Mavzu: Marketing ichki va tashqi muhiti Reja: Marketing muhiti haqida tushuncha va tarmoq marketinglari Marketingni asosiy turlari
Transport korxonalarida marketing xizmatini tashkil etish
Download 32.13 Kb.
|
Marketing ichki va tashqi muhiti
4. Transport korxonalarida marketing xizmatini tashkil etish
Marketingni tashkil etish - marketing xizmatini boshqaradigan idoralarning tashkiliy koʻrinishi boʻlib, u yoki bu topshiriqni bajarish uchun boʻysunish va javobgarlikni belgilaydi. Marketingni tashkil qilish - korxonada bir necha yoʻnalishda amalga oshirilishi mumkin: Funksional-bunda javobgarlik taqsimot, sotish, taʻminot va tovar harakatini tashkil qilish doiralariga tushadi. Tovarlar tamoyili boʻyicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillarga, yana bir tovar markasi uchun boshqaruvchilar qoʻshiladi. Bozor tamoyili boʻyicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillariga, yana bir qoʻshimcha, yaʻni hudud bozorlari va isteʻmolchilar turi boʻyicha boshqaruvchilar qoʻshiladi. Funksional tashkil etishning yutuqlari, boʻlinmalarning boshqarishdagi soddalik, bajariladigan funksiyalarga yuqori javobgarlikdan iboratdir. Lekin bu tuzilishning qator kamchiliklari ham mavjud: tovarlar boʻyicha maxsus boʻlimlarning yoʻqligi; bozorning hududiy segmentlari boʻyicha maxsus boʻlimlarning yoʻqligi; bozor talablarining oʻzgarishi va isteʻmolchilar talabiga operativ reaksiyaning sustligi; marketing tashkilotlari tadbirlarning moliyalashtirish masalalarini hal etishning qiyinlashganligi. Tovar tamoyili boʻyicha tashkil etish tovarlar va ular guruhlari boʻyicha boʻlimlar tashkil etishni talab etadi. Unda tovar boʻlimlari boʻyicha mustaqil qaror qabul qiladi. Marketing xizmatining tashkiliy tuzilishi bu kabi boʻlgan shakl, avvalo ishlab chiqaradigan tovarlar assortimenti katta boʻlgan firmalarga toʻgʻri keladi. Tovar tamoyili boʻyicha tashkil etish shakli ham, shuningdek kamchiliklarga ega. Boshqarishning bu kabi tizimi marketing faoliyatining oʻziga xos tomonlarini doim ham eʻtiborga olmaydi. Tovarlar boʻyicha guruhlar ishchilari oʻz majburiyatlarini samarali bajarish uchun etarlicha huquqlarga ega emas, boshqaruv apparatida katta sonli guruh va guruhchalar paydo boʻlishi bilan ularni ushlab turish katta xarajatlar talab qiladi. Bozor tamoyili boʻyicha tashkil etishda deyarli barcha korxonalar oʻz tovarini xarakteri jihatidan turlicha boʻlgan bozorlarda sotadi. Turli bozorlarning sotib olish xususiyatlari yoki turli tovar ustunliklariga ega boʻlgan hollardagina bozor tamoyiliga koʻra tashkil etish maqsadga muvofiqdir. SHuning uchun marketing xizmati boʻlimlari asosiy bozorlarga qarab tuziladi. Download 32.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling