Mavzu: manzarali gullar kasalliklari


Gullarning piyozboshlari, tuganaklari va ildizpoyalarining kulrang mog‘ori


Download 227.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana31.10.2023
Hajmi227.04 Kb.
#1736072
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-MANZARALI GULLAR KASALLIKLARI

Gullarning piyozboshlari, tuganaklari va ildizpoyalarining kulrang mog‘ori 
 
Kulrang mog‘orni gifomitsetlarga mansub bo‘lgan fakultativ parazitlar – Botrytis tulipae, 
Botrytis gladiolorum va ba’zi boshqa turlar qo‘zg‘atadi. Ushbu zamburug‘lar bilan gullarning 
ko‘p turlari, jumladan lola, nargiz, piyozgul (liliya), gulisumbul (giatsint) larning piyozboshlari,
ilongul (gladiolus) ning tuganak piyozlari, kartoshkagul (georgin) ning tuganaklari, sallagul 
(pion) ning ildizpoyalari va b. zararlanadi. Kasallik belgilari: zararlangan a’zolarda sarg‘ish-
qo‘ng‘ir, botiq dog‘lar hosil bo‘ladi, keyinroq to‘qima qo‘ng‘ir tus oladi, yumshaydi, vaqt o‘tishi 
bilan, burishib qoladi va sirib ketadi. Ba’zan kasallikning tashqi belgilari ko‘rinmaydi, ammo 
tuganakpiyozlarni ostidan barmoq bilan bosib, ko‘rganda, ularning ichidagi to‘qimalari butunlay 
chirib ketganligi ma’lum bo‘ladi. Zararlangan to‘qimalar ustida zamburug‘ning mitseliy va 
sporalash a’zolaridan tashkil topgan kulrang, baroq g‘ubor paydo bo‘ladi. Zamburug‘ 
konidiyalari boshchalarga birikkan, dumaloq va ellipsoid shaklli, o‘lchami 10-12x9-15 mkm. 
Lola, kartoshkagul va ba’zi boshqa gullarning piyozboshlari va tuganaklarida, mitseliy orasida 
zamburug‘ning qora, dumaloq, kichik (Ø 0,5 mm gacha) sklerotsiylari hosil bo‘lishi mumkin. 
Kulrang chirish bilan o‘simlik piyozboshlari, tuganakpiyozlari, tuganaklari va ildizpoyalari 
ham saqlash paytida, ham o‘suv davrida zararlanishi mumkin. Kartoshkagulning va boshqa 
gullarning yosh barglarida, lolalarning kurtaklarida sarg‘ish-qo‘ng‘ir dog‘lar hosil bo‘ladi, gullar 
etilmay qoladi yoki umuman hosil bo‘lmaydi. Kuchli zararlangan piyozboshlari
tuganakpiyozlari, tuganaklari va ildizpoyalarining murtaklari tuproq ustiga chiqmasdan nobud 
bo‘ladi. 
 
 
Piyozboshlari va ildizpoyalarning yashil mog‘ori 
YAshil mog‘orni gifomitsetlarga mansub bo‘lgan fakultativ parazitlar – Penicillium 
glaucum, Penicillium gladioli qo‘zg‘atadi. Piyozboshlari va ildizpoyalarda sal botiq, qizg‘ish-
qo‘ng‘ir, biroz kulrang ohangli dog‘lar hosil bo‘ladi va vaqt o‘tishi bilan ular aiyozboshlari va 
ildizpoyalarni to‘la qoplaydi va ularning ichki qismlari chirib ketadi. Ularning ustida oldin oq, 


so‘ngra ko‘kimtir-yashil tusli, changuvchi mog‘or rivojlanadi. Kasallik keng tarqalgan, 
piyozboshlari va ildizpoyalarni saqlash davrida ayniqsa ko‘p uchraydi. 

Download 227.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling