Mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat Reja
Download 73.68 Kb.
|
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasbiy tayyorgarlik
- Refleksiv tayyorgarlik
SHaxsiy tayyorgarlik - bu pedagogik fikrlash (gnostik, ya’ni bilish qobiliyati – ilmiy ma’lumotlardan to’g’ri foydalanishni bilish, ilmiy bilimlarni amaliy faoliyatda qo’llay bilish, pedagogik vazifalarni ixtisosiga yarasha yechish); pedagogik maqsad belgilanishi (tashkilotchilik xususiyatlari – o’qish va mashq qilish uchun qulay sharoit yaratish qobiliyati, mashg’ulotlarning kerakli shakllarini tanlab olish, vaqtni to’g’ri taqsimlash, o’qish jarayonini kerakli asbob-uskunalar bilan ta’minlash; o’z mehnatini tashkil qila bilish, turli ommaviy tadbirlarni rejalashtirish va o’tkazish (turli bayram tadbirlari, adabiyot kechalari va b.);
pedagogik yo’nalganlik (kommunikativ qobiliyatlar: mazkur ta’lim oluvchilar guruhi uchun qulay bo’lgan shaklda ma’lumotlar taqdim etish qobiliyati, vaziyatga qarab ma’lumotlar berishning vosita va usullarini tuzatish, ishontirish qobiliyati, kasbiy muloqotni “pedagog-pedagog”, “pedagog-ota-onalar”, “pedagog-menejer”, “pedagog-bola” darajalarida savodli olib borish, bolalar jamoasida sog’lom psixologik mikroiqlim yaratish va b.) Kasbiy tayyorgarlik: pedagogik takt (intellektual mehnatda loyihalashtirish qobiliyati: hal qilishning oddiy standart va metodlaridan voz kechish, yangi o’ziga xos usullar qidirish; bor narsadan uzoqni ko’rish; muammolarni asosiy bir-biriga bog’lanish mazmunini qamrab olish; yechimning bir necha turli yo’llarini aniq tasavvur qilib, fikran eng samarali bo’lganini tanlash; barcha narsa hal bo’lgan joyda muammoni yuzaga kelishi va uni his qilish; g’oyalarni ko’pligi; o’z faoliyatini, o’qitish jarayonini, bolalarni individual rivojlanishini, innovatsion o’qitish jarayonini, dasturlarni loyihalashtirish). Refleksiv tayyorgarlik: pedagogik refleksiya (refleksiv qobiliyatga uch turdagi sezgirlik kiradi: ob’ektni his qilish pedagogni o’ziga xos maxsus sezgirligi – bolalar real haqiqatga qanday qarashda, ularning qiziqish va ehtiyojlari qay darajada namoyon bo’ladi, “ular pedagogik tizim talablariga mos keladimi”; me’yor va taktni his qilish – bola shaxsi va faoliyatida turli pedagogik ta’sirlar natijasida kelib chiqadigan o’zgarishlar me’yoriga nisbatan maxsus sezgirlik, qanday o’zgarishlar ro’y beradi, ular ijobiy yoki salbiymi, qaysi belgilar yordamida ular haqida xulosa qilish mumkin; aloqadorlik hissi – pedagogni o’z faoliyatining kamchiliklariga nisbatan bo’lgan sezgirligi, pedagogik jarayonga tanqidiy va javobgarlik hissiyotlari). YUqorida qayd etilganlar shuni ko’rsatadiki, shaxsiy yondashuvni amalga oshirishda faqat bola shaxsini yoki faqat pedagog shaxsini rivojlanishi emas, balki ta’lim jarayonining bir butun sub’ektini rivojlanishi ko’zda tutiladi. YAxlit sub’ektni rivojlanish ko’rsatkichlari ma’no (mazmun) tizimi bo’lib hisoblanadi: bola ongidagi shaxsiy fikrlar tizimi va pedagog shaxsining shaxsiy, hayotiy mazmun va mazmunlar tuzilishi tizimi. Xulosa. Bugungi kunda ijtimoiy pedagogikaga qiziqish jamiyat taraqqiyotining ehtiyojlari va davlatning ijtimoiy buyurtmasi asosida paydo bo’ldi. Kurs ishimning mazmuni ham ana shunda. Men kurs ishini yozish davomida bir qancha adabiyotlarni ko'rib chiqtim. Mustaqilligimizning dastlabki kunidan e’tiboran mamlakatimizda ijtimoiy pedagogik fikrlarni rivojlantirish asosida mazkur fanni yanada mukammallashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Buni hozirda mazkur fan bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarining keng ko‘lamda olib borilayotganligi, matbuot sahifalarida esa bu boradagi tadqiqot natijalarining, ilg‘or pedagogik tajribalarning yoritilib borilayotganligi bilan izoxlash mumkin. Ushbu fanning o‘qitilish samaradorligi esa: DTS, fan dasturi talablariga javob beradigan darslik va qo‘llanmalarning bir necha variantlarda yaratilishi; mashg‘ulotlar jarayonida ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini qo‘llashga doir ishlanma, tavsiyalarning ishlab chiqilishi; o‘qitish jarayonida ta’lim-tarbiyaning qonuniyat va tamoyilidagi uzviyligiga amal qilinishi; o‘qitishda ta’limning zamonaviy va innovatsion usullari (tanqidiy fikrlash, aqliy xujum, kichik guruhlar bilan ishlash, muammoli topshiriqli, “debat”, “klaster” kabi) ning qo‘llanishi; mashg‘ulotlar jarayonida multimediyali va masofali o‘qitishning amalga oshirilishi; Ijtimoiy pedagogika fani qayerdan paydo boldi? Ijtimoiy pedagog ozi kim? Hozirgi kundagi ushbu fanga bolgan talab qanchalik yuqori ekanligini organdim. Pedagogik fanlarni oqib organishdan tashqari yanada chuqurroq anglash va uni yoshlar orasida yanada chuqurroq organishga bolgan qiziqishni oshirish hamda yanada chuqqurroq tadbiq etish kerakligini angladim. Bundan tshqariHozirda respublika siyosiy, iqtisodiy, ta’lim va ma’rifiy-madaniy islohotlarni boshdan kechirmoqda. Ijtimoiy tuzilmalarni insonparvarlashtirishning yangi tamoyillari, bozor iqtisodiyoti munosabati qonunlari, mafkuraviy va axloqiy tamoyillarning o’zgarishi ishsizlik, moddiy yetishmovchilik, bolalarning nazoratsizligi, oilalarning ajralib ketishi, g’ayri ijtimoiy xodisalar-alkogolizm, narkomaniya, jinoyatchilik, fohishalik kabi ijtimoiy muammolarni keskinlashuviga sabab bo’lmoqda. Bu holatda birinchi navbatda bolalar, so’ngra esa kattalar ijtimoiy yordamga muxtojdirlar. Bunda bizga kim yordam beradi albatta biz organayotgan ijtimoiy pedagog. Ijtimoiy pedagog haqida tushunchaga ega bolishdan avval kurs ishimning mazmuni bolgan ijtimoiy pedagogika va uning tarixi haqida malumotga ega bolish kerak. Kurs ishim yozish davomida shunga amin boldimki, mamlakat qancha rivojlangan sari, aholi orasida ham bir qator muammolar yuzaga kela boshlaydi. Jumladan, insonlar oliy malumotli bolib, ishlash hamda pul topishga bor etiborini qaratadi natijada farzandlar nazoratsiz qoladi. Hulqidan ogishish, narkomaniya, ichkilikbozlik, mayda bezorilik kabi bir qator illatlarga ruju qoyadi, natijada uni yagona qoshtirnoq ichida qaxramoni Ijtmoiy pedagog bolishi mumkin. Siz ushbu jarayonni qay davrdan boshlap rivojlanish sxemasi yuqorilap borganini kurs ishimoqish davomida bilib olishingiz mumkin. Download 73.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling