Mavzu: maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda shaxs sifatlari va intellektning o‘zaro aloqasi
Bilish jarayonlarining rivojlanishi
Download 117.43 Kb.
|
Kurs ishi 1
Bilish jarayonlarining rivojlanishi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, xayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni hali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. Unga ranglarning farqini bilishga yordam beradigan o‘yinchoqlar, rangli kiyimlar, rangli halqalar, qutichalar va shu singari o‘yinchoqlar berish maqsadga muvofiqdir. Bog‘cha yoshidagi bolalar turli narsalarni idrok qilishda ularning ko‘zga yaqqol tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shakliga) asoslansalar ham, lekin chuqur tahlil qila olmaydilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar kattalarning yordami bilan suratlarni analitik ravishda idrok qilish qobiliyatiga ega boladilar. Bolalar suratlarni idrok qilayotganlarida kattalar turli xil savollar bilan ularni tahlil qilishga o‘rgatishlari lozim. Bunda, asosan, bolalar diqqatini: 1) suratning mazmunini (sujetini) to‘g‘ri idrok qilishga; 2) suratning umumiy ko‘rinishida har bir tasvirlangan narsalarning o‘rnini to‘g‘ri idrok qilishga; 3) tasvirlangan narsalar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri idrok qilishga qaratish kerak. Diqqat har qanday faoliyatimizning doimiy yo‘ldoshidir. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi ahamiyati benihoya kattadir. Bog’cha yoshidagi bolalar diqqati asosan ixtiyorsiz bo’ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o‘sib borishi uchun o‘yin juda katta ahamiyatga ega. Olyin paytida bolalar diqqatlarini bir joyga to‘plab, o‘z tashabbuslari bilan ma’lum maqsadlarini ilgari suradilar. Bu yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning o‘z oldiga qo‘ygan yangi talablari asosida takomillasha boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning xotirasi ko‘rgazmali, obrazli bo’lishi bilan xarakterlidir. Bolada ko‘proq ixtiyorsiz esda qoldirish va ixtiyorsiz esga tushirish ustunlik qiladi. Bola so‘zlarni hech qanday ma’nosiz takrorlayveradi. Ammo keyinchalik, kattalarning ta’sirida, ixtiyoriy esda qoldirish ham asta-sekin rivojlana boradi. Bola ravshan va emotsional rang-barang materialni oson esda qoldiradi. Uch yashar bola taassurotlarini bir necha oy davomida esda saqlab tura olishga qodirdir. Xotiraning o‘sishiga o‘yinlar, turli mashg‘ulotlar, she’r yodlash, ertak va hikoyalar aytish hamda sayr paytida kuzatish ishlarini olib borish yordam beradi. Ushbu yoshdagi bolalar yangi so‘zlarni ham, hatto chet tillardagi so‘zlarni ham osongina eslab qoladilar. Lekin, bolalar materialni oson esda qoldirsalar ham, ular ko‘pining ma’nosiga yaxshi tushunmaydilar va ulardan nutqda foydalanishga qiynaladilar. Kattalarning vazifasi bolalarning mumkin qadar ko‘proq so‘zlarni va tasavvurlarni eslab qolishigagina emas, balki ular uchun tushunarli, foydali bolgan turli bilimlarni egallashiga erishishdan iborat. Bolalar bu xildagi bilimlardan o‘z o‘yinlarida, rasmlarida, ustozlari yoki kattalar bilan suhbatda foydalanadilar, bu bilimlar ularning aqliy va axloqiy o‘sishlari uchun xizmat qiladi. [4] Bog‘cha yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunligicha qolaveradi. Masalan, bola juda berilib ertak eshitayotgan bo’lsa ham, xonaga birov kirib qolsa, uning diqqati ixtiyorsiz shu ertakdan chalg‘iydi. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlari uchun ahamiyatga ega bolgan, ularda kuchli taassurotlar qoldiradigan va ularni qiziqtiradigan narsalarni beixtiyor eslarida olib qoladilar. Bog‘cha yoshidagi bolalarning tafakkuri va uning rivojlanishi o'ziga xos xususiyatga ega. Tafakkur bolaning bog‘cha yoshidagi davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan ko‘payishi, ikkinchidan, bu davrda bolalar nutqining yaxshi rivojlangan bolishi, uchinchidan esa, bog‘cha yoshidagi bolalarning erkin, mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega bo’lishlaridir. Bog‘cha yoshidagi bolalarda har sohaga doir savollarning tug‘ilishi, ular tafakkurining faollashayotganligidan darak beradi. Bola o‘z savoliga javob topa olmasa yoki kattalar uning savoliga ahamiyat bermasalar, undagi qiziquvchanlik so‘na boshlaydi. Kunlarning birida 7 yoshli Samira shunday savol berdi: «Odam uxlaganda ham nafas oladimi?», «Buvijon sizning muchalingiz nima?» Odatda, har qanday tafakkur jarayoni biron narsadan taajjublanish, hayron qolish va natijada turli savollarning tugllishi tufayli paydo boladi. Ko‘pgina ota-onalar va ayrim tarbiyachilar agarda bolalar ortiqroq savol berib yuborsalar, «ko‘p mahmadona bo’lma», «sen bunday gaplarni qayerdan o‘rganding?», deb koyib beradilar. Natijada bola o‘ksinib, o‘z bilganicha tushunishga harakat qiladi. Ayrim tortinchoq bolalar esa hech bir savol bermaydilar. Bunday bolalarga turli mashg‘ulotlar va sayohatlarda kattalarning o‘zlari ham savol berishlari va shu bilan ularni faollashtirishlari lozim. Har qanday tafakkur, odatda biron narsani taqqoslash, analiz va sintez qilishdan boshlanadi. Shuning uchun biz ana shu taqqoslash, analiz va sintez qilishni tafakkur jarayoni deb ataymiz. Sayohatlar bolalardagi tafakkur jarayonini faollashtirish va rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar tabiatga qilingan sayohatlarda turli narsalarni bir-biri bilan taqqoslaydilar, analiz hamda sintez qilib ko‘rishga intiladilar. Agar 2 yashar bolaning so‘z boyligi taxminan 250 tadan 400 tagacha bolsa, 3 yashar bolaning so‘z boyligi 1000 tadan 1200 tagacha, 7 yashar bolaning so‘z zaxirasi 4000 taga yetadi. Demak, bog‘cha yoshi davrida bolaning nutqi ham miqdor, ham sifat jihatidan ancha takomillashadi. Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqining o‘sishi oilaning madaniy saviyasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. Kattalar bolalar nutqini o‘stirish bilan shug‘ullanar ekanlar, bog‘cha yoshidagi bolalarning ba’zi hollarda o‘z nutq sifatlarini tola idrok eta olmasliklarini unutmasliklari kerak. Bundan tashqari, bolalarda murakkab nutq tovushlarini bir-biridan farq qilish qobiliyati ham hali tola takomillashmagan boladi. Tili chuchuklikni tuzatishning eng muhim shartlaridan biri, bola bilan tola va to‘g‘ri talaffuz etib, ravon til bilan gaplashishdir. Respublikamizda B.R.Qodirov rahbarligida D.B.Hakimova tomonidan «5—7 yoshli bolalar bilish jarayonlarini rivojlanishining yosh va jins xususiyatlari» mavzusida tadqiqot olib borilgan. D.B.Hakimovaning natijalariga kola, 5 yoshda psixologik belgilar kuchli namoyon boladi, bir xil psixik belgilar o‘g‘il bolalar va qizlarda turli yosh davrlarida, turli darajada namoyon bo‘lishi aniqlandi.[3] Bolada intellekt ona qornidan rivojlanishni boshlaydi. Bolalarda Asosiy intellektual rivojlanish bosqichi maktabgacha va maktab yoshiga tòg`ri keladi. Genetika va irsiyat intellektual salohiyatga o`z ta`sirini ko`rsatadi. Kimdir tabiatan tez hisoblaydi, kimdir tug`ilganidan boshlab matematikani yaxshi kòradi, kimdir gapirishdan oldin kuylaydi. Bolalarda aloqa va bilim qobiliyatlari faoliyatning muntazamligini ta`minlash orqali intellektni rivojlantirish mumkin. Temperament va xarakter xususiyatlarini o`rganish maktabgacha ta`lim tarbiyalanuvchisining intellektini rivojlantiruvchi omil hisoblanadi. Ota-ona bilan munosabat va oiladagi emotsional muhitni me`yoriy darajaga keltirish bola intellektini rivojlantirishga poydevor bo’lib xizmat qiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ota-onalari bilan intellekt, intellektual salohiyat va uni rivojlantirishning dolzarb masalalari to`g`risida suhbat uyushtirildi. Ota-onalar o`zlariga kerakli ma`lumotlarga ega bo`lishdi.[5] Xulosa Faoliyatning umumiy turi aniqlangach, bolalar tomonidan ayrim usullar turli darajada qo‘llanilishi mumkin. O‘quvchilar faoliyatning nisbatan yuqori shakllari va turlariga (shuningdek, aqliy) masalan, aniq va abstrakt bilimlarni bog‘lay olish va o‘zaro nisbatini aniqlay bilishga o‘rgatilishi lozim. Bolaning fikrini ham tez-tez inobatga olib turilsa, uning o`z-o`ziga bo`lgan ishonch hissi ortadi. Rivojlanish jarayonida faqat bilim va faoliyat usullarining o‘zgarishi va murakkablashishi sodir bo‘lib qolmaydi. Bolaning psixik rivojlanishi uning butun shaxsidagi o‘zgarishlarni, ya’ni shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishini o‘z ichiga oladi. Rivojlanish jarayonida bolalar psixik faoliyatining turli jihatlari o‘zgaradi, usullar yig‘ilishi va o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Bola ko‘p miqdordagi turli harakatlarni bajara oladi, bilim va tasavvurlari o‘zgaradi. Qizlar va o`g`il bolalar yetuk va komil shaxs bo`lib voyaga yetishi uchun yana bir muhim omil hayot tarziga aylanishi zarur. U ham bo`lsa zamonaviy axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanishdir. Bunda ota-ona, oila muhiti muhim o`rin egallaydi. O`rgimchak to`ridek dunyoni egallab olgan elektron olam bolalarning ongu shuurini butunlay egallab olmasidan oldinroq ularda hayotda har bir narsaning me`yorini bilish ko`nikmasini hosil qilishimiz va bunga o`zimiz ham amal qilishimiz juda zarur. Zero bola aytganni emas, ko`rganini qiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning intintellektual salohiyatini rivojlantirish orqali yuksak intellekt sohiblarini tarbiyalashimiz bizning asosiy maqsadlarimizda hisoblanadi. Download 117.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling