Mavzu: marketing tushunchasi va uning asosiy konsepsiyalari
Download 81.88 Kb.
|
7. MARKETING TUSHUNCHASI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing muhitini tashkil etuvchi omillar Tashqi marketing muhiti mikromuhit va makromuhitdan tashkil topadi. Makromuhit
Marketing muhiti — korxona (firma, kompaniya) marketing va boshqa xo‘jalik faoliyatini amalga oshiradigan muhit. Tashqi va ichki atrof-muhit marketingi farqlanar ekan, muhitning nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydigan omillari alohida ajratib ko‘rsatiladi. Har qanday korxona (firma, kompaniya) o‘z tovarlarini yetkazib bergan va xaridorlarni tegishli axborotlar bilan ta’minlagan holda bozor bilan aloqada bo‘lib faoliyatini amalga oshiradi. O‘z navbatida, firma (kompaniya) bozordan realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlarning puldagi ekvivalenti va yana o‘zga axborotlarni ham oladi. Bir butun yaxlitlik sifatida berk tizim vujudga keladi. Uning barobarida yana bir yopiq tizim mavjud bo‘lib, unda kompaniya (firma) xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar yetkazib beruvchilarga, hukumat organlarining turli xildagi normativ hujjatlariga, banklar hujjatlariga nisbatan qabul qilib oluvchi bo‘g‘in sifatida ish ko‘radi. Bunga javoban korxona (firma, kompaniya) ham tegishli axborotlar va pulni yo‘naltiradi. Natijada esa korxona (firma, kompaniya) marketingda tashqi muhit bilan chambarchas bog‘lanadi. Tashqi muhit tashkilot maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan darajadagi ichki potensialni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan resurslar bilan ta’minlovchi manbalar hisoblanadi. Demografik, iqtisodiy, ekologik, ilmiy-texnikaviy, siyosiy va madaniy omillar ana shular sirasiga kiradi.Tashqi marketing muhiti - firma tashqarisida harakatlanadigan subyektlar jamlanmasi bo‘lib, ular hamda firma o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar, rahbariyat va marketing xizmati imkoniyatlari, xaridorlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish va uni saqlab qolishda ta’sir qiluvchi holatlardir. Marketing muhitini hosil qiluvchi asosiy omillar 4.3-rasmda keltirilgan.
4.3-rasm. Marketing muhitini tashkil etuvchi omillar Tashqi marketing muhiti mikromuhit va makromuhitdan tashkil topadi. Makromuhit (ingl. Macroenvironment) — umumiyligicha mikromuhitga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy tashqi omillar (demografik omillar, madaniy muhit omillari, siyosiy omillar, ilmiy-texnik omillar, tabiiy omillar, iqtisodiy omillar). Marketing tizimi ma’lum muhitda ishlagani uchun unga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi: Demografik omillar. Iqtisodiy omillar. Tabiiy omillar. Ilmiy-texnik omillar. Siyosiy omillar. Ma’naviy muhit omillari. Sanab o‘tilgan tashqi omillar firma natijaviy ko‘rsatkichlariga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Marketingda tashqi soha elementlariHar qanday tizim kabi marketing tizimi ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ya’ni o‘zining belgilari, qonuniyatlari, maqsad va vazifalari mavjud. Bu tizim har bir elementi tashqi muhit omillariga bog‘liq. Marketing tizimining tashqi muhitining muhim elementlariga avvalambor, quyidagilarni kiritish lozim. 1) ta’minotchilar; 2) raqobatchilar; 3) vositachilar; 4) iste’molchilar (bozor); 5) firma. Firmaning samarali faoliyati bevosita sanab o‘tilgan tashqi muhit elementlari bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum sharoitda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik va ekologik omillar ham unga bevosita ta’sir etadi. Ta’minotchilar – marketing tizimining subyekti bo‘lib, ularning funksiyasiga hamkor firmalarni zarur xomashyo va kerakli asbobuskunalar bilan ta’minlashdan iborat. Raqobat – bozorda ishlab chiqarish va tovarlarni sotish (o‘tkazish)ning bozordagi eng yaxshi shart-sharoitlari uchun iqtisodiy raqobatchilik shakli. Xulosa Demografik omillarni o‘rgana borib, marketing aholi orasidagi tug‘ilish, yosh strukturalari malakalarini ko‘rib chiqishi zarur. Bu iste’molchilarga mo‘ljallangan ishlab chiqaruvchi qancha va qanday tovarlar ishlab chiqarishni bilishi bilan bog‘liq. Masalan, tug‘ilishning nisbatan pasayishi aholining keksayishiga olib keladi, bundan bolalar uchun tovarlarga talab kamayadi va katta yoshli aholi uchun esa mos tovarlarga ehtiyoj ortadi. Demografik va ziyatlarni tadqiq qiluvchilar uchun zamonaviy oilalar tendensiyalarini, ya’ni nikohga kiruvchilarning o‘rtacha yoshini, oilada bolalarning o‘rtacha yoshi, ajrashishlar sonini bilish muhim. Oilaning har bir guruhi uchun turli tovarlar va xizmatlar talab qilinadi. Migratsiya masalalarini o‘rganish firmaning bo‘linmalari va filiallarini joylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Odamlarning ma’lumotlilik darajasining o‘zgarishi, u qancha yuqori bo‘lsa, yuqori sifatli va aniq mahsulotlarga, matbuot nashrlariga va intellectual mehnat mahsulotlariga talab ham shuncha yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi. Download 81.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling