Mavzu: markaziy osiyo uchun ob-havo ma’lumotlari reja


Vladimir Tsirkunov singari xalqaro mutaxassislar fikricha O’zbekiston va Qozog’istondagi ahvol Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmanistonga qaraganda nisbatan yaxshi


Download 23.32 Kb.
bet4/4
Sana28.01.2023
Hajmi23.32 Kb.
#1136418
1   2   3   4
Bog'liq
Markaziy Osiyo uchun ob-havo ma\'lumotlari

Vladimir Tsirkunov singari xalqaro mutaxassislar fikricha O’zbekiston va Qozog’istondagi ahvol Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmanistonga qaraganda nisbatan yaxshi.
Ammo ekologik tadqiqotlar olib borish, dehqonni muammolardan vaqtida xabardor etish va ob-havoni izchil kuzatish uchun umumiy sharoit bugungi talabga javob bermaydi.
Bu borada mintaqaviy hamkorlik deyarli mavjud emas va odamlarga tabiiy o’zgarishlar haqida chuqur axborot berilmaydi.
Bugun yoki ertaga kun issiqmi yoki sovuqligi haqida emas, har bir faslda nimalar kutilayotgani, kelasi yil mintaqada qanday kelishi; dehqon, uning yeri va chorvasi nimaga tayyor turishi zarurligi haqida batafsil ma’lumotlar berish fursati yetgan, deydi Vladimir Tsirkunov.
Bularni bilish hukumatga ham qo’l keladi. Soha mutaxassislaridan maslahat olishni yo’lga qo’yish kerak.
“Dehqonga ob-havo haqida ma’lumot vaqtida yetishi va unga bu ma’lumotdan qanday foydalanishni o’rgatish kerak”,- deydi Vladimir Tsirkunov.
Jahon Banki bu borada O’zbekiston va uning qo’shnilariga yordam berishga tayyor. Hukumat bilan turli loyihalar ustida muzokaralar ketmoqda.
Jamoatchilikning bu masalaga diqqatini oshirib, meteorologiya xizmatlari uchun ko’proq moliya ajratib, ular yiqqan axborotni kunida bir marta emas, har soat, balki har yarim soatda ommaga yetkazish, kommunikatsiya tizimini yaxshilash kerak.
Masalan Rossiyada Jahon Banki bilan hamkorlikda olib borilgan shu kabi loyihalar samara berib, hosildorlik oshgan.
Ona zamindan qanday meva olishni biladigan insonlar iqlim va ob-havodan ogoh bo’lib turish ahamiyatini yaxshi biladi.
Lekin ular bilimini boshqalarga ulasha olishi, hukumatdan texnik yordam olishi uchun ommaviy axborot vositalari ham bu masalalarni ko’tarib chiqishi kerak. Toki odamlar fikr va tajriba almashib, birgalikda yechimlar izlay boshlasin.

XULOSA
Fransuz olimi Montesks Sharl Lui «Qonunlar ruhi to`g`risida»gi (1748) asarida tabiatda va hayotda iqlimning barcha kuchlardan ustun ekanligini ta’kidlagan. Ob-havo va iqlim qadimdan sivilizatsiya rivojlanishiga katta ta’sir ko`rsatib kelgan. Bugungi kunda ham ular insoniyatning hayotiga va faoliyatiga katta ta’sir o`tkazmoqda. To`g`ri, hozirgi zamon fan va texnikasi atmosfera, okeanlar va ichki suvlarda sodir bo`layotgan jarayonlarni oldindan aytishga imkon beradi. Bu ma’lumotlar odamlarning xavfsizligini ta’minlash va global miqyosdagi atrofmuhitni muhofaza qilish uchun zarurdir. Lekin shuni aytish kerakki, keyingi yuz yillikdagi texnologik taraqqiyot insoniyatni iqlimning roli ozaydi, degan xatarli xulosalarga olib keldi. Bunga XIX-XX asrlarda yer sharining katta qismlarida nisbatan barqaror iqlim sharoitining hukm surganligi sabab bo`lgan. Qizig`i shundaki, insoniyatning keyingi ikki yuz yillik davri davomida ilm, fan va texnikani rivojlantirish sohasida erishgan ulkan yutuqlariga qaramasdan, u hamon iqlimiy sharoitlarga bog`liqlikdan xalos bo`la olmayapti. Ustiga-ustak iqlimning inson xo`jalik faoliyatining barcha qirralariga, jumladan, qishloq xo`jalik mahsuldorligi, energetika, transport harakati, texnika va texnologiyalardan foydalanish va boshqa sohalarga ta’siri yanada kuchliroq bo`lmoqda. Iqlim sharoitining inson psixo-fiziologik holatiga va uning sog`lig`iga ta’siri ham kuchayib bormoqda. Iqlim sharoiti tobora ijtimoiy va siyosiy ahamiyat kasb etmoqda. Fan va texnika taraqqiyoti hozirgacha insonni tabiiy sharoitning ta’siridan to`liq himoya qilmayapti. Insoniyat faoliyati esa ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga 24 erishishga yo`naltirilgan va bu tabiatga shu darajada ta’sir etishini boshlaganki, XXI asrda ob-havo va iqlimni butunlay o`zgartirish mumkin. O`tgan asrning 60-yillari o`rtalaridan Saxelladagi (Afrika) dahshatli qurg`oqchiliklar, suv toshqinlari va qurg`oqchiliklarning tez-tez bo`lib turishi, shuningdek, Yevropa, Amerikada uzoq vaqtdan buyon kutilmagan qahraton qishning takrorlanishi jiddiy xavotir uyg`otdi. Ayniqsa, keyingi o`n yillikda insoniyat global antropogen isish, deb ataluvchi hodisaga uchragan. Hamma joyda atrof-tabiiy geografik muhitning o`zgarishi kuzatilmoqda. Qurg`oqchilik, suv toshqini, dovullar, jazirama issiq oqimlar, yong`inlarning ko`payishi, keskin sovub ketishlar va boshqa tabiiy ofatlar Yer sharining hamma hududlarida ham tez-tez kuzatilmoqda. Keyingi yillarda g`arbiy va janubiy Yevropada, Kavkazda misli ko`rilmagan suv toshqinlari yuz berdi. 2003, 2010 yillarda Hindistonda qattiq qurg`oqchilik, suv toshqinlari bilan almashdi. 2003, 2010, 2015 yillarda Hindiston, Shimoliy Amerika va Yevropa mamlakatlarida kuchli issiqlik kuzatildi. Katta maydondagi o`rmonlar yonib ketdi. Global iqlim o`zgarishi, eng avvalo, o`rtacha havo haroratining o`sishida va noqulay gidrometeorologik hodisalarning, ayniqsa, juda issiq kunlar, qurg`oqchilik, kuchli (jala) yog`in-sochinlari, sel, sunamilar va qor ko`chishlari sonining ko`payishida aks etadi. Iqlim o`zgarishining kuchayib borishi mamlakatlar rivojlanishida salbiy oqibatlarga olib keladi. Ob-havo va iqlim bilan bog`liq bo`lgan tabiiy ofatlar oziq-ovqat ishlab chiqarishni qisqartirishga, suvlarning ifloslanishiga va boshqa iqtisodiy zararlarga sabab bo`ladi. Shuning uchun ham bugungi kunda iqlim o`zgarishi muammosi nafaqat olimlarni va siyosatchilarni, balki butun insoniyatni tashvishga solmoqda. Iqlim o`zgarishi iqtisod uchun ham va butun jamiyat uchun ham og`ir sinovdir. Keyingi vaqtlarda ekstrimal meteorologik va iqlim hodisalari katta nobudgarchiliklarga olib kelmoqda. Yuz minglab odamlar halok bo`lmoqda. BMT ma’lumoti bo`yicha dunyoda 1980 yildan 2005 yilgacha 7 mingdan ko`p fojiali tabiiy ofatlar sodir bo`lib, juda ko`p odamlarning qurbon bo`lishiga olib keldi va 1 trillion AQSH dollaridan ko`p zarar keltirdi. Iqlimiy bilimlar va texnologiyaning rivojlanishiga qaramay, tabiiy va texnogen ofatlardan keladigan zararlarning hajmi har yili 6 foizga ortib bormoqda. 1965 yildan 1992 yilgacha dunyo bo`yicha tabiiy hodisalar harakatidan 6 million odam nobud bo`ldi, 3 milliard odam jabr ko`rdi, umumiy zarar 340 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Iqlim o`zgarishi bu vahimali 25 raqamlardan tashqari, bevosita yana ham vayron qiluvchi – «Fojiali konvergensiyalar» deb ataluvchi hodisalar bilan birga kechadi. Siyosiy zo`ravonlik, davlat to`ntarilishi, hatto fuqarolar urushi kabi siyosiy portlashlar (Yaqin Sharq, Afrika mamlakatlari, Yaman, Sudan va boshqalar) oqibati yana ham vayron qiluvchi kuchga aylanadi. 2012 yilda Butundunyo iqtisodchilar forumida iqlim o`zgarishi, oziq-ovqat, toza suv bilan ta’minlashdagi yetishmovchiliklar, shuningdek energoresurs va qishloq xo`jalik mahsulotlari narx-navolarining beqarorligi bilan bog`liq bo`lgan krizislar global nuqtayi nazardan beshta asosiy xavf-xatarga kiritildi. Ob-havo va iqlim nima? Ob-havo ma’lum hududdagi atmosferaning 10-12 kilometr balandlikda bir vaqtdagi, bir kunlik fizik holatini ifodalaydi. Ob-havoning qator meteorologik kattaliklariga havo harorati, havo namligi, havo bosimi, shamol tezligi va yo`nalishi, bulutlar va turli atmosfera yog`inlari turi va jadalligi, nurli energiya va issiqlik oqimlari kabilar kiradi. Iqlim esa ma’lum bir hududdagi obhavoning ko`p yillik rejimi bilan ifodalanib, joyning geografik kengligi, yer usti tuzilishi (orografik, relyef), dengiz sathiga nisbatan balandligi, okeanga nisbatan uzoq yoki yaqinligi va boshqa qator omillar bilan aniqlanadi. Yerning yuzasida atmosfera yoki havo qoplami mavjud, undan biz nafas olamiz va usiz yerda hayot bo`lishi mumkin emas. Har bir kishi bir kecha-kunduzda 1 kilogramm oziq-ovqat, 3 litr suv va 12 kilogramm havo iste’mol qiladi. Yer atmosferasi yigirmaga yaqin gaz aralashmasidan tashkil topgan. Ularning asosiy qismi – azot va kisloroddan hamda suv bug`i, azon va mutlaq holatda turuvchi chang va boshqa aerozollardan iborat. Ob-havoni kuzatish meteorologik stansiyalarda olib boriladi. Meteorologik kuzatishlar kun davomida har 3 yoki 6 soatda olib boriladi. Bunday bir vaqtda olib borilgan kuzatishlar butun dunyo ob-havo xizmatining (VSP) asosidir. Bunday prinsip meteorologik prognozlar tuzish va dovullardan ogohlantirish va global iqlim haqidagi bilimlarni to`ldirish uchun kerak

Foydanilgan adabiyotlar ro`yxati
1.Internet ma’lumotlari :www.google.ru.
2. Petrov Yu.V.,Egamberdiev X.T., Aloviddinov M., Xolmatjonov B.M. Iqlimshunoslik. Unversitet. Darslik. Toshkent: Noshir,2010.- 168 b.
3. A.Akbarov, D.Nazaraliev, X.Abdullaev Meteorologiya fanidan o`quv qo`llanma TIMI. 2008- 154 bet.
Download 23.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling