Mavzu: Marketing tadqiqotlari. Bozor segmentatsiyasi va maqsadli strategiya Reja
Download 131.5 Kb.
|
marketing
Marketing kompaniyasi
«Marketing kompaniyasi davri» - qisqa muddatli marketing rejalashtirishga qo‘shimcha uzoq muddatli marketing rejalarini ishlab chiqadi va butun korxona marketing kompanyasi asosida ish olib boradi. Marketing kompaniyasi juda oddiy, lekin juda muhim. Marketing kompaniyasi yangilik emas. Lekin ko‘pchilik boshqaruvchilar bu so‘zni eshitib vahimaga tushadi. Shuning uchun ular o‘zlari uchun oson bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarish, uni sotishga harakat qiladi. «Ishlab chiqargan mahsulotni sotishdan ko‘ra sotiladigan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir», ya’ni aqlli boshqaruvchi esa ishlab chiqarishdan ko‘ra ko‘proq marketingga e’tibor qaratadi. Marketingga moyil korxona o‘zi ishlab ishlab chiqargan mahsulotni sotishdan ko‘ra mijozlarga kerakli narsani ishlab chiqarishni ma’qul ko‘radi. Masalan, Ford Motors «Mijozlar tajribasi» dasturiga muvofiq Ford kompaniyasining turli bo‘limlaridagi ishchilari Fordning minglab mijozlari bilan uchrashib, ularning xohish va istaklarini o‘rganishdi va ishlab chiqarishga tatbiq qilishdi. Marketing konsepsiyasi korxonaning amaldagi yoki rejalashtirilayotgan faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqilishi kerak. Uni ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat: Ichki va tashqi muhitning strategik tahlili. Korxona va marketing faoliyatining maqsadlarini aniqlash. Marketing strategiyasiniasoslash. Kutilgan natijaga erishish uchun tegishli marketing usullarini tanlash. Marketing va tadbirkorlik borasida jahon amaliyoti marketing evolyutsiyasida quyidagi konsepsiyalarni asoslab ko‘rsatdi: Ishlab chiqarish. Tovar. Sotuv. An’anaviy. Ijtimoiy – etik. O‘zaro ta’sir marketingi. Bugun boshqaruvda marketing faoliyati bilan shug‘ullana borib, bir qancha konseptual yondashuvlarni qo‘llash mumkin: ishlab chiqarishni va tovarni mukammallashtirish, tijorat kuchlarini jadallashtirish, iste’molchilarga yo‘naltirilgan marketing yondashuvi, ijtimoiy-etik marketing. Marketing konsepsiyalarining rivojlanishi bozorning rivojlanish bosqichlariga mos keladi. Tavsiya qilingan konsepsiyalar barcha davlatlar uchun etalon yoki norma bo‘lib xizmat qiladi, degan fikr noto‘g‘ri. Marketing evolyutsiyasi har bir mamlakatdagi bozor munosabatlarining rivojlanish bosqichiga, tadbirkorlik faoliyatining tashkil etilganligiga qarab turlicha bo‘lishi va konsepsiyalar ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Marketingning korxona ishlab chiqarish, savdoga oid faoliyatini boshqarish tizimi sifatida rivojlanish tarixi bozorning rivojlanishi bilan mustahkam bog‘liq. Download 131.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling