Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi”


Download 22.75 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi22.75 Kb.
#1354046
Bog'liq
maqola


Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantirishda muloqotdan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim-tarbiya orqali ma’naviy yetuk barkamol avlodni tarbiyalash masalalari haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar: kreativ, ijodiy, shaxs, talim, tarbiya, kompetensiyaviy ta’lim, kommunikativlik, muloqot.
Аннотация: В этой статье освещены применение знаний развития общения самостаятельного и творческого размышления у учеников начальных классов. А так же, об основанных компетенционный подход направленный на личность, речи дёто задачах духовно полноценном воспитании гармоничного поколения.
Ключевые слова: креатив, творческое, личность, образование, воспитание, компетенционное образование, коммуникация, общение.
Abstract: This article discusses about independent and creative ideas, in elementary class pupils. In addition, it is based on individual, competence to be smart generation.
Key words: Creative, individual education, upbringing, competencial education, communication, conversation.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 2022-yil 22-dekabrdagi oliy majlisga murojaatnomalarida shunday deyilgan:Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir.
Shu bois, birinchi navbatda, e’tiborni Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratamiz.
Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi”.
O‘quvchilarda erkin va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish zarur.
Kelgusi yildan boshlang‘ich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Hozirgi vaqtda ular xalqaro ekspertizadan o‘tib, o‘zimizda sinovdan o‘tkazilmoqda. Lekin yuqori sinflarda-chi? Ochiq aytish kerak, ularda berilayotgan ta’lim va tarbiya sifati, o‘qituvchilarning bilimi va mahoratini talab darajasida, deb bo‘lmaydi
O‘qish (umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflari o‘quv rejasidagi adabiyot) fani og‘zaki va izchil nutqni o‘stirish, so`z boyligini oshirish, to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq madaniyati hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. O‘qish fanini o‘qitish orqali o‘quvchida to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish; mutolaaga muhabbat uyg‘otish, ularni oddiy kitob oʻquvchidan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish; o‘qish orqali tevarak-atrof, borliq haqidagi bilimlarini kengaytirish, dunyoqarashini boyitish; axloqiy-estetik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; nutqi va tafakkurini o‘stirish; tafakkurida elementar adabiy tushunchalarni shakllantirish; o‘quvchining fikrlashini oʻstirish ko‘zda tutiladi. O‘qish darslari oldiga qo‘yilgan tarbiyaviy vazifaning muvaffaqiyatli hal etilishi darsda badiiy asar matni ustida ishlash bilangina bog‘liq bo‘lib qolmay, balki bolani qurshab olgan hayot, tabiatdagi o‘zgarishlar, ekologik vaziyat, ijtimoiy foydali mehnat bilan ham o‘zaro bog‘liq bo‘lishi lozim. O‘quvchini o‘qishga o‘rgatishda hayot tajribalariga tayanib ish ko‘riladi. O‘qish darslari bolalarda go‘zallikka muhabbat uyg‘otadigan, poklik tuyg‘ulariga ozuqa beradigan, hissiyotni o‘tkirlashtiradigan, aqlni charxlaydigan, tasavvurlarni boyitadigan, estetik didni o‘stiradigan musiqa va tasviriy san’at fanlari bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi kerak. O‘qish, musiqa va tasviriy san’at darslarini o‘zaro bog‘lab uyushtirish bolalarda san’at asarlarini to‘g‘ri tushunish va qadrlash ko‘nikmalarini o‘stiradi, o‘quvchining shaxs sifatida ma’naviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Insonning tafakkuri qanchalik mustaqil bo‘lsa, u shunchalik tashabbuskor bo‘ladi. Odamning fikrlashi qancha erkin bo‘lsa, u shuncha izlanuvchan, ijodkor bo‘ladi. Shakllanib kelayotgan yosh avlodning ruhiy, aqliy, jismoniy imkoniyatlariga qarab ish tutilsa, bolada o‘z xatti-harakati uchun javobgarlik hissi paydo bo‘ladi. U o‘z fikri, qarashiga ega bo‘ladi. Fikr kishisi hamisha o‘z qarashlarini asoslaydi, kerak bo‘lganda himoya qiladi. Shuning uchun yurtimizda mustaqil, ijodiy fikrlovchi shaxslardan iborat barkamol avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Ta’limda kreativlik - bugungi zamon talab qilayotgan ta’limdir. Biz ta’lim va tarbiya berayotgan yosh avlod hayot ostonasida qoqilmay, uchragan muammolarni o‘zi mustaqil hal qila oladigan, zamonaviy texnika vositalaridan hech ikkilanmay bemalol foydalana oladigan, kishilar bilan muloqotga qiynalmay, tortinmay kirishadigan, erkin va ijodiy fikrlaydigan, shaxs sifatida jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan komil insonlar bo‘lib kamol topishi zarur. Bugungi ta’lim sohasida bo‘layotgan islohotlar ana shunday dolzarb vazifalarni hal qilishga qaratilganligi bejiz emas, albatta.
Har bir fanning xususiyatidan kelib chiqib, darsda o‘quvchilarning ijodiy fikrlashga o‘rgatib borish muhim o‘rin tutadi. Erkin va ijodiy fikrlash kishining muloqotga kirishishida, o‘z fikrini erkin bayon qilishida, o‘zganing fikrini to‘ldirib, qo‘shimchalar qila olishida, voqelikni idrok etib o‘z qarashlarini ifoda eta olishida namoyon bo‘ladi. Lekin ko‘pchilik o‘quvchilar o‘zlari o‘qigan, ko‘rgan, eshitgan voqealarini o‘zgalarga gapirib berish tugul, bu voqealarga ijodiy, erkin va mustaqil fikr bildira olmaydilar.
O‘quvchilarda ijodiy mustaqil fikrlashni shakllantirishda darslarda ko‘proq suhbat, muloqot qilish, “Voqeaga sizning fikringiz qanday?”, “Siz shunday vaziyatda qanday yo‘l tutar edingiz?”, “Siz qahramonning tutgan ishini qanday baholaysiz?”, “Bu paytda nima bo‘lgan bo‘lishi mumkin?”, “Nega qahramon shunday yo‘l tutdi deb o‘ylaysiz?” kabi shunga o‘xshash savollar bilan o‘quvchilarni baxs-munozaraga jalb etish juda muhim.
Bitta dars misolida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak; navbatchi axborot topshirishi shu kundagi voqea-hodisalar, vaziyatni to‘liq ochib berishi bilan belgilanadi. Agar o‘qituvchi juftlikda yoki guruhda bajariladigan topshiriqlar bersa, o‘quvchi o‘zining to‘g‘ri deb bilgan fikrini o‘z sherigiga yoki guruhidagi boshqa o‘quvchilarga yetkaza bilishi ham muloqot orqali namoyon bo‘ladi. Agarda guruhlar taqdim etgan taqdimotlar ichidan eng ma’qulini tanlash kerak bo‘lsa, har bir guruh o‘z qarashlarini boshqa guruhlarga ta’riflab berish orqali bir – birlari bilan muloqot qiladilar. Tortishib, o‘zlarining tayyorlagan ishlarini ma’qullaydilar yoki boshqa guruhlarning ishlariga o‘z munosabatlarini bildiradilar. Agar o‘qish darsi bo‘lsa, matnni rollarga bo‘lib o‘qish orqali o‘quvchilarga qahramonlarga o‘z munosabatlarini bildirish ko‘nikmalarini shakllanadi. Voqealar ketma-ketligini izchil bayon qiladilar. Har bir o‘quvchining fikrini to‘la eshitish, fikrlarning eng ma’qulini namuna qilib ko‘rsatish o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq. Bu orqali o‘quvchilar voqeani adekvat baholay olishni o‘rganadilar, o‘z fikrlarini erkin bildira olish ko‘nikmalari shakllanadi. Erkin bildirilgan fikr qanday bo‘lmasin o‘qituvchi uni oxirigacha eshitishi va boshqa o‘quvchilarni ham bu fikrni eshitishlari va o‘z munosabatlarini bildirishlariga jalb qilishi juda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki boshqalar fikrini tinglashga o‘rgatish o‘qituvchidan e’tibor va mas’uliyat talab etadi. Boshqalar fikrini tinglagan o‘quvchi "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X 331 http://oac.dsmi-qf.uz voqeani to‘la idrok etadi, o‘z munosabatini bildiradi va eng muhimi, boshqaning fikrini takrorlamaydi. Bu bilan to‘g‘ri va noto‘g‘ri fikrlarni barini qabul qilish degani emas. Noto‘g‘ri fikr bildirgan o‘quvchining fikrini to‘g‘ri emasligini tushuntira bilish, uni to‘g‘ri fikrlashga yo‘naltirish eng muhimidir.
Masalan: 2-sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darsligidagi “chumolining jasorati’’hikoyasini olaylik. Hikoyada chumoli obrazi orqali bolalarda vatanparvarlik tushunchalarini shakllantirish yuqori saviyada tasvirlab berilgan.Guruhlarda islash uchun topshiriqlar berilganida o‘quvchilar o‘z fikrlarini o‘rtoqlariga yetkazishga harakat qiladilar. Hamkorlikda ishlash jarayonida birbirlarining fikrlarini eshitadilar va to‘ldiradilar, eng maqbulini ajratishga erishadilar. Fikrni bayon qilish natijasida nutq malakalari shakllanadi, ko‘pchilik oldida fikr bildirishga, o‘z munosabatlarini bildirishga o‘rganadilar. Voqeani turli usullarda erkin va mustaqil bayon qilish imkoni tug‘iladi. So‘z boyliklari sayqallashadi.
Insonning tafakkuri qanchalik mustaqil bo‘lsa, u shunchalik tashabbuskor bo‘ladi. Odamning fikrlashi qancha erkin bo‘lsa, u shuncha izlanuvchan, ijodkor bo‘ladi. Shakllanib kelayotgan yosh avlodning ruhiy, aqliy, jismoniy imkoniyatlariga qarab ish tutilsa, bolada o‘z xatti-harakati uchun javobgarlik hissi paydo bo‘ladi. U o‘z fikri, qarashiga ega bo‘ladi. Fikr kishisi hamisha o‘z qarashlarini asoslaydi, kerak bo‘lganda himoya qiladi. Shuning uchun yurtimizda mustaqil, ijodiy fikrlovchi shaxslardan iborat barkamol avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Download 22.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling