Mavzu: manzarali dukkakli daraxt turlarini ko`paytirish va ko`chatlarini yetishtirish. Akatsiya, albitsiya, bagryanik drokni ko‘paytirish va ko‘chatlarini yetishtirish


Download 296.76 Kb.
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi296.76 Kb.
#1512214
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAVZU

Mashg‘ulotning maqsadi. Talabalarga ko‘kalamzorlashtirish soha sida keng qo‘llaniladigan manzarali yaproqbargli daraxtlar – robi niya, gledichiya, bunduk va sofora turlarini asosiy ko‘paytirish usullari urug‘idan va vegetativ usullardan foydalanilgan ko‘paytirish xamda ko‘chatlarini yetishtirish uslublarini o‘rgatishdir.


Mashg‘ulotning qisqacha mazmuni. Robiniya turkumning eng ko‘p tarqalgan va muhim manzarali turi Robiniya yoki oq (soxta) akatsiya (Robinia pseudoacacia L) bo‘lib, uning vatani SHimoliy Amerikaning Appalachi tog‘lari bo‘lib, cheklangan arealga egadir.Oq akatsiya Rossiyaga 1882 yilda keltirilib, asta-sekin dasht zonasida tarqala boshladi.


Oq akatsiya toq–patsimon barglarga ega bo‘lib, gullari besh tishli gulkosasiga va kapalaksimon gulbandiga ega. Mevasi ko‘p urug‘li yassi dukkak. Oq akatsiya issiqqa, yorug‘likka talabchan bo‘lib, hayotining dastlabki davrlarida tez o‘sadi, 10-12 yoshidan boshlab o‘sish tezligi pasayib ketadi va hosilga kiradi. YAxshi aeratsiyaga ega engil tuproqlarni ma’qul ko‘radi, tuproq zichlashuvidan zarar ko‘radi.


Oq akatsiya daraxti qimmatli o‘rmon meliorativ daraxt sifatida seleksiya ob’ekti bo‘lib xizmat qilgan, uning shimoliy hududlarda o‘sishga moslashgan sovuqqa bardoshli shakllari yaratilgan. Bryansk viloyati sharoitlarida oq akatsiya daraxtlari 40 yoshida 16 metr balandlikka o‘sib, 30-60 sm diametrga ega bo‘lgan.


Oq aksatsiyaning shtambli ko‘chati


Oq akatsiya Markaziy Osiyoga introduksiya qilinganiga 100 yildan oshib ketgan. Oq akatsiyaning ildiz sistemasi juda moslashuvchan, o‘q ildizidan tashqari gorizontal ipsimon ildizlari ona daraxtdan atrofga tarqalib o‘sadi. Oq akatsiya qulay sharoitlarda 5-7 yoshidan boshlab hosilga kiradi, dukkagi sentyabr-oktyabr oyida pishib etiladi.


Dukkaklari bahorgacha to‘kilmasdan daraxtda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Urug‘lari qora rangda, yaltiroq, 1000 ta urug‘ining og‘irligi 14-24





  1. keladi. Terilgan dukkaklar +30-+350S xaroratda quritiladi, keyin maydalab urug‘lari ajratib olinadi. Urug‘ chiqishi 20-22%. Urug‘lari qat


tiq qobiqqa ega, shu sababli ularni ekishdan avval qaynoq suvda ivitish muhim agrotexnik tadbirlardan biri hisoblanadi.

Unish qobiliyati yaxshi. 4 yilgacha unish qobiliyatini saqlaydi. Oq akatsiya urug‘lari kuzda yoki bahorda sepiladi. Kuzda quruq urug‘lar ekiladi, bahorda qaynoq suv bilan ishlov berilgan urug‘lar ekiladi. Ekish me’yori 3g/pog.m. Ekish chuqurligi 3sm.


Oq akatsiya qurg‘oqchilikka chidamli daraxt sifatida o‘rmon meli orat siyasida keng qo‘llaniladi, ayniqsa ihota o‘rmonlari barpo etish uchun tavsiya etilgan eng muhim daraxt turlarida biri hisoblanadi. Yog‘ochi mustahkam, zichligi yuqori,shu sababli ham chirishga chidam li, undan stolba, shpal, ko‘prik bo‘laklari yasaladi.





Download 296.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling