Mavzu: Malyuskalar yoki yumshoq tanlilar tipining tavsilotini o’rganish Rеja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 120.5 Kb.
bet9/13
Sana08.05.2023
Hajmi120.5 Kb.
#1445842
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Malyuskalar yoki yumshoq tanlilar tipining tavsilotini o’rganish

Sezuv organlari – nihoyatda yaxshi rivojlangan. ko‘z olmalari hatto sut emizuvchilarnikiga, hatto odamning ko‘ziga o‘xshaydi. Og‘iz va “til” dan tashqari “qo‘llar” orqali ham mazani sezadi. Hid bilish qobiliyati bor. bir qancha turlari rangini o‘zgartira oladi.
Qon aylanish sistemasi – yurak ikkita oldingi bo‘lmacha va bitta qorinchadan tuzilib, bunga jabralarda oksidlangan qon tanaga tarqaydi. Qon aylanish sistemasi “yopiq”. Nerv tugunlari markazlashib, “bosh miya” hosil etadi.
Ko‘payishi - boshqa sinf mollyuskalaridan farq qiladi. Ko‘payish davrida erkaklari yirik spermatofora tayyorlab, qo‘shilish vaqtida uni urg‘ochisining mantiya bo‘shlig‘iga uzatadi. Ba’zi okean sakkiz oyoqlilarida va spermatofora joylashgan oyoq uzilib, mustaqil suzib yuradi va urg‘ochini uchratgach, uning mantiya bo‘shlig‘iga kirib spermatoforani tapshiradi. Urg‘ochilari bir – biriga ilashgan yirik tuxumlarini o‘z mantiya bo‘shlig‘ida otalantirgach dengizdagi biror o‘simlik yoki o‘troq hayvon (bulut) tanasiga ilashtirib qo‘yadi, ba’zilari esa tuxumlarini olib yuradi. Rivojlanish lichinkasiz.
Kalmarlar (Oegopsida) – paleozoy erasining boshlarida paydo bo‘lgan qadimgi va eng ajoyib boshoyoqlilar bo‘lib, hamma avlodlari ochiq dengiz va okeanlarda suzib yurib hayot kechiradi. Bularning tanasi cho‘ziq – suyrilashgan; 8 ta oyog‘i kaltaroq, ikkita ovchi (ushlovchi) oyoqlar ingichkaroq, juda uzun va chaqqon harakatchan. Dum tomonida katta va yassi suzgichlar bor. Tananing bu shiklda tuzilishi – hayvonni nihoyatda tez (soatiga 50 km. gacha) suzib harakat qilishini osonlashtiradi. Dengiz betida yashovchi mayda (15 – 16 sm) kalmarlar o‘rtasida hatto suvdan sakrab chiqib, bir necha m gacha harakat qiladigan turlari (stenotevitislar) bor. Ko‘p tarqalgan va asosan, dengizning 5 – 20 m chuqurligida yashovchi 15 – 30 sm kattalikdagi oddiy kalmarlardan tashqari okeanning eng chuqur (300 – 1000 m) abissal zonasida yashovchi nihoyatda ulkan kalmarlar (Architeuthis, krakenlar, “uzunoyoqli sprut” va b. lar) qadimdan fanga ma’lumdir. Okean betida nihoyatda kam uchraydigan bunday bahaybat yirtqichlar tanasining uzunligi 8 – 20 m oyoqlarining uzunligi 30 m gacha, og‘irligi esa 6 – 8 t gacha boradi. Garchi bu mahluqlar eng katta yirtqich tishli kit kas’halotlarning asosiy ovqati bo‘lsa ham (kas’halot, asosan shu hayvonlar bilan ovqatlanadi) bular oziqlanib, hayot kechiradi. Okeanning eng joylarida yashovchi turlarida teleskop ko‘zi yoki nur tarqatuvchi organlarini bo‘lishi va boshqa ajoyib xususiyatlari bilan boshqalardan farqlanadi.

Download 120.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling