Mavzu: Markaziy Osiyoda shakllangan tasavvuf taraqqiyoti va diniy milliy qadriyat


Download 88 Kb.
bet1/4
Sana17.02.2023
Hajmi88 Kb.
#1206384
  1   2   3   4
Bog'liq
Markaziy Osiyoda shakllangan tasavvuf taraqqiyoti va diniy milliy qadriyat

Mavzu: Markaziy Osiyoda shakllangan tasavvuf taraqqiyoti va diniy milliy qadriyat


Reja:
1. Yassaviylikning vujudga kelishi va xususiyatlari. «Faqrnoma»da yassaviylik nazariy asoslarining ifodalanishi.
2.Kubraviylikning vujudga kelishi va taraqqiyoti. Kubroviy shayxlar haqida ma’lumot. Olami kubro va olami sug‘ro tushunchalarining mohiyati
3.Xojagon tariqati va uning yaratilishida Abduxoliq G‘ijduvoniy faoliyati. Sakkiz rashha ta’limoti.

Tariqat nazariyasi milodiy XI asrdan boshlab shakllanish davriga kirgan va sekin-asta tariqatlanish tamoyillari ishlab chiqilgan. Tasavvuf olimlari orasida nisbatan birinchi bo‘lib tariqatlanish ilmi va tamoyillariga yuzlangan alloma Abul Hasan Xujviriy (vaf. 1074) bo‘lgan. Uning “Kashfu-l-mahjub” (“Poklanish yo‘llarining kashfiyoti”) asari (1073)da muxosibiy­lik, kassariylik - malomatiylik, tayfuriylik, junaydiylik, nuriylik, sahliylik, hakimiylik, xarraziylik, xafifiylik, saya­riylik singari o‘n tariqat zikr qilingan[1]. Mardud (rad qilingan) tariqatlar sifatida xulumiylik va xallojiylik keltirilgan. Al-Vositiyning “Tiryaqu-l-muhibin” (“Muhiblar tariqatlari”) asa­ri (1320)da Xujviriyning tasnifi, asosan, qabul qilinishi bilan birga qator yangi tariqatlar, ya’ni XI asrdan boshlab shakllana boshlagan biloliylik va uvaysiylik haqida ma’lumotlar bor. Muhammad SHeroziyning “Taroyiqu-l-haqoyiq” asari asosida tariqatlanish jarayonini o‘rgangan olim M.Hazratqulov kitobida quyidagi tasavvuf silsilalari: qodiriy­lik, muxosibiylik, malo­matiylik, qalandariylik, tayfuriylik, junaydiylik, rafoiylik, sahliylik, suxravardiylik, mavlaviylik, safaviylik, naqshban­diy­lik, ne’matullohiylik, qubraviylik, shoziliylik, bektoshiy­lik, nuriylik, isaviylik va b. ko‘rsatilgan[2].


G‘arb olimlari tasavvuf tariqatlariga munosabatda hududiy, milliy va mazhabiy tasniflarni ilgari surganlar. Ingliz olimi Jorj Tremingem ko‘proq hududiy tasnifning himoyachisi sifatida ko‘rinadi. Uningcha, tasavvuf tariqatlanishida Bog‘dod maktabi - Iroq (Mesopotamiya)ni alohida ko‘rsatiladi. Misr va Mag‘rib (Andalusiya) maktablaridan biri sifatida shazaliylik anglatiladi. Undan keyin esa, Eron va Hind hamda Turkiston maktablari tavsifi berilib, ularning eng mashhurlari kubro­viylik, yassaviylik, mavla­viylik, xojagon-naqshbandiylik, chish­tiy­­lik, Hindiston suxrovar­diy­ligi deb talqin qilinadi. Bular­dan tashqari olim «Islomdagi tasavvuf tariqatlari» kitobida hosila tariqatlar sifatida ro‘zbe­xo­niylik, kizoniylik va bosh­qalarni tilga oladi. J.Trimingem talqinicha, Mesopotamiyadagi tariqatlar orasida mashhurlaridan biri suxravardiylik bo‘lib, Abu Najib Suxravardiy (1097-1168) nomi bilan bog‘langan, asosan, Kichik Osiyo va Xurosonda mashhur bo‘lgan. Suxravar­diy­ning “Adabu-l-muridin” nomli asari xonaqoh va madrasalarda o‘quv qo‘llanmasi sifatida qo‘llanilgan. Qodiriylik ayrim man­balarda ilk tasavvuf tariqati sifatida qabul qilinadi.Bu tariqat mashhur shayx Abdulqodir Giloniy (1077-1134) nomi bilan bog‘liq. Xuroson, Turk va Hind hududlarida vujudga kelgan tariqatlar esa Abu Hasan Haraqoniy, Abu YAzid Bistomiy va YUsuf Hamadoniy nomi bilan bog‘liq ekani aytiladi. J.Trimingem talqi­nida tasavvuf tariqatlarining hududlararo tasnifi bilan birga tariqat va silsila munosabatlari farqli tushunchalar sifatida anglatiladi[3].
Ayrim g‘arb mutaxassislari tasavvuf taraqqiyotini mu’tazila ta’limoti bilan bog‘lashadi. Mu’tazila (ketish, uzoqlashish) taraf­dor­lari (Vosil ibn A’ta) jabariylikka munosabatda ulardan ajralib ketadi va shu voqeadan mu’taziliylik zohir bo‘ladi. Demak, Vosil (700-749), uning shogirdi Amr ibn Ubayd (vaf. 769) davrida bu qarash kuchaygan. Ular hokimiyatdagi umaviylardan uzoqlashganlar va zohidlik mashg‘uli bilan mash­hurdirlar. Mu’taziliylik Vosil­ning “Fi-t-tavhid va-l-adl” (“Allohning birligi va adolat”) kitobi orqali ham tarqalgan, biroq bu asar bizgacha etib kelmagan. Bu qarash basralik Abu Ishoq Ibrohim ibn Sayyar Nizom (vaf. 845) tomonidan davom ettirilgan. Bishr al-Mu’tamir (vaf. 840), Abu Xudayl Allaf (vaf. 849) ushbu ta’limot bilan cheklanmay, uni kengaytirganlar. Ayniqsa, xalifa Ma’mun tomonidan (824) bu ta’li­motni davlat dini darajasida qabul qilinishi uni abbosiy­lar saltanatida keng qo‘llanishiga sabab bo‘lgan. Keyinroq xalifa Mutavakkil (847-861) bu qarashlardan voz kechgan[4]. Mu’taziliylik davrida yunon manbalariga ko‘proq o‘rin berilgan, tarjima adabiyoti kuchaygan. Bu sohada xalifalik tabibi Bixtyishu va Xunayn oilasi ko‘p xizmat qilgan. Bixtyishu abbosiy xalifalardan Mansur (754-755) davrida, Jirjis ibn Bixtyishu va uning o‘g‘li Bixtyishu II ibn Jirjis Xorun ar-Rashid (786-809) davrida faoliyat ko‘rsatgan. Ikkinchi oila boshlig‘i Hunayn ibn Ishoq Ibodi (810 y. tug‘.) xalifa Ma’mun tomonidan bosh mutarjim etib tayinlangan. X asrda Basrada besh olim faoliyati bilan “Ixvanu-s-safa” (“Musaffo birodarlar”) guruhi mashhur bo‘lgan va ular ham yunonlar yo‘lidan yurganlar[5]. Ayni shu davrda Ovro‘pa olimlari talqinicha, neoploti­nizm kuchaygan.Plotin (204 y. tug‘.) “Eneida” (“To‘qqizliklar”) kitobida dunyoni besh bosqich (asos)da tushuntiradi: 1) birlik; 2) ruh; 3) qalb: 4) materiya; 5) moddiy dunyo ko‘rinishi. Insonning maqsadi ruhni jismoniy jasad (jon)dan ozod qilib, ilohiy hayotga yo‘llashdir. Sufiylikni neoplotinizmdan oziqlangan deyuvchilar har ikki ta’limot o‘rtasidagi mana shu yaqinlikni nazarda tuta­dilar[6].
Tasavvuf tarixida insonning o‘zi ustidan nazorati kuchaydi va bu yo‘nalishda Abu Abdulloh Xaris Muxosibiy (vaf. 857)ning “Ar-rioya li huquq Alloh” (“Allohning huquqlariga amal qi­lish”) kitobida 61 bob orqali muxosaba (o‘zini kuzatish) usullari bayon qilingan. Xuddi shu davrda muxosiblik ta’limotini yoyganlardan biri Abul Fail ibn Ibrohim Zunnun Misriy (vaf. 860) bo‘lgan. Niya va riya (sodiqlik va munofiqlik) haqida bahs kuchaygan.
Tasavvufning Xurosonda tarqalishi va ta’limot holiga kelishi Ibrohim Adham (vaf. 776) nomi bilan bog‘liq. Uning majlislari samoviy tus olgan va shogirdi SHaqiq Balxiy (vaf. 780) faoliyatida ham bu ta’limot kengaytirilgan. IX asrga kelib Nishopurda malomatiylik rivojlangan va uning Abu Xafs Umar Xaddod (vaf. 881), Abu Usmon Sa’id Hiriy (vaf. 910) kabi vakillari faoliyatda bo‘lganlar. Abul Qosim Junayd Xazzoz (vaf. 911)ning “Sayyidu-t-toifa” (“Toifalar xo‘jasi”), “Tovusu-l-fuqaro” (“Fuqarolar tovusi”) kitoblarida tasavvuf mantiqan asoslangan. Demak, tasavvuf islomning mantiqiy davomidir deb ta’lim beradi Junayd Bag‘dodiy.Abu YAzid (Boyazid) Tayfur Bistomiy (vaf. 875) tasavvufni mantiqangina emas, balki ilmiy (Qur’oniy) asoslashga intilgan. Fano va tariqat tushunchalari ilk bor Qur’oni karim asosida Boyazid Bistomiy tomonidan unga nisbat berilgan «SHatxiyyat» (lug‘aviy ma’nosi «sohilga chiqish») kitobida sharhlangan. Asarda jazba holatidagi nido, munojot va muloqotlar jamlangan bo‘lib, «Ilohiy muloqot» nomi bilan mashhur asari ham «SHatxiyyat» tarkibiga kirgan, samoviy maj­lislarda ehtiros bilan o‘qilgan. Boyazid Bistomiyning poklanish yo‘li (tariqi) barcha sufiylar tomonidan baravar ma’qul deb qabul qilinmagani uchun u Tavhid, ya’ni yagonalikka da’vo qi­lishlikda ayblangan va hukmdorlar tomonidan «kofir» deb e’lon qilingan.
Fano va tavhidga munosabatda Mansur Xalloj (858 y. tug‘.) ta’limoti e’tiborli. Abu-l-Mugis al-Husayn ibn Mansur Xalloj ta’limotida azal va surat haqidagi ta’limot, tajalli rivoj­langan. CHunki azal surati moddiy dunyoda tajalli topadi. Huva-huva (U udir), hulul (insonning qisman ilohiylik kasb etishi), valiy (ya’ni muqaddaslashuvi), lohut (ilohiy inson) haqi­dagi qarashlar uning nomi bilan bog‘lanadi. Xalloj o‘ldirilgan va uning kitob­lari yo‘qotilgan bo‘lsa ham bizgacha “Kitobu-t-tavosin” asari etib kelgan bo‘lib, kitobda 27 rivoyat va 400 nasriy parcha (zimra)lar or­qali fikr bayon qilingan[7]. Mansur Xallojga nisbat berilgan for­siy she’rlar ham talaygina, ular asrlardan asrlarga, og‘izdan og‘izga ko‘chib yuradi.

Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling