Mavzu: Markaziy Osiyoda shakllangan tasavvuf taraqqiyoti va diniy milliy qadriyat


Download 88 Kb.
bet2/4
Sana17.02.2023
Hajmi88 Kb.
#1206384
1   2   3   4
Bog'liq
Markaziy Osiyoda shakllangan tasavvuf taraqqiyoti va diniy milliy qadriyat

YAssaviya tariqati. Bu tariqatning asoschisi Xoja Ahmad YAssaviy (1166 yilda vafot etgan) bo‘lib, bugungi Qozog‘istonning janubidagi CHimkent viloyati, Sayram qishlog‘ida dunyoga kelgan. Go‘dakligida YAssiga ko‘chishgan. Bu erda Arslonbob ismli mashhur shayxning xayr duosiga erishgan. Dastlabki tahsilidan keyin o‘sha davrning eng yirik ilm markazn Buxoroi sharifga borib, mashhur shayx YUsuf Hamadoniy (1140 yilda vafot etgan) etagini tutib, uning ta’lim-tarbiyasi bilan voyaga etadi va shayxining tavajjuhini" qozonib, uning uchinchi xalifasi bo‘lish sharafiga zrishadi. SHayxning vafotidan so‘ng bir muddat uning maqomida o‘tirgach, shayxining ma’naviy buyrug‘iga ko‘ra muridlarini va maqomini Abdudholiq G‘ijduvoniyga qoldirib, takror YAssiga qaytadi va irshod faoliyatini asosan u erda olib boradi. Oddiy xalq ommasi anglaydigan uslubda so‘fiyona hikmatlari - she’rlari bilan, atrofdagi odamlarni haq yo‘lga chaqiradi, ularning ma’naviyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. SHe’r-hikmatlari- «Devoni hikmat» nomi ostida kitob holiga keltirilgan. Ahmad YAssaviy hayotligidayoq uzoq o‘lkalarga muridlarini jo‘natib, o‘z tariqatini keng tarqatishga harakat qiladi. YAssaviy riyozat, chilla, zikr va mujohadaga kuchli ahamiyat berib, uning asoschisi o‘z hayotining aksar qismini chillaxonada o‘tkazadi.Uning hayotiyu karomatlari haqida ko‘plab manoqiblar yaratilgan va ulardan aksariyati saqlanib qolgan.
Xojagon tariqati deya nom berilgan yassaviya tariqati, avval Sayram va Toshkent hududida, keyinroq Xorazm, Movarounnahr, Xuroson, Ozarbayjon va hatto Onado‘li diyorlarida keng tarqaldi (manbalarda aytilishicha, yassaviylik shimolda Qozongacha, G‘arbda Bolqon yarim oroligacha etib borgan.). Bu tariqat o‘z mavjudiyatini keyinchalik nashqbandiya tariqati doirasida davom ettiradi, Turkiy qavmlarda Islom dinining yagona e’tiqod maqomida mustahkamlanishida yassaviya tariqatiyaning buyuk hissasi bor. YAssaviya tariqati va uning izdoshlari haqida bugunga qadar amalga oshirilgan eng jiddiy tadqiqot Fuod Ko‘prulining «Turk adabiyotida ilk mutasavvvflar» asaridir. (1997 yil Turkiyadagi naqshbandiya tariqatining markazi, Istanbul shahridagi Iskandarposhsho dargohiga qarashli Saho nashriyotida «Xoja Ahmad YAssaviy: hayoti, asarlari, ta’sirlari» nomli ilmiy to‘plam nashr etiladi. Olimlarning e’tiroficha, bu Ko‘pruliniig kitobidan keyin yassaviyshunoslik uchun eng muhim manbadir.) YAssaviya tariqatida jahriy zikr ijro etiladi. Zikr chog‘ida darvishning tomog‘idan arraning sasi kabi ovoz chiqqani uchun yassaviya zikriga «zikri arra», «zikri minshoriy» ham deyiladi. Bu zikr quyidagicha ijro etiladi: darvish ikki qo‘lini tizzasi ustiga qo‘yib, nafasini qorniga chiqarib «ha» deb, yana qorni tomon nafas olib bosh, bel, elka, qimirlamagan holda «hayy» deydi va zikr shu tarzda davom etadi. YAssaviylikda xilvatga ham katta ahamiyat beriladi.
Bu tariqatda muhim o‘rin tutgan asoslar quyidagilardan iborat: ma’rifatulloh, mutlaq jo‘mardlik rostgo‘ylik haqqal yaqiyn (fanofilloh) da g‘oyib bo‘lish, haqiqiy tavakkul va teran tafakkurdir.
YAssaviya tariqati asosan sunniy z’tiqodiga amal qilish bilan birga Xuroson malomatiyligidan biroz ta’sirlanganligi sababli terma bir madaniyat bezagiga ega. Bu xususiyati bilan keyinchalik yuzaga kelgan ko‘plab tariqatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Hatto naqshbandiyani yassaviylikning bir shaxobchasi deb biluvchilar ham bor. YAssaviylik o‘z iavbatida Onado‘lida shakllangan axiylik harakatiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Aqmad YAssaviyning eng mashhur xalifasi Sulaymon Hakim Otadir.

Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling