Mavzu: Marketing ichki va tashqi muhiti Reja: Marketing muhiti haqida tushuncha va tarmoq marketinglari Marketingni asosiy turlari
Download 32.13 Kb.
|
Marketing ichki va tashqi muhiti
2. Marketingni asosiy turlari
Marketingning tarkibiy tuzilishi haqida fikr yuritilganda, uning tarkibida mikromarketing, mikromarketing turlari mavjudligini alohida taʻkidlash zarur. Bu tushunchalarni fanga birinchi marta F.Kotler 1972-yilda kiritgan va ularni xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanadigan tashkilotlar bilan bir qatorda foyda olish bilan bogʻliq boʻlmagan madaniyat, ijtimoiy, siyosiy va shunga oʻxshash tashkilotlarga nisbatan ham qoʻlladi. Mikromarketing - korxonaning ishlab chiqarishni shakllantirish, tovarlar va xizmatlarning tayyorlovchidan isteʻmolchi yoki foydalanuvchiga borish oqimini boshqarish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatdir. Uning asosiy vazifasi talabni qondirish va ayni paytda korxona oldiga qoʻygan maqsadlarga erishishdir. Boshqacha aytganda, bu ijtimoiy iqtisodiy jarayon boʻlib, mahsulot yoki xizmatlarga boʻlajak talab tarkibini oʻrganish, shuningdek bu talabni, taklifni shakllantirish isteʻmolchiga axborot berish yoʻllari bilan qondirish maqsadini koʻzlaydi. Shunday qilib, mikromarketing korxona darajasidagi bozor faoliyatidan iboratdir. Makromarketing faoliyati korxona darajasidan chetga chiqadi va turli birlashmalar, konsepsiyalar, uyushmalar va umuman tarmoq darajasida amalga oshiriladi. Yanada kengroq maʻnoda, makromarketing tushunchasi mamlakatning jami xoʻjaligi miqyosida mahsulotlarni yaratish va uning pirovard isteʻmolchisi tomon koʻchish harakati hayotiy jarayonda qatnashadigan faoliyati va muassasalarni birlashtiradigan tizimdir. Bu tizim barcha ishlab chiqarish savdo, transport, reklama axborot va boshqa marketing vazifalarini bajaradigan korxona va xizmatlarni qamrab oladi. Makromarketingning vazifasi-butun mamlakat boʻyicha moddiy boyliklar va xizmatlar oqimini boshqarishni tartibga solishdan iborat. Turli darajadagi boshqarish vositalari va usullari oʻzaro farq qilinadi. Korxona darajasida asosan marketing-miks vositalaridan foydalaniladi. Undan yuqoriroq darajalarda investitsiya siyosati narxlarni boshqarish, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari va shunga oʻxshash faoliyat koʻrsatadi. Marketingni qoʻllash sohalari va obʻektlariga muvofiq quyidagi holatlarga koʻra guruhlash mumkin: ichki marketing; tovarlar boʻyicha marketing; eksport marketingi; import marketingi; ilmiy texnik marketing; toʻgʻridan-toʻgʻri mablagʻ (investitsiya) kiritish marketingi; xalqaro marketing; notijorat faoliyati sohasidagi marketing; ijtimoiy gʻoyalar marketingi; Ichki marketing qoidaga koʻra, bir tomon doirasida tovar va xizmatlarni sotish masalalari bilan bogʻliq. Amalda barcha korxonalar avval ichki bozorga keladi, yuqori natijalarga erishgandan keyin esa, yaʻni raqobatbardosh mahsulotlarini yaratgandan keyin tashqi bozorga chiqadi. Tovarlar va xizmatlar marketingi (tovarlar boʻyicha marketing) samarali sotishni tadqiq qilish va tovarlar va xizmatlar turlari boʻyicha tadbirkorlik faoliyatining foydaliligini taʻminlashni koʻzda tutadi. Masalan, xorijda sanoat tovarlari marketingi, isteʻmol tovarlari va xizmatlar marketingi ishlab chiqilgan. Eksport marketingi yangi xorijiy sotish bozorlarini tadqiq qilish, firma mahsulotlarini sotish uchun xorijiy sotish xizmatlarini tashkil qilishni koʻzda tutadi. Import marketingi yuqori samarali xaridorlarni taʻminlash uchun bozor tadqiqotlarining alohida shakllarini koʻzda tutadi. Ilmiy-texnik marketing xaridning ilmiy-texnik faoliyat natijalari: patentlar va litsenziyalarni sotish va xarid qilish qismidagi marketing tadqiqotlari, fan-texnika taraqqiyoti yoʻnalishlarini oʻrganish, tegishli tomonlar patent huquqlari masalalari va boshqalar bilan bogʻliq. Toʻgʻridan-toʻgʻri marketing kiritish marketingi oʻz ichiga xorijiy faoliyatni tadqiq qilish, yangi korxona ishining imkoniyatlari (biznes-reja turlari), uning sotish faoliyatini chuqur va har taraflama tahlil qilishni, hamda kompaniya manfaatlari va korxona qurilgan mamlakat qonunini hisobga olgan holda tashqi bozorda sotish tadqiqotlarini oʻz ichiga oladi. Xalqaro marketing, tashqi iqtisodiyot, tashqi savdo marketingi deb ham ataydilar, mahsulotni xorijda qurilgan milliy korxonalarda sotishni koʻzda tutadi. U ishlab chiqarish, sotish vazifalarining juda kattaligi bilan farqlanadi, asosan koʻp sonli mamlakatlar hududlarini qamrab oluvchi transmilliy kompaniyalarga javob beradi. Notijorat faoliyati sohasidagi marketing asosan, alohida tashkilot yoki alohida shaxsga nisbatan jamoaning ijobiy fikrini yaratish masalalari bilan bogʻliq. Ijtimoiy marketingni qoʻllashning eng muhim sohasi rivojlanadigan mamlakatlarda oilani rejalashtirish, kariyalar va kasallarga eʻtiborni jalb qilish, ayrim ijtimoiy zaruriyatlarga xayriya qilishga tayyorlikni rivojlantirishdan iborat. Bundan tashqari bugungi kunda marketingning ayrim turlari haqida toʻxtalib oʻtmoqchimiz. Partizancha marketing bu – hamma joyda qabul qilingan tovarni ilgari surish va reklama kommunikatsiyalari vositalari va usullari doirasidan chetga chiqadigan marketing tadbirlaridir. Uning asosiy farqi – reklamaga koʻp pul sarflash oʻrniga tovarlar yoki xizmatlarni ilgari surishning ayrim juda oddiy usullari bilan birga ijodiy fikrlash imkoniyatlaridan foydalanish hisoblanadi. Download 32.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling