Mavzu: maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda shaxs sifatlari va intellektning o‘zaro aloqasi
Download 117.43 Kb.
|
Kurs ishi 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining mazmuni
- Reja: Kirish I. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda shaxs xususiyatlarini rivojlanishi.
- II. Maktabga tarbiya yoshidagi bolalarda intellektning rivojlanishi.
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGIGULISTON DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA KAFEDRASI KURS ISHI MAVZU: MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARDA SHAXS SIFATLARI VA INTELLEKTNING O‘ZARO ALOQASI. BAJARDI: SPP-2.21 GURUH TALABASI KUCHMURATOVA DILRABO KARIMKULOVNA RAHBAR: XUDOYKULOVA ZARIFA UMMATKULOVNA GULISTON-2023 Kurs ishining mazmuni: Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti, bilish jarayonlarining rivojlanishi, shaxs xususiyatlari haqida ilmiy ma’lumotlar berish. Bog‘cha yoshida mehnat faoliyatining xususiyatlari, o‘quv faoliyati, bog’cha yoshida rivojlanish, nutqining kommunikativ vosita sifatidagi rivojlanishi, maktabga psixologik tayyorgarlik haqida ma’lumotlar beriladi. Mundarija: Kirish II ta bob Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Ilova Reja: Kirish I. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda shaxs xususiyatlarini rivojlanishi. 1.1 Maktabgacha yoshda bolalar o ‘sishining umumiy shart-sharoitlari. 1.2 Kattalar va tengdoshlari bilan muloqot. 1.3 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda bilish jarayonini rivojlanishi. II. Maktabga tarbiya yoshidagi bolalarda intellektning rivojlanishi. 2.1 Maktabgacha bolalik davomida rivojlanishni ijtimoiy vaziyatini o‘zgarishi. 2.2 Bolaning psixik o‘sishida o‘yinning ahamiyati. 2.3 Maktabgacha yosh davrida o‘yinning takomillashuvi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish. Dolzarbligi: O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “Maktabgacha ta`lim - ertangi kunimizga zamin” dir. Bugungi kunda maktabgacha ta`lim tarbiyalanuvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada maktabgacha ta`lim tarbiyalanuvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirish va takomillashtirish dolzarb masalalari yoritib berilgan. Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatdan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. “Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi”, deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo‘lishi uchun esa bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. [1] Maktabgacha ta’lim va tarbiya – bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o’rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turi deb ko’rsatib o’tilgan. Maktabgacha ta’lim to’g’risida O’zbekiston Respublikasing qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 22 oktabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2019 yil 14 dekabrda ma’qullangan 3 – modda 5 – bandida. Yosh avlodni har tomonlama etuk shaxs qilib tarbiyalash jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan ob’ektiv zaruratdir. Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biri. Aqliy tarbiya bu aqlni rivojlantirish maqsadida yosh avlodga muntazam va maqsad asosida pedagogik va psixologik ta’sir ko’rsatishdir. Demak, aql keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlab to tafakkur va xayolni o’z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig’indisi bo’lib, u yosh avlodning insoniyat to’plagan bilimlar, ko’nikma va malakalar, me’yorlar, qoidalar va boshqalarda ro’y beradi. Bu holat kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlovchi xilma-xil vositalar, metodlarni, kerakli shart-sharoitlarni yaratishni o’z ichiga oladi. [5] Download 117.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling