Mavzu: maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqa va oʻyin faoliyati orqali insonparvarlik xususiyatlarini tarbiyalash yoʻllari. Reja


Download 0.53 Mb.
bet29/33
Sana15.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1484902
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
MD (Hamidova D)

5. Mashg‘ulotni muhokama qilish (bolalar fikr almashishadi, nimani ko‘proq yoqtirishdi, nima uchun, darsdan keyin qanday kayfiyat va boshqalar)
II mashg‘ulot. "Tabiatdagi xushbo‘y gullar"
Maqsad: bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni shakllantirishga yordam berish,samimiy muloqotga o‘rgatish, hissiy stressni kamaytirish, hissiy ekspressivlikni, hid sezishlarni rivojlantirish.
Jihozlar: xushbo‘y moyli idishlar, qog‘oz varaqlar, bo‘yoqlar yoki rangli qalamlar.
Tartibi:
1-Mashq. “Salomlashish”. Ishtirokchilar bir davrada o‘tirishadi. Psixolog tirsaklar yordamida salomlashishni taklif qiladi va buni qanday qilishni ko‘rsatib beradi.Bolalar qo‘l kaftlarini birlashtirib, qo‘shnining tirsagiga: "Assalomu alaykum", deb aytadilar. Barcha ishtirokchilarga salomlar aytiladi.
2-Mashq. "Xushbo‘y hidni toping" o‘yini. Ishtirokchilar stullarda aylana shaklida o‘tirishadi, qo‘llarini oldinga cho‘zishadi va tarbiyachi (psixolog) har bir ishtirokchining bilagiga xushbo‘y moy surtadi. Tarbiyachi ularni chiroyli gullar o‘sadigan bog’da ekanliklarini tasavvur qilishga taklif qiladi. Keyin bolalarni hidlash va bu qaysi gul hidiga o‘xshashligini taxmin qilish taklif etiladi. Bundan tashqari, bolalar bir-birlarining xushbo‘y hidi va taassurotlari bilan o‘rtoqlashishlari uchun taklif etiladi.
3-Mashq. Gullar rasmini chizish. Bolalarga qog‘oz va qalamlar (bo‘yoqlar) beriladi, ularga sevimli gullarini chizish va u qanday hidlanishini tasavvur qilish taklif etiladi. Keyin bolalar qanday gulni bo‘yashganini va nima uchun uni yoqtirishlarini aytadilar.
4.Mashg‘ulotni muhokama qilish (nima ko‘proq yoqdi, nima uchun, kayfiyat yaxshilandimi va hokazo)
Olib borilgan psixokorreksion dastur quyidagi natijalarni berdi:
Treningni I bosqichida tadqiqot ob’yektimiz hisoblangan Termiz shahridagi 11-MTTning 12 nafar katta guruh va 8 nafar tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilarida olib bordik.
Katta va tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarida o’tkazilgan trening mashqlari avvalida o’zlarini tortib, uyalib turdilar, ya’ni ularda hissiy tanglik kuzatildi. 2-3 mashqlardan so’ng esa, bolalarda muloqotda iliqlik, bir-birlariga yaqinlik, g’amxo’rlik, mehrni namoyish etish kabi ijtimoiy-hissiy tuyg’ular namoyon bo’la boshladi, bu yerda ayniqsa, tarbiyachining iliq mehrli so’zlari va bolalarni ijodiy faoliyatga-yuraksimon qog’ozga chizish, gullar rasmini chizish mashqlariga bolalarni jalb etishi, treningda faol, ijobiy, do’stona muhitni tashkil etdi. Biz tomonimizdan trening so’nggida, mashg‘ulotni muhokama qilish uchun bolalarga, “Senga nima ko‘proq yoqdi? nima uchun yoqdi? kayfiyating yaxshilandimi? kabi savollar berildi hamda biz kutgan ijobiy javoblar olindi.
Shundan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, maktabgacha katta maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetensiyalarni o’zlashtirishlarida korreksion-rivojlantiruvchi trening va mashqlar, o’yinlarni tashkil etish ijobiy natijalarni beradi.
Shuningdek,maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetentligini oshirishda rivojlantiruvchi o’yinlardan ham samarali o’yinlardan ham foydalanish maqsadga muvofiq, jumladan:
"Oyna"o’yini
Maqsad: Bolalarni turli xil hissiy holatlarni tan olish, ularga taqlid qilish, hamdardlik bildirishlariga o'rgatish.
O'yinning borishi: O'yin ishtirokchilari juftlikka bo'lingan (ixtiyoriy), bir-birlariga qarab o'tirish yoki tik turishi mumkin. Yuz ifodalari va pantomika yordamida bitta bola (sekin harakatlar bosh, qo'llar, oyoqlar) har xil kayfiyatni ko’rsatadi. Boshqa bolaning vazifasi o'z holatini, kayfiyatini aks ettirish, aniq nusxalash. Keyin bolalar rollarni o'zgartiradilar.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling