ta’limni yangilashda asosiy pozitsiyalar quyidagicha: pedagogik ish yo’nalganligini insonparvarlashtirish; differensiatsiyalashtirish va individuallashtirish; demokratlashtirish; bolalar uchun ta’lim imkoniyatlarini taqdim etish; dinamiklashtirish va variativlikdir. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalarini amalga oshirishda quyidagi tamoyillarni inobatga olish zarur: bolaning turli xildagi faoliyatini tashkil etish orqali bola shaxsining ishtiyoqini to’la ochilishiga, qiziqishlari, qobiliyatlariga yo’naltirilgan pedagogik ish; shaxs shakllanishida maktabgacha yosh davrining ahamiyati haqidagi zamonaviy ilmiy bilimlardan foydalanish; predmetli-makonli nutqiy va ijtimoiy rivojlantiruvchi muhit yaratish; shaxsga yo’naltirilgan ta’lim ustuvorligini tan olish; har bir bolani har tomonlama rivojlanishida teng huquqligini tan olish; maktabgacha ta’limni hammabopligi; bolaning hayoti va sog’lig’i, jismoniy va ruhiy rivojlanishi, sog’lom turmush tarzi asoslari shakllanishini himoya qilish kabi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini bunday yo’nalishining ahamiyati; maktabgacha ta’lim muassasalari ish mazmuni bolaning ijtimoiylashuviga yo’naltirilishi, bolada munosabat malakasini rivojlantirish, jamoada yashashni bilish, ta’limning keyingi bosqichiga oson o’tish; o’quv-tarbiyaviy ishning mazmuni, shakli va usullarida umuminsoniy va milliy qadriyatlar birligi; tarbiyaviy, o’quv va rivojlantiruvchi vazifalarning birligi; bolalarni o’qitish va rivojlantirishga maktabgacha ta’lim muassasalari va oilani o’ziga xos imkoniyatlarini birgalikda amalga oshirishga ota-onalarni jalb etish; bosh buyurtmachi va iste’molchi – oila ehtiyojlariga mos holda maktabgacha tarbiyani turli ko’rinishda, mutaxassislik turlarida, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati tartibining variativligi; maktabgacha va boshlang’ich ta’limning izchilligi, jamoatchilik va oilaviy maktabgacha ta’limning o’zaro bog’liqligi; hududiy xususiyatlarni hisobga olish; maktabgacha ta’lim tizimida ro’y beruvchi o’zgarishlarga pedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining o’z vaqtida javob berishi. Maktabgacha ta’lim maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasalari ta’lim jarayonini Shunday tuzish kerakki, bir butun sub’ekt sifatida ham bola, ham pedagogga yoqishi kerak va ular uyg’unlashuvining rivojlanishiga yordam berish kerak. Maktabgacha yoshdagi bola predmetlarni alohida tashqi xossalarini idrok qilish, ko’rgazmali-obrazli shaklda berilgan amaliy va bilish topshiriqlarini yechishning yuqori darajasiga erishadi. Biroq, bola predmetlarni yuzaki ko’radi. Bu tabiiy, chunki predmetlar uni faqat amaliy va bilish jarayoni ob’ekti sifatida qiziqtiradi. Maktabgacha yoshdagi bola predmetlarni mohiyati bilan emas, balki alohida turlari, tashqi xossalari va xususiyatlari bilan ish ko’radi. Narsalarning mohiyati va ular bizga qanday ko’rinishi o’rtasida katta farq mavjud. Mazmun-mohiyat ustki ko’rinishga emas, u to’g’ri idrok qilinmaydi. U olamni ilmiy bilish – ijtimoiy uyushgan ta’lim jarayonida namoyon bo’ladi. Fanni o’rganishga o’tish – bu olamni bilishga o’tish bo’lib, inson ongi uchun ob’ektiv bo’lib hisoblanadi (D.B.Elkonin, 1995. 249b.). Maktabgacha ta’lim muammosi empirik bilimlardan (tajribaga asoslangan “hayotiy bilimlar”) nazariy ilmiy bilimlarga o’tish mexanizmini aniqlashdan iborat. Bunday mexanizm sifatida ta’lim islohoti (N.A.Gorlova) bo’lib, bolaning tabiiy qobiliyatlarini tashqi olam bilan munosabati va mazmunini aniqlovchi madaniy salohiyatni o’zgartirishga qaratilgan. O’zaro ta’sir tizimini shakllanishiga yordam beruvchi “Men-Sen-Biz-Ular” obrazini yaratish; pedagog va bola ongida “olam obrazi” va olamni bolalarcha ko’rishni yaratish va takrorlanmas olamda o’ziga xoslikka ega va unda o’z o’rnini aniqlovchi refleksiya – o’zini aks ettirishga qaratilgan. Ta’lim islohoti – bu pedagog va bolaning hamkorlikdagi islohot faoliyat jarayoni bo’lib, pedagogni o’z-o’zini va bola shaxsini tarbiyalashga, hayotiy qadriyatlar yo’nalganlik tizimi sifatida shaxsiy mazmunni shakllanishiga, pedagog va bolani universallashtirishga yo’naltirilgan. Ta’lim islohoti quyidagi yondashuvlarni nazarda tutadi: Download 73.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling