Mavzu: manzarali gullar kasalliklari
Gullarning vertitsillyoz so‘lish (vertitsillyoz vilt) kasalligi
Download 227.04 Kb. Pdf ko'rish
|
7-MANZARALI GULLAR KASALLIKLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gullarning fuzarioz so‘lish (fuzarioz vilt) kasalligi
Gullarning vertitsillyoz so‘lish (vertitsillyoz vilt) kasalligi
Kasallikni fakultativ parazitlar, gifomitsetlar Verticillium dahliae va Verticillium albo-atrum qo‘zg‘atadi. Vertitsillyoz vilt bilan ko‘pincha qo‘qongul, kartoshkagul, chinnigul, shabbo‘y, gerbera, xrizantema va boshqalar zararlanadi. Kasallik belgilari boshqa ekinlardagiga o‘xshash – o‘simliklar so‘lib qoladi, zararlangan, ammo nobud bo‘lmagan o‘simliklarning gullari kichik bo‘lib qoladi. Kasal o‘simliklar poyasining pastki qismini kesib tekshirilsa, unda o‘tkazuvchi naychalar dog‘lanishini ko‘rish mumkin. Nam ob-havoda zararlangan a’zolar ustida zamburug‘ning mitseliysi va sporalash organlaridan tashkil topgan qo‘ng‘ir, baxmalsimon g‘ubor hosil bo‘ladi. Gullarning fuzarioz so‘lish (fuzarioz vilt) kasalligi Kasallikni fakultativ parazitlar, gifomitsetlar Fusarium oxysporum va Fusarium roseum qo‘zg‘atadi. Fuzarioz vilt bilan ko‘pincha qo‘qongul, kartoshkagul, chinnigul, shabbo‘y, xrizantema siklamen, ilongul, delfinium va boshqalar zararlanadi, ammo uning eng katta zarari qo‘qongul, chinnigul va siklamenda kuzatiladi. Zamburug‘ mitseliysi ildiz bo‘g‘zida o‘simlikning o‘tkazuvchi naychalariga kiradi, ularni ozuqa moddalari va suv o‘tmaydigan qilib qo‘yadi, o‘simlikni toksinlari bilan zaharlaydi, natijada o‘simlik so‘lib qoladi. Zararlangan o‘simliklar qo‘ng‘ir tus oladi, poyasi, ildiz bo‘g‘zi va ildizlari chirib ketadi va nobud bo‘ladi. Kasal o‘simliklar poyasining pastki qismini kesib tekshirilsa, unda o‘tkazuvchi naychalar dog‘lanishini ko‘rish mumkin. Zamburug‘ o‘simlik qoldiqlarida mitseliy va xlamidosporalari, tuproqda xlamidosporalari vositasida saqlanadi. Kasallik o‘ta xavfli, u ham issiqxonalarda, ham ochiq dalalarda katta zarar keltiradi. Nazorat savollari: 1.Gullarning nixol kasalliklarini ayting? 2.Barg kasalliklaridan qaysilarini bilasiz? 3.Gulg‘unchaning eng xovfli kasalliklarni ayting? Download 227.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling