Mavzu: Malyuskalar yoki yumshoq tanlilar tipining tavsilotini o’rganish Rеja: I. Kirish II. Asosiy qism


Mollyuskalar sistematikasi ananaviy Linney klassifikatsiyasi bo‘yicha 7 ta sinfga bo‘linadi


Download 120.5 Kb.
bet5/13
Sana08.05.2023
Hajmi120.5 Kb.
#1445842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Malyuskalar yoki yumshoq tanlilar tipining tavsilotini o’rganish

Mollyuskalar sistematikasi ananaviy Linney klassifikatsiyasi bo‘yicha 7 ta sinfga bo‘linadi.
1. Aplacophora sinfi.
2. Xitonlar Polyplacophora sinfi.
3. Monoplacophora sinfi.
4. Gastropoda sinfi - qorinoyoqlilar mollyuskalar.
5. Cephalopoda sinfi - boshoyoqli mollyuskalar.
6. Bivalvia sinfi - ikki pallali mollyuskalar.
7. Scaphopoda sinfi - kurakoyoqli mollyuskalar.
Aplacophora, Xitonlar (Polyplacophora) va Monoplacophora sinfi vakillari xilma-xilligi.
Aplacophora C
Aplakoforalar – chuvalchangsimon dengiz moluskalari bo’lib, 300 dan ortiq turi bor. Kattaligi ko’pgina turlarining o’rtacha 5 mm dan oshmaydi. Ayrim turlari uzunligi 30 sm gacha boradi.Tanasida chig’anoq o’rnida ohakli snikula bilan qoplangan. Slindirsimon chuvalchangsimon gavdasida oyoqlar reduksiyalashgan. Dengiz tubida 200 metrdan 7000 metr chuqurlikkacha uchraydi. Substratga chala qo’shilgan holda yashaydi. Bioekalogiyasi yaxshi o’rganilmagan.
Polyplacophora C
Xitonlar yoki pansirli mollyuskalarni birlashtiradi. Suv ostidagi qattiq substratga yopishib yashaydi. Chig’anog’i 8 ta yonma - yon joylashgan.Yassi plastinkalardan tuzilgan muskulli oyog’i keng va yupqa shaklda. Bu substratga maxkam yopishish uchun hizmat qiladi. Hozirgi paytda 800 ta turi uchraydi. Ichki organlari tuzilishi tipik mollyuskalarga xos. Xitonlarni ko’pchilgi toshlarga yopishgan holda yashaydi, suv o’tlari va boshqa organizmlar bilan oziqlanadi.
MonoplacophoraC
Monoplakoforalar tipik mollyuskalar bo’lib mayda, dengiz yassi mollyuskalaridir. Chig‘anog‘i yassi shaklda. Kattaligi 3 mm dan 3 sm gacha boradi. O’tmishdan yaqin vaqtgacha ularning kelib chiqishi kembriy davri yotqiziqlardan topilgan qoldiqlaridan malum edi va 1952 –yilgacha bu takson qirilib ketgan deb hisoblanar edi. O’shanda Tinch okeanining Kosta – Rika qirg’oqlaridan okean qa’ridan olingan geonamunalardan 10 ekzemplyar tirik monoplkoforalar topilgan. Shundan buyon ularning 20 turi qayd qilingan. Detridlar va mikroorganizmlar bilan oziqlanadi. Suv tubida 300-7000 m chuqurlikgacha qattiq substratda yopishgan holda yashaydi. Biologiyasi yaxshi o‘rganilmagan.

Download 120.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling