Mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat Reja


Download 73.68 Kb.
bet2/9
Sana10.02.2023
Hajmi73.68 Kb.
#1186118
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat

Kurs ishi maqsadi: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish omillarini o’rganish.
Kurs ishi ob’ekti Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyatini tashkil etish jarayoni.
Kurs ishi predmeti: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat usullari va vositalari.
Kurs ishini tuzilishi: Kurs ishi 4 qism ya’ni (kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar) 24 sahifadan iboratdir.

  1. Chaqaloqlik davrida ijtimoiylashuv moslashuv.

Bolaning rivojlanishi qanday bo’ladi, u qanday shakllanadi va unga ta’sir etuvchi omillar nimadan iborat degan muammo juda qadim zamonlardan beri psixolog va pedagoglarning diqqatini jalb etib kelmoqda.
Bolalarni taraqqiy etishini tushuntirib berishga uringan eng keksa nazariya “Bola katta yoshli kishining kichik nusxasi” degan so’z bilan ta’riflanadi. Bu nazariya tarafdorlari bola sifat e’tibori bilan katta yoshli kishidan hech bir farq qilmaydi. Bola bo’yi, shuningdek tasavvurlari, xotirasi, diqqati, tafakkuri va boshqa jarayonlaridan anchayin kichkina bo’lgan katta yoshli kishilardir deb ko’rsatishga urinadir. Lekin bola psixikasining sifat jihatidan o’ziga xosligini tushuntirib bera olmaydilar va taraqqiyotning asosiy sabablarini yoritib bera olmaydilar.
XVIIasrdan boshlab filosofik va psixologik yo’nalishlarda bolaning taraqqiyoti haqida kurash boradi: psixologik yo’nalish tarafdorlari psixik taraqqiyot butunlay muhitga va turmush tajribasiga bog’liq deydilar. Xo’sh odam psixikasi va xatti harakatlarida bor bo’lgan o’ziga xos xususiyatlarni nima bog’laydi –tabiiy, tug’ma xususiyatlarmi yoki hayot davomida orttirgan xususiyatlarmi? degan muammoda turlicha qarashlar maydonga keldi .
Go’daklik davri bolaning tug’ilgandan 1 yoshgacha bo’lgan davrini o’z ichiga oladi. Uning dastlabki 1-oyi chaqaloqlik davri deb yuritiladi. Bolani dunyoga kelishini o’zi bir mo’’jiza, bu esa oilada homilador ayolga nisbatan ijobiy munosabatda bo’lishni talab qiladi.
Oilada farzand dunyoga kelishi sezilishi bilanoq xomilador ayolga qulay sharoit yaratish atrofdagilar uchun shartdir. CHunki ayol homiladorlikning 2-3 oyligida muhitda va o’zida o’zgarishlar seza boshlaydi. Ayoldagi jismoniy o’zgarishlardan tashqari uning ruhiyatida ham bir qancha psixik o’zgarishlar sodir bo’ladi, ayolning ruhiy holati tug’ilajak farzandning psixik rivojlanishiga, jismoniy rivojlanishiga ta’sir qiladi. Homilador ayol psixik holatiga qarab farzand rivojlanib boradi. SHuning uchun farzand har jihatdan sog’lom o’sishi uchun ota –onaning sog’ligi va atrof muhitning sofligi, oila tinchligi katta ahamiyatga ega. Buyuk bobomiz Amir Temur ham ayollari homilador bo’lsalar, ularni tog’li, xavosi musaffo joylarga olib borib turarkanlar. Ayolni turli jiddiylik xolatlaridan saqlash va manzarali tabiati go’zal joylarga ko’proq sayr qilishni ta’minlash, tinch sokin bo’lishni ta’minlash kerak.
Bu tavsiyalar avvalo homilador ayollarni o’zlariga tegishlidir, chunki eng mas’ul shaxs ayolning, onaning o’zidir.
Shunday qilib, bunday tadbirlar vositasi ila bola dunyoga keldi deylik, endi ota –ona zimmasida bu go’dakni har jihatdan sog’lom qilib voyaga yetkazishdek ulkan vazifa turibdi, chunki yangi tug’ilajak chaqaloq ham jismoniy, ham psixik jihatdan juda zaif bo’ladi. CHaqaloqning barcha hayotiy funksiyalari ovqatlanish, nafas olish, nafas chiqarish, xavoning o’zgarishiga, moddalar almashinuviga moslashishi va boshqalar uni organizmi orqali amalga oshiriladi.
CHaqaloqning tug’ilishi sifat o’zgarishlari daqiqasi, ijtimiy rivojlanishning yangi ko’rinishi boshlang’ich nuqta ekanligi bilan ahamiyatga ega.
Bolaning psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy faktorlardan tashqari bolani faolligi ham muhim ahamiyatga egadir. Bolalar psixologiyasi bolaga tarbiyaning pasiv “ob’ekti” deb qaramaydi, balki bola psixikasining taraqqiyotida bolaning aktiv faoliyatini to’g’ri tashkil qilib, yo’lga solib tursa, undagi mavjud sifatlar faoliyatining har xil turlarida namoyon bo’lib o’sayotganini hisobga olib tursagina tarbiya muvoffaqiyatli bo’ladi.
Bola psixikasi o’yin, o’qish, o’rganish, mehnat va ijtimoiy faoliyat jarayonida tarqqiy etadi. Har bir faoliyat bolaning hayotini o’zgarishi bilan turli yoshda turlicha xarakter kasb etadi. Agar bog’chagacha va bog’cha yoshi davridagi bolalarning yetakchi faoliyati o’yin bo’lsa, maktab yoshidagi bolalar faoliyati o’qish, o’rganishdan iboratdir. O’yin yoki o’qish, o’rganish, mehnat yoki ijtimoiy faoliyat turlari orasida keskin chegara bo’lishi mumkin emas. Maktab yoshi davrida o’yin ham saqlanadi, u hatto katta yoshli kishilar hayotida ham u muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat faoliyatiga esa biz bolalarni juda yoshligidan jalb qilamiz. Lekin har bir faoliyat turi ham o’z mazmuni bilan bolaning ham jismoniy, ham psixologik tomondan rivojlanishi imkonini beradi.
Bola psixikasining taraqqiy etishda o’yinning roli beqiyosdir. Biz bolaning psixik taraqqiyotini o’yinsiz tasavvur qilishimiz qiyin. CHunki, o’yin orqali bola faqat jismoniy tomondan emas, balki psixologik tomondan ham rivojlanadi. O’yin orqali bola olamni, undagi narsa hodisalarni, ularga xos xususiyatlarni o’rganibgina qolmay, balki nutq so’zlashga, mustaqil fikrlashga xayol qilishga, ijod qilishga, muomala madaniyatiga o’rganadi. Rus pedagogi A.S. Makarenko “Bola o’yinda qanday bo’lsa, o’sib ulg’aygach ishda ham ko’pincha, ko’p jixatdan Shunday bo’ladi” –deb to’g’ri aytgan edi. A.M. Gorkiy “O’yin bolalar yashayotgan va o’zgartirishi ish lozim bo’lgan dunyoni bilish yo’lidir”-deb bejiz aytmagan. Haqiqatdan ham o’yin har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi hayotni va kishilar o’rtasidagi turli munosabatlarni har tomonlama bilib olishga qaratilgan faoliyatidir. Bolaning o’yin faoliyati mazmun jihatdan har kungi vaziyatga qarab o’zgarib turadi. O’yin doimo o’zgarib turganligi tufayli bola o’ynab charchamaydi, zerikmaydi. Bolaning atrof muhitga kishilarga, narsalarga va o’ziga bo’lgan turli munosabatlari mazmun hamda shakl jihatdan har doim o’zgarib turadigan o’yin jarayonida namoyon bo’ladi. Bolalarning turli ehtiyojlari, istak va qiziqishlari, qobiliyatlari hamda bir qancha shaxsiy fazilatlari o’yin jarayonida bevosita rivojlanadi.
O’yin jarayonidagi bolalar faol faoliyatining psixik taraqqiyot uchun ahamiyati shundaki, bolalarning turli sifat va fazilatlari o’yin jarayonida faqat namoyon bo’libgina qolmasdan, bunda sifat va fazilatlar mustahkamlanadi, o’zlashtiriladi. SHuning uchun psixologiya nuqtai nazardan oqilona ya’ni to’g’ri tashkil qilingan o’yin bola shaxsini har tomonlama o’stiradi va shuning bilan birga bolaning butun psixik jarayonlarida –sezish, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, xayol va irodani ildam rivojlanishiga yordam beradi. O’yin o’z mohiyati jihatidan katta kishilarning hatti –harakatlari va xulq-atvorlariga faol taqlid qilishdan iborat bo’lishi tufayli bolalarda ma’naviy sifatlarning mustahkamlanishi uchun va odob – axloq qoidalarini bilib olishlari uchun keng imkoniyatlar beradi. Bola o’yin jarayonida tabiblik yoki muallimlik rolini bajarayotgan bo’lsa, shu kasbga tegishli barcha sifatlarni namoyon qilishga intiladi. Ular o’yinga juda berilib ketsalar, bajarayotgan rollariga xos sifatlar shunchalik samimiy, ijodiy tarzda namoyon bo’ladi. Bolalar uchun o’yin mazmunining hech bir chegarasi yo’q. Bolalar kattalar hayotini hamma tomonlarini o’z o’yinlarida aks ettira oladilar. O’yinning ahamiyati bola shaxsining o’sib kamolotga yetishiga ta’sir ko’rsatishdin iboratdir. O’yin har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi dunyoni va kishilar o’rtasidagi munosabatlarni bilib olishni ifodalaydi. Bolaning moddiy dunyoga, kishilarga o’z-o’ziga munosabati o’zgarayotgan o’yinda namoyon bo’ladi. Bolalarning ehtiyojlari, istak, qiziqish (xavas) lari bevosita o’yinda ifodalanadi. O’yin bolalarning xayolparastligi tufaydi narsalar va kishilar dunyosini ular uchun ma’qul tomonga “o’zgartirish” imkoniyatini beradigan faoliyatdir.
Bog’cha yoshi davrida bola o’yin faoliyati bilan birga ta’limiy mashg’ulotlarda ham ishtirok etadilar. Maktabgacha tarbiya yoshi davridagi ta’limiy mashg’ulotning asosiy mazmuni bolani atrof hayotdagi narsa va hodisalarning asosiy xususiyatlari bilan tanishtirish, og’zaki nutqni lug’at boyligi, tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, grammatik tomondan to’g’ri so’zlashlikka o’rgatish, bog’lanishli nutqni shakllantirishdan iborat, elementar mavhum tushunchalarga ega bo’lish, jismoniy tarbiya, tasviriy san’at qirqib yopishtirish, rasm, loy yoki plastilindan turli buyumlar yasash, qurilishi materiallar bilan ishlash, muzika va boshqa mazmundagi mashg’ulotlar bolani aqliy jihatdan maktab ta’limini egallashga tayyorlash imkonini beradi.
Keyinchalik bolaning hayotiga alohida faoliyat turi kirib keladi. Bu faoliyatni Shunday turiki uning bevosita maqsadi yangi-yangi informatsiyalar, harakatlar va ish-harakatlari shakllarini o’zgartirishdan iboratdir. Sub’ektning o’z maqsadi o’rganishdan iborat bo’lgan mana Shunday maxsus faoliyat ta’lim jarayonidir.
Ta’lim maktabda yetakchi faoliyat bo’lib u quyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi:
a) ma’lum bir faoliyat turini muvafaqqiyat bilan tashkil qilish uchun olamning zarur xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni o’zlashtirish (bu jarayonning mahsuloti bilimdir);
b) mana shu faoliyat turlarini yuzaga keltiradigan usul turli harakatlarni o’zlashtirishi (bu jarayonning mahsuloti ko’nikmadir);
v) ko’zlangan maqsad va berilgan masala shartiga mos ravishda to’g’ri yo’l va harakatni tanlash hamda nazorat qilish uchun ko’rsatilgan ma’lumotlardan foydalanish usullarini egallash (bu jarayonning mahsuloti malakadir).
Insonning bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishda ongli maqsad bilan boshqariladigan barcha xarakterlar ta’lim bilan bog’liq bo’ladi.
Bolalarning qiziqish va qobiliyatlari o’qish-o’rganish jarayonida namoyon bo’ladi va mustahkamlanadi. Bilish, iroda va hissiyot jarayonlari ta’lim jarayonida yuzaga chiqadi va taraqqiy etadi . Bolalar aqliy jihatdan ancha rivojlanibgina qolmay, o’quvchilarning xarakter xislatlari ham o’zgaradi, axloqiy jixatdan shakllanadi. Ta’lim-ta’rbiya jarayonida psixikaning qanchalik tez va samarali taraqqiy etishi o’qituvchilarning diqqat –e’tiboriga va o’ylab ish tutishiga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Bola shaxsining tarkib topishiga o’yin va o’qish – o’rganish har qancha ta’sir etmasin, bola shaxsi mehnatda takomillashadi.
Mehnat ma’lum ijtimoiy foydali moddiy yoki ma’naviy ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyatdir. Mehnat faoliyati insonning asosiy faoliyatidir. Agar katta kishilar mehnat qilishdan to’xtab qoladigan bo’lsa, insoniyat zoti o’z hayotini tugatgan bo’lar edi.
Mehnat odam psixikasining tarkib topishi faktori sifatida bolalar hayotida ham muhim ahamiyatga ega.




  1. Download 73.68 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling