Mavzu. Marketing tadqiqotlari va axborotlar tizimi
-rasm. Marketing tadqiqotlarining asosiy vazifalari
Download 183.49 Kb. Pdf ko'rish
|
3 mavzu Marketing
1-rasm. Marketing tadqiqotlarining asosiy vazifalari
Marketing tadqiqotlarining klassifikatsiyasi quyidagi rasmda o‘z ifodasini topgan. 2 - rasm. Marketing tadqiqotlari klassifikatsiyasi Tushuntirish tadqiqotlari marketing muammolarini, bozorlarni muammolarini ochib berishga yo‘naltirilgan. Sabab-oqibat tadqiqotlari sabab-oqibat aloqalariga nisbatan gipotezalarni qidirishda o‘tkaziladi. Testli tadqiqotlar qabul qilingan marketing qarorlarini to‘g‘riligini tekshirishga yo‘naltirilgan. Prognoz tadqiqotlar ob’ektning kelgusi holatini baholash bilan bog‘liqdir. Marketing tadqiqotlarining yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: iste’molchilarni, bozorni, makro muhitni, firmaning ichki muhitini, raqobatchilarni, marketing tadqiqotlarining vazifalari raqobat muhiti tahlili bozor klnyunkturasi tahlili dastur va strategiyalarni asoslash marketing fnuksiyalarini samaradorligini baholash isteʼmolchilar fikrlarini aniqlash boshqaruv qarorlarini qoʻllab- quvvatlash Oʻtkazish joyi boʻyicha kabinet dala qamrab olish darajasi boʻyicha to'liq tanlanma maqsadi boʻyicha qidiruv tushintiruv sabab-oqibat test prognoz qilish sotishni, siljitishni, narxni, tovarni o‘rganishdir. Ularning maqsadi esa, ya’ni iste’molchilarni o‘rganishda bozorni segmentlash, maqsadli bozorni tanlash, bozorni o‘rganishda – bozor sig‘imini baholash, makromuhitni o‘rganishda tashqi imkoniyat va tazyiqlarni baholash, raqobatchilarni o‘rganishda firmaning raqobatli ustunligini ta’minlash, sotishni o‘rganishda samarali sotish tarmoqlarini tuzilishini, siljitishda axborot bilan ta’minlash darajasini va firmaga va uning tovarlariga nisbatan sodiqligini oshirish, narxni o‘rganishda narxni optimallashtirish; tovarni o‘rganishda tovarning raqobatbardoshligini oshirishdan iborat bo‘ladi. Marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishning ob’ektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi hamda uning maqsadi nihoyatda keng va murakkab masalalarni hal qilishga karatilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing kuyidagi muhim vazifalarni hal etmog‘i lozim: • xaridorlar (iste’molchilar) ehtiyojini o‘rganish; • tovarlarga bo‘lgan ichki va tashqi talablarni o‘rganish; • korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; • talab va taklif to‘g‘risidagi olingan ma’lumotlar asosida bozorni o‘rganish; • tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini oshirish; • tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish; • tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish; • to‘ldiruvchi tovarlar va urnini bosuvchi tovarlar to‘g‘risida axborotlar yig‘ish; • tovarlarga bo‘lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir. Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Bularsiz sotishning maqbul darajasini belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig‘ida hisoblab chiqiladi. Download 183.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling