Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash yo’llari. Reja


Bitiruv malakaviy ishning o’rganilganlik darajasi


Download 487 Kb.
bet3/17
Sana10.02.2023
Hajmi487 Kb.
#1187213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
BMI boshlang\'ich

Bitiruv malakaviy ishning o’rganilganlik darajasi :
Bu sohada O’rta Osiyo mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya to’g’risidagi ilg’or fikrlari biz uchun juda qimmatlidir. Abu Nasr Farobiy (873-950) o’zining «Baxtga erishish to’g’risida» nomli asarda ilmga ta’limorqali, yaxshi fazilat esa tarbiya orqali erishiladi, degan edi.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) bolaning kelajagi haqida u tug’ilmasdan oldin g’amxo’rlik qilish kerak, ilk yoshligidan boshlab, unga rostgo’ylik, javobgarlik, mehribonlik kabi fazilatlarni yaxshilik, insoniylik xissini singdirish zaruruligini aytadi.
Buyuk shoir va mutafakkir A.Navoiy o’zining «Farxod va Shirin » dostonida mehnatni, xalq o’rtasidagi do’stlikni, insonparvarlik xislarini kuylaydi.
X.X.Niyoziy (1889-1929) yosh avlod tarbiyasiga katta e’tibor berib, aqliy, jismoniy, ahloqiy, estetik tarbiya birligi to’g’risidagi g’oyani ligari suradi. U onsonparvarlik, xushmuomilalaik, e’tiborlilik, kishi shaxsiga xurmat ehtiromni ahloqiy tarbiyaning markaziga qo’yadi.Xalqimizning kop asrlik ilg’or tajribalarini, ilmiy-madaniy meroslarini o’rganish, milliy qadriyatlarimizning, tarbiya san’atining rivojlanishiga, boyitishga slmoqli hissa qo’shadi
Hozirgi davrda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni estetik tarbiyalashning maqsad va vazifalari mamlakatimizning bir qator xujjatlarida o’z aksini topgan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida oila bilan uzviy hamkoorlikda bolalarni har tomonlama rivojlantirish ishini amalga oshiradi.Ya’ni :

  • bolalar sog’ligini saqlaydi va mustahkamlaydi, jismoniy rivojlanishini ta’minlaydi, bilimga qiziqishi va qobiliyatini rivojlantiradi ;

  • Vatanga, tabiatga, ona-yurtga muhabbatni, kattalarga hurmatni, o’rtoqlik va jamoatchilik , xayrixoxlik, xulq madaniyati, mustaqillik, uyushqoqolik va intizomni, mehnatsevarlikni tarbiyalaydi ;

  • Estetik tarbiyani amalga oshiradi.

Keyingi yillarda aqliy, jismoniy, ahloqiy, mehnat va estetik tarbiya bo’yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, pedagogik tadqiqotlar maktabgacha tarbiya yoshidagi bollarni tarbiyalash vazifalarini , ularning ruhiy-fiziologik imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilash zarurligini ilgari suradi.Ular bolalalar bog’chasining ta ;lim va tarbiya dasturida o’z aksini topgan, bog’cha yoshining oxirga kelganda quyidagi vazifalarni amalga oshirilishi lozim :
-Bola sog’ligini mustahkamlash, mashg’ulotlarda aqliy va jismoniy faolikni oshirish, shaxsiy gigiyena, o’z-o’ziga xizmat qilish, kun tartibini aniq bajarish, ularni ongli o’zlashtirib olishlariga rishish;
-Bolalarda mustaqilikni tarbiyalash, madaniy xulq atvor, odatlarni shakllantirish, tengdoshlariva kattalar bilan munosabatda bo’lsh, faoliyat madaniyatini shakllantirish, tengdoshlari va kattalar bilan munosabatda bo’lish, faoliyat madaniyatini shakllantirsh, buyumlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni tarbiyalash, bolalarning yoshiga xos bo’lgan yaxshilik, to’g’rilik, haqqoniylik, jasurlik, kamtarlik kabi axloqiy tasavvi\urlarni shakllantirish ;
- Mehnatga ijobiy munosabatni, mehnat ahliga hurmatni, uning faoliyatiga qiziqishni tarbiyalsh ;
- Mehnat natijalariga tevarak atrofdagi narsalarga ehtiyotkorlik munosabatini , mehnat qilish ehtiyojini tarbiyalsh, bollarni muntazam ravishda mehntaga jalb qilib borish, uyushqoqlik va intizomlilikni tarbiyalslh, o’lkamizdagi ijtimoiy voqealar to’g’risidagi tasavvurlarni shaklllantirishdan iboratdir.
- Bolalarni aqliy qobiliyatini, bilim va amaliy faoliyatlarini o’stirish, tevarak atrofdagi buyumlar, voqealar, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiatdagi mavsumiy o’garishlar to’g’risidagi tasavvurlarini aniqlash va kengaytirish, kuzatuvchanlikni tarbiyalash, shakllantirish, shu asosida voqealar o’rtasidagi sabab natijalarni aniqlash, nutqini o’stirish, nutq, tovush va madaniyatini takomillashtirish, aniq ifodali gapirishga o’rgatishdan ham estetik tarbiyalashning xilma-xil ko’rinishlari tarzida aks etadi.
- Voqelikni badiiy idrok qila olishni rivojlantirish, san’at asarlariga barqaror qiziqishni tarbiyalsh, voqealar va badiiy timsollarning hayootiy bog’liqliginitushunishga, san’at asarlarining tur va janrlarini ajtarishga o’’rgatish, badiiy-ijodiy qobiliyatlarini o’stirish, badiiy faoliyatning turlariga qiziqishini, unda faol qatnashishni tarbiyalsh, ijtimoiy voqeanisbatan o’zining munosabatini bildirish malakasini shakllantirish.
Bu vazifalarni bajarish hat tomonlama yondashuvni taqozo etadi. Har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga chuqur yondashish kishida onglilik, ma’naviy boylik, yuksak ideal va talablarni , mehnat va ijtimoiy faollikni, jismoniy kamolotni o’stirsh uchun ma’lum maqsad bilan muntazam tarbiyaviy ta’sir etib borishdan iboratdir. Yuqoridagi fikrlar mavzuning dolzarbligini asoslaydi, chunki erkin demikratik jamiyatimizning har bir fuqorosi go’zallikni chuqur his etadigan, uni asraydigan, nafis did egalari bo’lishlari lozim. Haqiiqiy badiiy asarbilan saviyasi past asarni farqlay olishi, « ommaviychilik san’ati »ni rad qila olishlari lozim. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda estetik tarbiya jamiyatimizning barcha a’zolari uchun muhim ahamiyatga ega. Bunday tarbiyani avvalo, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalardan boshlab berib borilishi, nsonni estetik his –tuyg’ularini erta kuttak ochishiga sabab bo’ladi. Bunday mas’uliyatli vazilarni bolalar ongiga maktabgacha ta’lim muasasalari tarbiyachilari tononidan singdiriladi.

Download 487 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling