Mavzu: Mamlakatimiz iqtisodiyoti tarkibini tubdan o’zgartirish, uni diversifikatsiyalash va modernizatsiya qilish sharoitida xalqaro marketingning ahamiyati. O’zbekistonning eksport salohiyatini oshirishda xalqaro marketing tamoillaridan


  Mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan o’zgartirish, uni diversifikatsiyalash


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1574568
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BRENDGA KIRISH UMAROV BAXTIYOR

1. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan o’zgartirish, uni diversifikatsiyalash 
va modernizatsiya qilish sharoitida tashqi bozorlarni o’rganish. Maqsadli 
tashqi bozorlarni tanlash xususiyatlari.
Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi boʻyicha katta salohiyatga ega. Shu bois, keyingi 
yillarda qishloq xoʻjaligini isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish boʻyicha 
keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq 
xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi, Qishloq 
xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi va boshqa 
tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar qabul qilindi. Maqsad bitta – iqtisodiy foyda 
koʻrish bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, xalq farovonligini 
oshirishdan iboratdir.Ekin maydonlarini optimallashtirish va qishloq xoʻjaligi 
ekinlarini hududlashtirish siyosati, klaster tizimini joriy etish, zamonaviy issiqxona 
xoʻjaliklarini yaratish, sabzavot ekinlarini takroriy kuzgi ekish, tomorqa xoʻjaligi 
amaliyotini kengaytirish nafaqat hosildorlikni, balki qishloqda aholi turmush 
darajasini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.Bularning barchasi 
Prezidentimizning har tomonlama puxta oʻylangan va uzoqni koʻzlagan siyosati, 
keng koʻlamli islohotlari, yurtdoshlarimizni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
barqaror taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan davlat dasturlarining 
samarasidir.Prezidentimiz tomonidan joriy yil 15-sentyabr kuni imzolangan 
“Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi ishtirokida “qishloq 
xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirishga 
doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bu borada muhim qadam 
boʻldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.Negaki, unga muvofiq, Loyihani amalga 
oshirish doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining krediti 
hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari 
bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari), 
qoʻshilgan qiymat soligʻidan va yigʻimlardan ozod qilinadi.Shu bilan birga, Loyiha 
doirasida jalb etiladigan qoʻshimcha qarz mablagʻlari, xususan, qishloq xoʻjaligida 
diversifikatsiya qilishni moliyalashtirish uchun ajratilgan 39,8 million AQSH 
dollarining 30,3 million AQSH dollari klaster va kooperatsiyalar hamda ularga aʼzo 
boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga, 5 million AQSH dollari 
yoshlar va ayollar uchun, 4,5 million AQSH dollari esa Tadbirkorlik faoliyatini 
qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling