Mavzu: manzarali gullar kasalliklari


Gullar va manzarali o‘simliklarning urug‘lari mog‘orlashi


Download 227.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana31.10.2023
Hajmi227.04 Kb.
#1736072
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-MANZARALI GULLAR KASALLIKLARI

Gullar va manzarali o‘simliklarning urug‘lari mog‘orlashi
Gullar va manzarali o‘simliklar urug‘larining eng keng tarqalgan mog‘orlari qatoriga 
kulrang mog‘or (qo‘zg‘atuvchilari Botrytis spp., Cylindrosporium stellatum) kulrang bosh 
shaklli mog‘or (Rhizopus nigricans, Mucor mucedo, ba’zan M. albo-ater, M. racemosus, M. 
plumbeus, Thamnidium elegans), yashil mog‘or (Penicillium glaucum, P. restictum, P. luteo-
viridae, P. P. italicum, P. puberulum, P. divergens) hamda Aspergillus glaucus, Trichoderma 
lignorum), qora mog‘or (Alternaria alternata Aspergillus spp., ko‘pincha Aspergillus niger
ba’zan Alternaria brassicae, A. porri, A. humicola, Cladosporium longipes, C. epiphyllum, C. 
elegantum), zaytun-qo‘ng‘ir mog‘or (Alternaria spp.), nimrang tusli mog‘or (Fusarium spp., 
Trichotecium roseumMonilia sitophila). 
 
 
 
 
 
 


Gullar va manzarali o‘simliklarning 
urug‘lari mog‘orlashi bilan kurash choralari 
● Urug‘ olish uchun o‘stirilayotgan gullar va manzarali o‘simliklar uchastkalarning fitosanitar 
holatini muntazam ravishda nazorat qilib borish, ushbu uchastkalarda kasalliklarning oldini olish 
ishlarini o‘tkazish.
● Urug‘larni to‘plash va saqlash qoidalariga qat’iy rioya qilish.
● Urug‘larni tavsiya qilingan optimal muddatlarda to‘plash, ular tuproq bilan uzoq vaqt 
davomida kontaktda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik.
●Urug‘larning bir partiyasi bilan ish tugagach, barcha idishlar va ish qurollarini 
formalinning3%-li eritmasi yoki boshqa biror fungitsid bilan zararsizlantirish. 
● Urug‘ saqlanadigan xonalarni ularga urug‘larni saqlashga qo‘yishdan oldin oltingugurt (30 
g/m
3
)tutatib zararsizlantirish. 
● Urug‘ saqlanadigan xonalarda harorat 0
o
S...+4
o
S va havo namligi 65-70% orasida bo‘lishini 
ta’minlash. Xonalarni vaqti-vaqti bilan shamollatib turish. YAщik va jovonlarda saqlanayotgan 
urug‘larni vaqti-vaqti bilan aralashtirib turish. 
● Agar ayrim urug‘larda mog‘or paydo bo‘lsa, urug‘larni sodaning3%-li eritmasi bilan yuvib 
olish, quritish, xonani shamollatish va xonada tavsiya qilingan qulay harorat va havo namligini 
ta’minlash.
● Ekishdan oldin urug‘larni Fusarium, Alternaria, Botrytis va boshqa patogen zamburug‘lar 
bilan zararlanish darajalarini fitopatologik tahlil yordamida aniqlash va urug‘larga albatta biror 
fungitsid bilan ishlov berish lozim. 

Download 227.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling