Mavzu: marketing tushunchasi va uning asosiy konsepsiyalari
Iste’molchilarga axborot berishga yo‘naltirilgan kommunikativ soha
Download 81.88 Kb.
|
7. MARKETING TUSHUNCHASI.
Iste’molchilarga axborot berishga yo‘naltirilgan kommunikativ soha:
Reklamani. Xususiy savdoni. -Jamoatchilik bilan aloqalarni. Savdoni rag‘batlantirishni yaratadi. Mutaxassislarning baholashlaricha, korxonalar tomonidan marketing sohasidan hozirda juda sust foydalaniladi: analitik – 30 %, ishlab chiqarish va savdo – 45 %, kommunikativ – 29 %. Marketingni tashqi sohasi rivojlanish bosqichlarini ham quyidagicha ajratish mumkin: -marketing taqsimlash vositasi sifatida; -sotish vazifasi sifatida marketing vazifalarini tashkiliy jamlash; -marketingni mustaqil xizmatga ajratish; -marketing korxonaning asosiy vazifasi sifatida. Korxonada marketingning ichki sohasi o‘sib borish ahamiyati uning tashkiliy tuzilmasida o‘z aksini topadi. Marketingni boshqarish – tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabni oshirish, foydani ko‘paytirish uchun bajariladigan rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat, audit va rag‘batlantirish funksiyalari majmuyidan iborat. Marketingni boshqarish marketing faoliyatini intensivlashtirsh vositasi va falsafasi sifatida ko‘rilib, uning maqsadi sotuvni tashkil etish va rag‘batlantirish emas, balki firma tovar va xizmatlariga raqobatli bozor sharoitida talabni boshqarishdir. F.Kotler fikricha, marketingni boshqarish –firma oldida turgan maqsadga yetish uchun kerakli vaqtda, kerakli darajada firma tovarlariga talabni shakllantirishdir. J.J.Lamben esa bu tushunchaga xaridorlarning yangi talablarini shakllantirish va rag‘batlantirish, deb tarif bergan. Marketingni boshqarish bozorda firmalarning raqobat ustunligini ta’minlash va shakllantirish uchun yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagi tahlil turlarini oladi. Tashqi muhit tahlili. Vaziyatli tahlil. Bozor istiqbolini belgilash. Korxona imkoniyatlarini aniqlash. Bozordagi maqsad va strategiyani ishlab chiqish. Konkret vaziyatda korxonaning marketing maqsadlarini rejalashtirish. Marketing – miks rejasini ishlab chiqish. Marketing rejasini amalga oshirish, tashkil etish, boshqarish, nazorat va natijani baholash. Marketingning hozirgi zamon konsepsiyasi quyidagicha: -bozorni kompleks o‘rganish; -tovar navlarini rejalashtirish; -talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish; -savdo-sotiq faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish. Marketingning asosiy vazifalari bo‘linmalarning xizmat vazifalarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Bir tomondan mahsulotlar turlarining keskin yetishmasligi, boshqa tomondan ishlab chiqarilgan lekin sotilmay qolgan tovarlar mavjud bo‘lgan vaziyatda iste’molchilar talablari va ishlab chiqarish dasturlari o‘rtasida epchilroq va tezkor o‘zaro aloqalarni ta’minlash uchun marketingdan foydalanish zarurati tug‘iladi. Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etishda bosqichmabosqich yondashish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mamlakatimiz korxonalari, assotsiatsiyalari faoliyatining marketing xizmatlari bo‘yicha tahlili shuni ko‘rsatadiki, bajarilayotgan vazifalarning asosiy qismi tijorat xizmatlari bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan. Shu sababli marketing xizmatini tijorat bloki asosida tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Bozorning rivojlanishi va uning “xaridorlar bozori”ga aylanishi korxonaning marketing bo‘limi tashkiliy strukturalaridagi o‘rnini va uning boshqa bo‘limlar bilan o‘zaro harakatini asta-sekin o‘zgartiradi. Tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan marketing funksiyalaridan biri asta-sekin uning asosi (o‘zagi)ga aylanadi va tashkilot faoliyatining shunday funksional sohasiga aylanadiki, bu uning boshqa sohalarining funksiyalanishini ko‘p tomondan belgilaydi, ya’ni ishlab chiqarish, xodimlarni boshqarish, ITTKI (ilmiy-tadqiqot tajriba – konstrukturlik ishlari) va b. Bozor sharoitlarida marketing asosiy funksiya sifatida korxona faoliyatining strategiyasini belgilaydi. Korxonaga marketingni o‘zi uchun hayot tarzi, korxonaning esa falsafasi, deb bilgan odam rahbarlik qiladi. Marketing xizmati nafaqat ishlab chiqarish va savdoga xizmat qilish bo‘limi, shuningdek, tashkilot faoliyatini yakuniy iste’molchilarning chiqarilgan mahsulotga yo‘naltiruvchi strategik ishlab chiqarish– savdo boshqaruv rejalashtiruvchi va nazorat qiluvchi organlari hamdir. Marketing korxonaning hamma xizmatlari va bo‘limlariga kirib boradi. Shuning uchun korxonada marketingni boshqaruv strukturalarini tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Marketing xizmati shunday tashkil etilishi kerakki, u ushbu korxonaning o‘ziga xos xususiyatlariga (spetsifikasiga), uning resurs imkoniyatlariga, chiqarilayotgan mahsuloti va xizmat qilayotgan bank xarakteriga mos kelsin. U aniq, qaror qabul qilishda moslashuvchan, sodda va tezkorligi (mobilligi) bilan ajralib turadigan bo‘lishi lozim. Korxonalar marketing bo‘limi shunday hisobkitob bilan tashkil etiladiki, u eng yaxshi tarzda marketing maqsadlariga erishishga, ya’ni xaridorlarning qondirilmagan talablarini aniqlash, bozorlarni geografik jihatdan kengaytirish, bozor ulushlarini oshirish, bozorning yangi segmentlarini qidirib topish, foydani ko‘paytirishga yordam berizi zarur. Hozirgi zamon korxonalar faoliyati amaliyotining ko‘rsatishicha, marketing xizmati strukturasining rang-barangligiga qaramasdan marketingning tashkiliy tarkibiy turlari quyidagilar: − funksiyalar bo‘yicha; − mahsulot bo‘yicha; − bozorlar bo‘yicha; − iste’molchilar guruhi bo‘yicha; − hudud (region)lar bo‘yicha bo‘ladi. Marketing xizmatini tashkil etishda qat’iy standartlar mavjud bo‘lmaydi, shuning uchun har bir kompaniya, marketingni boshqarish strukturasiga asosiy talab–uning samaradorligi, aniq-ravshan (ochiq)ligi, tejamkorligi ekanligini anglay borib, bu masalani hal etishga mustaqil yondashadi. Marketing xizmati boshqa bo‘limlar va xizmatlar bilan o‘zaro aloqada harakatlanishi zarur va u marketingni korxona faoliyatiga joriy etilish darajasi bilan belgilanadi. Marketing va ta’minot bo‘limlarining o‘zaro munosabatlari, ularning faoliyatlarini muvofiqlashtirish shuning uchun kerakki, bunda muhim xom – ashyolar va butlovchilarning oldindan ko‘zda tutilmagan va kutilmagan holda yetmay qolishi kabilarning oldi olinadi. Bunday holatlar, agar marketing bo‘limi ta’minotchilarga rejalarning istiqboli va tuzilgan shartnomalar haqida ma’lumot bermaganlarida yuz beradi. Va aksincha, noto‘g‘ri prognozlar yoki marketing bo‘limi ta’minot bo‘limiga talablarning kamaygani haqida xabar bermaganidan materiallar hamda butlovchilarning haddan ortiq zaxirasi to‘planib qolganidan, boshqa ish (vazifalar) da muvaffaqiyatli foydalanilishi mumkin bo‘lgan bu vositalarni faoliyatdan to‘xtatib, ya’ni “muzlatib” qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Tovarlar bo‘yicha smeta va marketingning umumiy budjetini samarali realizatsiya qilish uchun marketing bo‘limi mutaxassislari xarajat va foyda ko‘rsatkichlarini doimo nazorat ostida tutishlari kerak bo‘ladi. Marketing bo‘limining yuridik xizmat bilan o‘zaro birgalikdagi harakati marketing bo‘limi mutaxassislariga xo‘jalik va tijorat faoliyatining turli tomonlarini ishlab chiqish, yangi buyumni ishlab chiqarish, narxlarni belgilash, qadoqlash, reklama, sotish shartlari kabilarni qonunchilik bo‘yicha boshqarishda tez va malakali yuridik maslahatlar olish imkonini beradi. Patent ishlari, tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish, litsenziya bitimlari, reklamatsiyalar va xaridorlarning e’tirozlariga taalluqli qonunlar va yo‘l-yo‘riqlar mavjud. Cheklangan savdo amaliyoti, monopolistik kelishuvlar, kechiktirilgan to‘lov bilan xarid va savdo narxlar haqida kelishuvlar va boshqalar bo‘yicha masalalarda yuridik normalarga amal qilish zarur. Download 81.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling