Mavzu: Mamlakatimiz iqtisodiyoti tarkibini tubdan o’zgartirish, uni diversifikatsiyalash va modernizatsiya qilish sharoitida xalqaro marketingning ahamiyati. O’zbekistonning eksport salohiyatini oshirishda xalqaro marketing tamoillaridan
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
BRENDGA KIRISH UMAROV BAXTIYOR
3. O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida xalqaro marketingni rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlari. Uy-joylar keng miqyosda xususiylashtirilib, aholining ayrim qismiga tekin, boshqa qismiga esa arzon narxda xususiy mulk etib berildi. Dastlabki davrda agrar sohada ham islohotlar amalga oshirildi. Natijada qishloq xo‘jaligida 770 kolxoz va davlat xo‘jaliklari xususiylashtirildi, jamoa va ijara xo‘jaliklariga aylantirildi. Lekin qishloqda bu jarayon sekin va qiyinchliklarni bartaraf etishga to‘g‘ri keldi. Agrar sohadagi byurokratik boshqaruv tizimining har xil to‘siqlari qishloqda islohotning borishiga xalaqit berardi. Mulkning davlat tasarrufidan chiqarish jarayonining birinchi bosqichidagi eng muhim xulosa mulkdorlar sinfining shakllana boshlagani, xususiylashtirish mexanizmining ishlab chiqilishi, iqtisodiy islohotlarga nisbatan kishilar psixologiyasi va munosabatining o‘zgarishi bo‘ldi. Mustaqillik yillari yuz bergan tub o‘zgarishlardan biri mamlakatda ikki yo‘l bilan mulkdorlar sinfi shakllana boshladi. Birinchidan, kichik korxonalar va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish, ikkinchidan, pul mablag‘larini omonat kassalari yoki banklariga qo‘yish, qimmatbaho qog‘ozlarga aylantirish yo‘li bilan. Iqtisodiy jihatdan erkin bo‘lgan mulkdor o‘z boyligini ko‘paytirishdan manfaatdor bo‘libgina qolmay, balki butun mamlakatni boyitishga ham qodir bo‘ladi. Davlat mulkini xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida olib borildi. Bu davrda ochiq shakldagi aksiyadorlik jamiyat qurish, korxonalar aksiyasining chiqarish, auksion (kim oshdi) savdosi orqali davlat mulkini shaxslarga sotish, qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish va xususiylashtirishni yoppasiga olib borish uchun sharoit yaratish ishlari amalga oshirildi. Aloqa, transport, geologiya qidiruv yoqilg‘i-energetika komplekslari xususiylashtirilmadi. Ayrim sohalarda-kimyo, oltin qazish, paxta tozalash, tog‘kon sanoatida 51% aksiya davlat ixtiyorida qoladigan bo‘ldi. Xususan, 34%-xususiy, 48% aksiyadorlik, 16%-jamoa, 1% ijara xo‘jaligiga aylandi. Iqtisodiy islohotlarning borishi, uning to‘rt yil davomidagi muvaffaqiyatlari va muammolariga respublika Oliy majlisining IV sessiyasi (va Vazirlar mahkamasining majlisida keng yoritildi. Mamlakatning barcha sohalarini isloh qilishda tub burilish yili bo‘ldi. Eng muhimi islohiy jarayonlarga kishilarimizning ishonchi ortdi. Ishlab chiqarishning pasayishi keskin to‘xtadi, jamiyatimizda iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy barqarorlik yuz berdi. Moliyaviy vaziyat o‘nglanib, inflyatsiyani uch barobar kamaytirishga erishildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling