Mavzu: Malyuskalar yoki yumshoq tanlilar tipining tavsilotini o’rganish Rеja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 120.5 Kb.
bet11/13
Sana08.05.2023
Hajmi120.5 Kb.
#1445842
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Malyuskalar yoki yumshoq tanlilar tipining tavsilotini o’rganish

Ovqat hazm qilish – Og‘izdan boshlangan kalta qizilo‘ngach – muskulli oshqazon bilan tutashgan. Ichagi juda uzun hatto oyog‘igacha.
Qon aylanish sistemasi – yelka tomonidagi ikkilamchi tana bo‘shlig‘i yurak oldi bo‘shlig‘idagi brak va to‘qimalar hamda jabralarda joylashgan qon tomirlaridan tarkib topgan. jabralarda oksidlangan qon ikkita yurak bo‘lmalarida quyilib undan yurak qorinchaga o‘tadi va tomir orqali to‘qimalarga tarqaladi.
Ayirish sistemasi – Yurak oldi qismga ochilgan bitta bo‘yrak naychasining yo‘li mantiya bo‘shlig‘iga ochilgan. U mazkur bo‘shliqdan siydik ajratib chiqaradi.
Nerv sistemasi – bir juft bosh nerv tuguni, bir juft ichki organlar nerv tuguni va juft oyoq nerv tugunidan tarkib topgan. Sezuv organlari yaxshi rivojlanmagan. ko‘z yo‘q, muvozanat organi oyoqning uchida joylashgan.
Jinsiy organlari: Ayrim jinsli, urug‘don va tuxumdonlar uzum boshiga o‘xshab tuzilgan bir juft organlar bo‘lib, bular ichak qatlamlarining orasida joylashgan. Bularning bir juft yo‘llari mantiya bo‘shlig‘iga ochilgan.
Ko‘payishi va rivojlanishi: Anadontaning mantiya bo‘shlig‘i orqali doim suv o‘tib turadi. Suv bilan kirgan mikrob, chirindi va juda mayda hayvonlarni suzib (filtrlab) shular bilan oziqlanadi. Suvda erigan O2 ni oladi. Urg‘ochisi jabra varaqlariga lashtirib tuxum qo‘yadi.
Spermatozoidlar suv bilan kirib tuxumlarni otalantiradi. Tuxumdan “gloxidiya” deb nomlanuvchi mayda ikki pallali lichinkalar yetishadi. Lichinkalar suvga chiqib baliqlar tanasiga yopishib oladi va baliq tanasiga parazitlik qilib, 1,5 – 2 oy yashaydi.
Dengiz ikki pallali chig‘anoqli mollyuskalari va ahamiyati. Dengiz va okeanlarda yashovchi ikki pallalilarning tuzilishida ortiqcha tafovutlar yo‘q. Bundan hamma avlodalri sohil doirasida, shag‘al, qiyatoshlar, dengiz inshoatlari hatto kema korpuslarida yopishib hayot kechiradi. M: kema qurti tanasi chuvalchangsimon bo‘lib, bosh tomonidagi chig‘onoq qoldig‘i yog‘ochni kovlovchi parma vazifasini bajaradi.
Bundan tashqari ustritsa (oziq sifatida ishlatiladi) mediyalar (kam harakat, koloniya) dengiz tarog‘i, medidlar (baliq ozig‘i) kabi mollyuskalar turlicha hayot kechiradi.

Download 120.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling