Mavzu: Markaziy Osiyoda shakllangan tasavvuf taraqqiyoti va diniy milliy qadriyat
Download 88 Kb.
|
Markaziy Osiyoda shakllangan tasavvuf taraqqiyoti va diniy milliy qadriyat
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Al-usul al-ashara
- Foydalanilgan adabiyotlar
ZUHD — taqvo, parhez demak.Zero, tavba qilgan kishi endi haromdan hazar qilib, halollikka yuz tutishi, Alloxdan qo‘rqib, Alloh man etgan ishlarni qilmasligi lozim.
TAVAKKUL — o‘z amallari, fikri va ishlarida yolg‘iz Allohga suyanish demak. Rizqni Alloh beradi, inson taqdirini Alloh belgilaydi va inson amallari ham Alloh irodasi doirasida bo‘lishi kerak. CHunki yaxshilik va yomonliq to‘klik va ochliq boylik va kambag‘allik ham Allohdandir. Alloh bizni toat-ibodatga chorlaydi, insonligimizni eslatib turadi.Ammo inson buyuk zaruriyat ichradir. Uning faoliyati, ijodi va qudrati shu Ilohiy zaruriyatdan tashqariga chiqib ketolmaydi. Inson buni anglamog‘i lozim.CHunki inson barcha mavjudot kabi foniydir, u abadiy emas.Abadiy faqat Allohning o‘zi, agar inson abadiyatni xohlasa, Alloh sari intilsin, Poklik olamiga qarab, kamol kasb etsin. QANOAT - kamolotning eng maqbul yo‘li hisoblanadi. Modomiki, inson farishta bilan hayvon orasida turuvchi maxluq ekan, unda ruh va jism ko‘rashi muqarrar bo‘lib, kamolot ana shu jism talablarini enga borish va ruh talablarini ko‘paytirish bilan qo‘lga kiradi. Qanoat iisonni inson qiladi, ma’naviyat bezagi bilan bezatadi. UZLAT - tasavvuf ta’limotiga ko‘ra insonning ruhi, agar u poklanishiga moyil bo‘lsa, tabiiy ravishda yakkalanish va go‘shanishin bo‘lishni talab qiladi. Inson ruhi tajrid (ajralish) va tafrid (yolg‘izlanish) bosqichlarini bosib o‘tmasa, mutlaq poklanmaydi. Uzlat — so‘fiylarning chilla o‘tirishlari, xilvatlari bilan amalga oshirilgan. TAVAJJUH - ko‘rash, o‘zi bilan o‘zining ko‘rashi. Solik hamma vaqt YAratganga yuzlanib, Undan madad so‘rab, Unga sari qalban intilmog‘i darkor. SABR - solikning e’tiqodi, niyatini sinash. Haq yo‘li og‘ir va mushkul yo‘l, Uning azobu iztirobiga chidagan kishilargina maqsadga erishadi. Tariqat yo‘lovchisi sabr manzilidan o‘tsa, ajib bir ruhiy dovondan o‘tgan, yangi kuch-qudrat topgan bo‘ladi. MUROQABA - kuzatish, tafakkur-shuurga berilish demak. Tavba-tazarru qilib, zikru toat, sabru sadoqat bilan o‘zining ma’rifatini oshirib borgan solik bora-bora osoyishta bir holga keladi, Alloh diydori yodida tafakkurga g‘arq bo‘ladi, olamlarni ruhan sayr qilib chiqadi, ko‘z oldiga Haq taolo jamoli va Payg‘ambar siymosini keltira oladi. Ruhi to‘lishib tasavvur va taxayyuli kengayadi, g‘ayb asrori eshiklari yuzaga ochiladi. ZIKR - so‘fiy odam har erda, har doim Allohning ismlarini tilidan qo‘ymasligi kerak. Kalimalarni, duolarni muntazam takrorlab turishi bilan qalbga Alloh Taolo sifatlari va Zoti joylanadi. Alloh nuri porlay boshlaydi. RIZO - solik Alloh qudratini, ilmini chuqur his qilgan holda, o‘zini butkul Uning irodasiga topshiradi va Alloh olami bilan huzurlana boshlaydi. Haq unga va u haqqa yaqinlashadi. Najmiddin Kubroning "Al-usul al-ashara" risolasi teran falsafiy asar bo‘lib, XIII asr falsafiy yo‘nalishlariga kuchli ta’sir etgan, degan fikrlar bor. Umuman, XIII asr tasavvufning falsafiylashuv davridir. Bir asrning o‘zida bir nechta buyuk faylasuf shayxlar etishib chiqib, ajoyib asarlar yozdilar va SHarq tafakkurini bir pog‘ona yuqori ko‘tardilar. Najmiddin Kubro, Ibn Arabiy, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Aziziddin Nasafiy deyarli hamondosh mo‘tafakkirlar edilar, ularning har biri tasavvuf va falsafani qo‘shishda alohida xizmat ko‘rsatadi va Hakim at-Termiziy, Imom G‘azzoliy boshlagan ishni rivojlantirdi. Najmiddin Kubroning tasavvuf tarixidagi yana bir xizmatlari — javonmardlik g‘oyalarini tariqatga joriy etish bo‘ldi. Aslida, bu ish ham ilgari bo‘lgan, chunonchi Abusaid Abulxayr (XI asr) saxovat va mardlikni so‘fiyning sifatlaridan hisoblaydi. Biroq Najmiddin bu qarashni so‘fiylar hayotiga yana ham izchilroq singdirib yubordi. Natijada, mardlik va pokliq qahramonlik va fidoyiliq ma’rifat va jismoniy-ruhiy qudrat birlashtirildi, inson kamolotida axloqiy yuksaklik vatanparvarlik g‘oyalari qo‘shilib ifodalandi. Xulosa Demak, bu vaqtda u qirq yashar bo‘lib, yigirma besh yildan ortiq umrini ilm tahsiliga bag‘ishlagan edi. Etuklik komillik yo‘li mana shunday og‘ir va mashaqqatlidir. U Xorazmga qaytgach, katta xonaqoh qurdirib, tariqatda yangi bir maktab — yo‘nalish hisoblanmish kubraviya silsilasini asosladi. Uning qo‘li ostida yuzlab odamlar tarbiyalanib, islom ma’rifatidan, ilohiy irfondan bahramand bo‘ldilar. Najmiddin kishilarni ezgulikka, ilmga, saxovat va mardlikka da’vat etdi. Muridlari orasidan SHayx Majdiddin Bag‘dodiy, SHayx Sayfiddin Boharziy, SHayx Sa’diddin Hamaviy, SHayx Rukniddin Alouddavla singari musulmon olamiga nomi ketgan valiy insonlar etishib chiqqanlar.Najmiddin Kubro tasavvufning buyuk amaliyotchilaridan biridir, ungacha Xorazm xalqi ushbu ta’limotdan bebahra edi. Najmiddin valiylik kamoloti, tariqat riyozati va o‘zini o‘zi poklash, ma’naviy etuklikka intilishni urfga - an’anaga aylantirdi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘Q. T., 1998 y. 2.Bartold V.V. Turkiston madaniy hayoti tarixi. L., 1967 y. 3. Buxoro tarixi. T., 1976 y. 4. SamarQand tarixi. T., 1969-70 y. 2-jild. 5. Xorazm tarixi. T., 1976 y. 6. O‘zbekiston xalQlari tarixi va madaniyati. T., 1992 y. 7.O‘zbekiston tarixi. I-tom. O‘zbekiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. T., 2000. Download 88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling