Mavzu: Mamlakatimiz iqtisodiyoti tarkibini tubdan o’zgartirish, uni diversifikatsiyalash va modernizatsiya qilish sharoitida xalqaro marketingning ahamiyati. O’zbekistonning eksport salohiyatini oshirishda xalqaro marketing tamoillaridan
Xorijiy axborot resurslarga telekommunikatsion tizimi orqali ega
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
BRENDGA KIRISH UMAROV BAXTIYOR
6.
Xorijiy axborot resurslarga telekommunikatsion tizimi orqali ega bo’lish sharoitlari. Xorijiy bozorlarda raqobatbardosh ustunliklarni baholash Axborot tizimlari va texnologiyalari sanoatini yaratishda o’z aksini topgan. Axborot texnologiyasi - axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar majmui. Axborot texnologiyalari industriyasining yuzaga kelishi ularning axborot jamiyatini yaratishni qanday ta’minlashiga bog’liq. Axborot texnologiyalari industriyasi axborot mahsulotlari va vositalarini ishlab chiqaradi hamda iste’molchilarga etkazadi. Axborot mahsulotlari deganda avvalo, an’naviy yo’l bilan yoki elektron texnika yordamida olingan turli bilimlar sohasi, shuningdek ma’lumot va axborotning boshqa shakllari tushuniladi. SHaxsiy kompyuterlarning ommaviy ravishda ishlab chiqarilishi ayniqsa axborot texnologiyalari sanoati uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. SHaxsiy kompyuterlar inson faoliyatining deyarli barcha sohalariga kirib bordi va mutahassislarning bilimlar manbaiga kirib borishi hamda uni bevosita qayta ishlash jarayonida qatnashish imkoniyatini kengaytirdi. Axborot texnologiyalari rivojlanishi bevosita iqtisodiy ob’ektlarning axborot tizimlaridan foydalanishi bilan bog’liq. Zamonaviy axborot texnologiyalari rahbarlarga, mutahassislarga, texnik xodimlarga axborotni qayta ishlash va qarorlar qabul qilishda hamda to’liq va ishonchli bo’lgan zamonaviy axborot tizimini yaratishda ko’mak beradi . Axborot texnologiyalari ma’lumotlarni qayta ishlashning mustaqil tizimi sifatida ham, funktsiyaviy tarkibiy qism sifatida ham ishlaydi va yanada yirik tizim doirasida boshqaruv jarayonini ta’minlaydi. Bunday tizimlar qatoriga sanoat korxonalari, firmalar, korporatsiyalar, moliya- kredit va tijorat-savdo tashkilotlari, ishlab chiqarish va xo’jalik jarayonlarining avtomatlashtirilgan boshqarish, ilmiy tajribalar, iqtisodiy-matematik modeli, ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi, kutubxona xizmati va boshqa bir qator sohalar kiradi. Hozirgi kunda nafaqat ta’lim sohasiga, balki milliy iqtisodning barcha tarmoqlariga: tijorat, biznes va boshqalarga zamonaviy axborot texnologiyalari keng ko’lamda kirib kelmoqda. Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining hayotimiz barcha jabhalariga kirib kelishi biznes va ta’limni yo’lga qo’yish mexanizmlarini tubdan o’zgartirib bormoqda. SHuni ta’kidlash kerakki, jahon iqtisodiyotining globallashib borayotganida Internet orqali ta’lim xizmatlarini taklif etish borasida mehnat bozorining hajmi cheksizdir. Xulosa. Umuman olganda, modernizatsiyalash jarayonlari ijtimoiy hayotning deyarli barcha jabhalarini qamrab olib , ayniqsa, mazkur yo’nalishlar orasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash muhim o’rin tutadi. Zero, milliy iqtisodiyotning barqaror va samarali amal qilishini ta’minlash, uni jahonning rivojlangan mamlakatlari taraqqiyoti darajasiga olib chiqish, turli siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlar, jahon bozori kon’yunkturasidagi tebranishlar, inqiroz holatlariga nisbatan “chidamliligi”, mustaqil rivojlana olish imkoniyat va salohiyatlari aynan iqtisodiyotdagi tub islohotlar va ularning natijalariga bog’liqdir. Biroq, shu bilan birga iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonlarining amalga oshirilishida izchillik va mantiqiy muvozanatni ta’minlashga harakat qilishi lozim. Shuningdek, Xalqaro miqyosda faoliyat ko’rsatuvchi bo’linmalar xalqaro filial rahbariyatiga emas, balki bevosita direktorga – firmaning ijroiya qo’mitasiga bo’ysunadi. Bunday firmaning rahbar xodimlari mahalliy va xalqaro miqyosda emas, balki aynan jahon bozorida ishlashga tayyorlanadi. Rahbariyat bir nechta mamlakat vakillaridan iborat bo’ladi. Butlovchi qismlar va qo’shimcha materiallar qaerda arzon bo’lsa, o’sha erda sotib olinadi, kapital qo’yilmalari esa eng yuqori kapital qaytimi kutilayotgan mamlakatga kiritiladi. Firmalar xalqaro marketing bilan turli sabablarga ko’ra shug’ullanadilar. Ba’zi firmalarni bunga mahalliy bozorning kambag’alligi majbur qilsa, boshqa firmalarni chet elda ochilayotgan imkoniyatlar jalb qiladi. Xalqaro marketing faoliyatiga xos bo’lgan tavakkalchiliklarni hisobga olgan holda firmalar bu sohada qaror qabul qilishga ketma-ketlikda va kompleks ravishda yondashishi lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси –Т.: Ўзбекистон, НМИУ, 2017. 2. Ўзбекистон Республикасининг “Рақобат тўғрисида”ги Қонуни. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2012 й., 1-сон. 3. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 17 январдаги “Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожлантириш йили” Давлат дастури тўғрисидаги ПФ5635- сонли Фармони. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2019 й. www.lex.uz. 4. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 28 январдаги “Инвестиция ва ташқи савдо соҳасида бошқарув тизимини такомиллаштириш чора- тадбирлари тўғрисида”ги Фармони. - // Халқ сўзи, 2019 й.,30 январь, №20. 5. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 30 октябрдаги “Товар бозорларида савдони янада эркинлаштириш ва рақобатни ривожлантириш чоратадбирлари тўғрисида” ги ПФ-5564-сонли Фармони. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2018 й. www.lex.uz 6. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “2017- 2021 йиллардаги Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси” тўғрисидаги ПФ4947-сонли Фармони. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й. www.lex.uz. 7. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ташқи савдо соҳасида бошқарув тизимини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармони. - // Халқ сўзи, 2017 йил 15 апрель, № 75 (6769). 8. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикаси хусусийлаштирилган корхоналарга кўмаклашиш ва рақобатни ривожлантириш Давлат қўмитасини ташкил этиш тўғрисида”ги Фармони. - // Халқ сўзи, 2017 йил 19 апрель, № 77 (6771). 340 9. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2016 йил 28 октябрдаги "Тадбиркорлик субъектларини давлат рўйхатидан ўтказиш ва ҳисобга қўйиш тизимини такомиллаштириш тўғрисида"ги ПҚ-2646-сон Қарори. –Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2016 й. 45-cон. 10. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 21 ноябрдаги “Рақамли иқтисодиётни ривожлантириш мақсадида рақамли инфратузилмани янада модернизация қилиш чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-4022-сонли Қарори. - Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2018 й. 22 ноябрь 2199-cон. 11. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. 2018 йил 28 декабрь. – www.uza.uz 12. Мирзиёев Ш.М. Халққа хизмат қилиш, одамларнинг манфаатларини таъминлаш-раҳбарлар фаолиятининг асосий мезонидир. - // Халқ сўзи, 2017 йил 13 апрель, №73 (6767). 13. Мирзиёев Ш.М. Асосий мақсадимиз – мамлакатимизни янада тараққий эттириш ва халқимиз фаровонлигини юксалтиришдир. - // Халқ сўзи, 2017 й. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling