Mavzu. Marketing tadqiqotlari va axborotlar tizimi


Download 183.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana23.12.2022
Hajmi183.49 Kb.
#1047873
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 mavzu Marketing

 
 
 
 
 
 
 


4. Axborotni to‘plash uslublari 
Bozorda vujudga kelayotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida seza bilish, muayyan davr 
mobaynida xaridorlar atvorini, mijozlar hatti-harakatini, raqobatchilar taktikasini o‘rganish 
korxona va tashkilotlarning marketing faoliyatini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat 
kasb etadi. Bu xususda axborotni to‘liq olish, qayta ishlash va undan qaror qabul qilish 
bosqichida unumli foydalanish imkoniyatlari bir muncha cheklangan bo‘ladi. CHunki, 
bozorda ruy berayotgan o‘zgarishlarning jadalligi, o‘zaro bog‘liqligi va ta’sirchanligi 
yuqoridir. 
SHu sababdan, o‘rganilayotgan jarayon yoki ob’ekt xususida auditlik bilan axborot 
olish, uning imkoni boricha to‘laligini, ishonchliligini ta’minlash talab etadi, bunday tarzda 
axborot olish uslubi bo‘lib-kuzatish uslubi hisoblanadi

Kuzatish uslubi iqtisodiy, ijtimoiy sohalar statistikasida ko‘p qo‘llaniladigan axborot 
yig‘ish uslubi sanaladi. Kuzatish o‘z navbatida bir qator turkumlash belgilariga ko‘ra 
farqlanadi. Bu xususda iqtisodiy statistikaga oid darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarida etarli 
ma’lumotlar berilgan. 
Kuzatish asosida o‘rganilayotgan ob’ekt yoki jarayonga xos bo‘lgan axborotni 
yoppasiga yoki tanlama shaklda olish mumkin. YOppasiga kuzatish muayyan majmuaning 
barcha birliklarini tadqiq qilish asosida amalga oshiriladi. Bunday kuzatish odatda ko‘p 
vaqt, mablag‘ talab qiladi va uning natijalari tarmoqlararo ehtiyojlarni qondirish uchun 
xizmat qiladi. Masalan, aholini ro‘yxatga olish, tegishli hududdagi sanoat va savdo 
korxonalarini ro‘yxatga olish va h.k. 
3-rasm. Marketing axborotlarini to‘plash uslublari 
Tanlama kuzatish esa marketing tadqiqotlarida ko‘proq qo‘llaniladigan uslub 
hisoblanadi. U yoppasiga kuzatishdan bir necha xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi va 
etarlicha afzalliklarga ega. Ular quyidagilardan iborat. 
Birinchidan, tanlama kuzatishda echiladigan ma’lumotlar tez fursatlarda amalga 
oshiriladi. Bu esa bozor xususida tezkor axborot yig‘ish va qaror qabul qilish jarayoni 
uchun o‘ta muhimdir. 
Ikkinchidan, tanlama kuzatish yo‘li bilan olinadigan axborot majmuaning ko‘p 
qirraligini va xususiyatlarini atroflicha o‘rganish imkonini beradi. Natijada majmua 
xususidagi axborotni to‘liqroq tarzda qayta ishlash, undan unumli foydalanish mumkin 
bo‘ladi. 
Uchinchidan, tanlama kuzatishada ro‘yxatga olinuvchilar miqdori nisbatan kam 
bo‘lganligi sababli, tadqiqot ob’ektni (yoki muloqotdagi auditoriyani) tayyorlash, u bilan 

Download 183.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling