Mavzu: Marketing ichki va tashqi muhiti Reja: Marketing muhiti haqida tushuncha va tarmoq marketinglari Marketingni asosiy turlari
Marketingni ichki va tashqi muhiti, ularning oʻzaro bogʻliqligi
Download 32.13 Kb.
|
Marketing ichki va tashqi muhiti
3. Marketingni ichki va tashqi muhiti, ularning oʻzaro bogʻliqligi.
Marketing muhiti – bu korxonaning tashqarisida xarakatlanadigan subʻektlar va kuchlar boʻlib, ular uning maqsadli mijozlariga boʻladigan munosabatlarini vujudga keltirish va qoʻllab – quvvatlashga taʻsir oʻtkazadilar. Korxonaning marketing faoliyatiga murakkab va oʻzgaruvchan boʻlgan tashqi muhit omillari taʻsir qiladi. Tashqi muhit subʻektlari – taʻminotchilar, vositachilar, xaridorlar,raqobatchilar, kontakt(aloqa) auditoriyalari va boshqalar boʻlib, ular korxonaning marketing faoliyatiga yordam berish yoki toʻsqinlik qilishda ishtirok etadilar. Tashqi muhit omillari – demografiya, iqtisodiy, tabiiy, ilmiy – texnika, siyosiy – huquqiy va madaniylar boʻlib, ular korxonaning marketing imkoniyatlarini yoki xavf – xatarini vujudga keltiradilar. Korxonalar uzluksiz ravishda tashqi muhit omillarini oʻzgarishini doimo kuzatib borishi va shu oʻzgarishlarga kerakli boʻlgan javobni topishlari kerak. Bugungi kunda tashqi muhit juda ham tez oʻzgarib bormoqda. Oziq – ovqat mollarini sotish hamda harid qilish jarayonini kelgusida qanday oʻzgarishini tasavvur qilib koʻraylikchi? Dunyo ekspertlarining fikricha, biz 2025-yillarga borib, oziq – ovqat mollarini harid qilish uchun katta supermarketlarga bormaymiz. Ular oʻrnini Internet orqali amalga oshiriladigan elektron buyurtmalar egallab, kattayigʻimdagi oziq – ovqatlar uylarga eltib beriladi. Yaʻni, savdo va etkazib berish bilan shugʻullanadigan korxonalar birlashadilar. Xaridorlar oʻzlariga kerakli boʻlgan tovarlarni izlashga vaqt sarflamaydilar. Bu ishlarni ular uchun raqobatchilarni tovarlari narxini taqqoslagan holda maxsus elektron dasturlar amalga oshiradi. Yana bir holat: 2025-yilga borib, kompyuter tovarlar zahirasi qachon tugashini hisoblab, uni siz uchun yaqin oradagi supermarketga buyurtma beradi. Kelgusidagi bunday oʻzgarishlar, korxonalar rahbarlari va marketologlarni oʻyga solmoqda. Shu sababli ham marketing xizmatlari bunday yangi holatlarni birinchi boʻlib, tadqiq etib, uning chorasini izlab topishi kerak. Birinchidan, ularda zarur axborotlarni yigʻish maxsus uslublarga ega boʻlgan, marketing tadqiqotlari bor. Ikkinchidan esa, ular isteʻmolchilarni va raqobatchilarni yaxshi biladilar. Shu sababli, marketologlar tez oʻzgarayotgan muhit uchun kerakli boʻlgan, marketing strategiyalarini tezda ishlab chiqib, uni oʻzgartiradilar. Marketing muhiti – mikro va makromuhitdan iboratdir. Mikromuhit – bu korxonaning yaqin atrofda xarakatlanayotgan va uni mijozlariga xizmat koʻrsatish qobiliyatiga taʻsir oʻtkazuvchi kuchlardir. Ularga korxona, taʻminotchilar, marketing kanallari ishtirokchilari, isteʻmolchilar, raqobatchilar va aloqa(kontakt) auditoriyalari kiradi Marketing vositachilariga – korxonaning soʻnggi isteʻmolchilariga tovarlarni siljitish, sotish va taqsimlash boʻyicha yordam beradigan korxonalar kiradi. Ularga resellerlar, logistik firmalar, marketing agentliklari va moliyaviy vositachilari kiradi. Resellerlarga – ulgurji va chakana savdo bilan shugʻullanuvchi korxonalar hamda alohida shaxslar, yaʻni tovarlarning taqsimot kanallari ishtirokchilari kiradi. Logistik firmalarga – ombor va transport xizmatlarini koʻrsatuvchi hamda tovarlarni ishlab chiqarish joyidan sotish joyiga etkazishni taʻminlovchi tashkilotlar kiradi. Marketing agentliklariga – korxonaning tovar va xizmatlarini maqsadli bozorlarda siljitishga yordam beradigan marketing tadqiqotlari korxonalari, reklama agentliklari, konsalting firmalari va boshqa tashkilotlar kiradi. Moliya vositachilariga – banklar, kredit va sugʻurta tashkilotlari kiradi. Korxonalar oʻzlarining xaridorlarini diqqat bilan oʻrganishlari lozim. Aloqa(kontakt) auditoriyalariga – korxona faoliyatiga qiziqish bildiradigan va uning maqsadlariga erishish bildiradigan va uning maqsadlariga erishish boʻyicha imkoniyatlariga taʻsir oʻtkazuvchi har qanday insonlar guruhidir Makromuhit – bu korxonaning makromuhitiga taʻsir oʻtkazuvchi kuchli omillardir. Ularga demografik, iqtisodiy, tabiiy, ilmiy – texnik, siyosiy va madaniy omillar kiradi. Korxonaning tadbirkorlik faoliyati yuritishiga imkoniyatlar yaratuvchi va unga xavf – xatarlar etkazuvchi makromuhit omillar taʻsir qiladi. Download 32.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling