Mavzu: manzarali dukkakli daraxt turlarini ko`paytirish va ko`chatlarini yetishtirish. Akatsiya, albitsiya, bagryanik drokni ko‘paytirish va ko‘chatlarini yetishtirish
Download 296.76 Kb.
|
MAVZU
kanada bundugi`(Gymnocladus canadensis Lam.) yoki Kentukki kofe daraxti (Gymnocladus dioicus K.Koch.) hisoblanadi. Kanada bundugi katta daraxt bo‘lib, bo‘yi 30 m, diametri 1 m ga etadi. Tanasi to‘g‘ri o‘sadi, po‘stlog‘i tiniq kul rang, shox-shabbasi keng, yoyiq. Novdasi yo‘g‘on, ko‘k kul rang. Barglari qo‘sh patsimon, uzunligi 50 sm dan ortadi. Bargchalarining cheti tekis, bandli, bo‘yi 5 sm, eni 4 sm ga etadi.
Gullari to‘g‘ri, ko‘p yig‘ilib shingilcha hosil qiladi, oq-sariq rangda bo‘lib, limon hidi kelib turadi. May oyida gullaydi. Bunduk ikki uyli o‘simlik. Mevasi dukkak, bo‘yi 18-20 sm, eni 3-5 sm bo‘lib, oktyabr oyida etiladi. Dukkagining ichi seret, elimli. Ichida 1-8 ta yirik, qattiq, to‘q jigar rang urug‘lari bo‘ladi. Urug‘ chiqishi 20-25%ni tashkil etadi. 1000 dona urug‘ining og‘irligi 1800 g (1,8 kg). Ekish me’yori 75-80 g/pog.m. Ekish chuqurligi 5-6 sm. Bunduk urug‘idan yaxshi ko‘payadi, lekin urug‘ini sepishdan oldin qaynoq suvda po‘stlog‘ini yumshatish uchun ivitish zarur. Ildizi baquvvat bo‘lib rivojlanadi. Yon ildizlaridan bachkilaydi, ular bir yilda 1 m gacha o‘sadi, to‘nkasidan yaxshi ko‘karadi.) Turkum 145
tarkibida daraxt, buta va o‘t o‘simliklar bor. Ularniig barglari murakkab, toq patsimon, gullari sariq rangda bo‘lib, yig‘ilib shingilcha hosil qiladi, mevasi dukkak, shakli bir oz cho‘ziq. Turkumnnig juda ko‘p turi bo‘lib, shulardan uchtasi MDH ga introduksiya qilingan. Ulardan eng ko‘p tarqalgani yapon tuxumagi (Sophora japonica L.) dir. Uning bo‘yi 20 m dan ortadi, shox-shabbasi yoyiq, sharsimon, nihoyatda manzarali. Po‘stlog‘i katta yoshida bo‘yiga yorilgai bo‘ladi va qoramtir tusga kiradi, shoxi va novdalarining po‘stlogi silliq va to‘q yashil bo‘lib, yasmiqchalari bor. Barglari navbat bilan joylashadi, toq patsimop tuzilgan bo‘lib, 7-17 ta tuxumsimon bargchalardan iborat. Tuxumak may oyida gullaydi, gullari oq sariq, kapalaksimon bo‘lib, novdasinnng uchida shingil ro‘vak hosil qiladi. U nektar chiqarib turadigap o‘simlik. Dukkagn oktyabr oyida etiladi, u daraxtda osilib turadi, seret, sirti cho‘tir, pallalarga ajralmaydi, elimsimon suyuqlik bilan to‘la, avval yashil bo‘lib, so‘ng to‘q qizil rangga kiradi. Urug‘i qora bo‘lib, loviyaga o‘xshab ketadi. U bahorda seiilsa, 10—15 kundan so‘ng unib chiqadi. Yapon soforasining etilgan urug‘lari mavjud dukkagi O‘q va yon ildizlari baquvvat bo‘lib rivojlanadi, to‘nkasidap ko‘karadi. Yapon soforasi mevalari (dukkaklari) oktyabr-noyabr oylarida etiladi, lekin ular shoxlarida butun qish davomida to‘kilmay saqlanadi, ular qor va yomg‘irlardan so‘ng asta-sekin to‘kila boshlaydi. YApon soforasining mevalarini terishning eng maqbul vaqti – noyabr oyi hisob 146
lanadi. Mevalar sekator yordamida kesib teriladi, so‘ngra urug‘ larini ajratib olish uchun 8-12 sutka davomida katta sig‘imli idishlarda suvda ivitib qo‘yiladi. Mevalar suvda obdon bo‘kib ivigandan so‘ng bir-biriga ishqalab urug‘lari ajratiladi. Tozalangan urug‘lar 3-4 sm qalinlikda yoyiladi va quritiladi. Urug‘ chiqish miqdori 30-33% ni tashkil etadi. 1000 dona urug‘larining og‘irligi 80-140 g. Qish mavsumida yoki erta bahorda ekish uchun ajratilagan urug‘lar qog‘oz qoplarda yoki yashiklarda saqlanadi. Uzoq saqlashga mo‘ljallangan urug‘lar qopqog‘i germetik yopiladigan shisha idishlarda saqlanadi. Ko‘chatzorlarda er maydoninii ekishga tayyorlash ishlari, asosan, erni shudgorlashdan iborat bo‘lib, u oktyabr oxiri – noyabr boshlarida 27-30 sm chuqurlikda o‘tkaziladi. Kichik maydonlarda erni qo‘l kuchi yordamida tayyorlash mumkin. Tuproqda namni yaxshi saqlanishi uchun erta bahorgi tuproqqa ishlov berish – boronalash agrotexnik tadbiri o‘tkaziladi. Ko‘chatzor maydoni zarur hollarda planirovka qilinadi, ariqlar olinadi. Ariqlar va egatlar uzunligi 100-150 metrdan oshmagani ma’qul. Qator orasidagi masofa 70 sm, egatlar kengligi 30 sm, balandligi 20-25 sm, sug‘orish ariqlarining kengligi 40 sm Bo‘lishi tavsiya etiladi. Qatorlar traktor kultivatori yordamida yasaladi, ketmon yoki xaskashlar yordamida egatlar to‘g‘rilanadi, kesaklar maydalanadi. Ekishdan oldin nazorat sug‘orish o‘tkaziladi va ariqlarda aniqlan gan kamchiliklar bartaraf etiladi. Ko‘chatzorga ariqlar olinmasdan oldin fosforning 30% qismini berish maqsadga muvofiqdir. YApon soforasi urug‘larini ham kuzda yoki bahorda ekish mumkin. Respublikamiz sharoitlarida kuzgi urug‘lar ekish tavsiya etilmaydi, chunki erta chiqqan nihollar bahorgi sovuqlardan zararlanishi mumkin. Bahorgi ekish uchun quruq holda saqlangan urug‘larni foydalanish mumkin, chunki ular ekish oldi tayyorgarligini talab etmaydi. Lekin qiyg‘os nihollar olish va urug‘larni unish energiyasini oshirish uchun qaynoq suvda ishlov berilgan urug‘larni ekish ish samarasini oshiradi. Buning uchun urug‘lar chelak yoki sig‘imli idishga solinib ustiga +80, +85ºS haroratli issiq suv quyiladi va 10-15 minut davomida ushlab turiladi. So‘ngra suv to‘kiladi va urug‘lar brezent ustiga yoyilib engil quritiladi. SHu tarzda ekishga tayyorlangan urug‘lar nam tuproqqa ekiladi, so‘ngra sug‘oriladi. Ekish bir qatorli, ekish qatorining kengligi 10-12 sm. Tog‘ oldi sho‘rlanmagan bo‘z tuproqlarda urug‘ ekish me’yori 5-7 g/m miqdorda 147
amalga oshiriladi. Ekish chuqurligi 3-4 sm. Urug‘ ekish muddati ob-havo sharoitlariga bog‘liq bo‘lib, fevral oxiri – mart boshlaridan toki aprelning birinchi yarmigacha davom etishi mumkin. Barcha dukkakli manzarali daraxt turlari urug‘lari mustahkam qobiq bilan qoplangan bo‘lib, ularni birinchi bahorda unishini ta’minlash uchun 5-6 oy stratifikatsiya qilish zarur. Stratifikatsiya kuz oylarida iliq stratifikatsiya bosqichini, qish oylarida sovuq stratifikatsiya jarayonini o‘tkazadi. Agarda quruq saqlangan urug‘lar bo‘lsa, ular uzoq vaqt suvdv ivitilishi mumkin, ko‘p hollarda dukkaklilar urug‘lari 70-80S xarorat qaynoq suv bilan ishlov berilad bunda urug‘lar 1 kun saqlanadi. Bo‘rt magan urug‘lar nam qum bilan aralashtiriladi va ekishgacha shu holda saqlanadi. Stratifikatsiya urug‘ xajmiga ko‘ra transheya yoki yog‘och yashiklarda o‘tkaziladi. Harorat 0S-5S bo‘lishi, +10Sdan oshib ketishi kerak emas. Urug‘lar xar 2-3 xaftada aralashtirilib turiladi. Download 296.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling