Mavzu: manzarali dukkakli daraxt turlarini ko`paytirish va ko`chatlarini yetishtirish. Akatsiya, albitsiya, bagryanik drokni ko‘paytirish va ko‘chatlarini yetishtirish


Download 296.76 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi296.76 Kb.
#1512214
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAVZU

Bagryanik (Cercis) turkumi. Bu turkumning vakillari daraxt bo‘lib, barglari oddiy, keng, butun, o‘yiqli yoki ikki bo‘lak, uchta yoki ko‘p tomirli bo‘lib tuzilgan. YOn bargchalari tangachasimon bo‘lib. tez to‘kilib ketadi. Gullari pushti-binafsha rangda. Daraxti barg yozishdan oldin gullaydi, gullari yig‘ilib, buyraksimon shingilcha hosil qiladi. Mevasi dukkak, cho‘zinchoq, yassi-ezik, ingichka, ikki pallali.

Turkumning 3 ta turi oo‘lib, ular G‘arbiy Evropada, Osiyoda, Yaponiyada va Shimoliy Amerikaning mo‘‘tadil nqlimli zonalarida kanada bagryanigi (Cercis canadensis L.) tarqalgan. Markaziy Osiyoda turkumning bitta turi Griffit bagryanigi (Cercis griffithii Boiss.) tarqalgan. Bu daraxt o‘simlik bo‘lib balandligi 3-6 metrlar atrofida, novdasi silliq, qo‘ng‘ir rangda, barglari navbat bilan joylashadi, ular oddiy, yumaloq yoki buyraksimon bo‘lib, uchi yumaloq yoki o‘yiq, tubi yuraksimon, cheti tishchasiz, tuksiz, bo‘yi 5-8 sm, eni 7—12 sm.




Bagryanik gullash davrida


Barg bandi 20-30 mm, 5-7 ta asosiy tomiri bor. Gullari binafsha rangda, to‘pguli katta shingilcha hosil qiladi. Daraxti barg yozishdan oldin gullaydi, guli nektarli. Mevasi uzui, yassi dukkak, yuqori choki qanotchali. Yog‘ochi qattiq, og‘ir, o‘zakli bo‘lib, o‘zagi yashil-sarnq, tevaragi oq-pushti rangda. Bu daraxt urug‘idap ko‘payadi. Urug‘lari duk kak meva bo‘lib, sentyabrda etiladi. Dukkaklarini kuzda terib olgan maq sadga muvofiqdir, chunki qish mavsumida ular to‘kilib ketadi. Urug‘ lari ajratib olinadi, shamolda sovuriladi va qo‘shilmalardan toza lanadi.


1000 dona urug‘lari og‘irligi 25-28 grammni tashkil etadi. Qulay sharooitlarda urug‘lar 2 yilgacha saqlanadi. Bahorda ekish uchun urug‘ lar qaynoq suvda +80-+850S xaroratda ishlov beriladi. Agar bunda bo‘rtishni boshlamagan urug‘lar yana qaytadan qaynoq suv bilan ishlov beriladi. Urug‘ ekish me’yori 4 g/pog.m. Ekish chuqurligi 3-4 sm. Urug‘i unib chiqish xususiyatini 2 yilgacha saqlaydi.


Manzarali daraxt sifatida Qrimda va Qora dengiz bo‘ylarida ko‘p ekiladi. G‘arbiy Tyan-SHanda va Pomir-Oloyda hamda Kopettog‘da Griffit bagryanigi yovvoyi holda tarqalgan. Sovuqdan qisman zararlanadi. Issiqqa, qurg‘oqchilikka juda chidamli.


Drok (Genista tinctoria L.). Drok ham Dukkakdoshlar oilasiga mansub bo‘lib, turkumiga 100 ga yaqin turlar kiritilgan, ular asosan Evropa, SHimoliy Afrika va G‘arbiy Osiyoda keng tarqalgan. Bu drok turining vatani Rossiya hisoblanib, u mamlakatning evropa qismi,


g‘arbiy Sibirda, g‘arbiy Evropa va Qozog‘istonda keng tarqalgan. YAqin Sharq mamlakatlarida ham keng tarqalgan. YOrug‘sevar va mezo kserofit o‘simlik hisoblanadi. Tabiatda balandligi 1-1,5 metrga etadigan tikansiz buta, may oyida tillasimon-sariq gullari qiyg‘os gullay di. Gullaganda juda manzarali ko‘rinishga ega bo‘ladi. Novdalarida uzunligi 2,5 sm barg lari mavjud. Gullari sariq. Novdaning uchki qismida joylashgan. Iyun-iyulda gullaydi. Gullash davomiyligi 40-65 kunga teng. Bo‘yovchi drok tez o‘suvchi tur hisoblanadi.



Download 296.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling