Mavzu: marketing tushunchasi va uning asosiy konsepsiyalari


Download 81.88 Kb.
bet2/6
Sana23.03.2023
Hajmi81.88 Kb.
#1290108
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7. MARKETING TUSHUNCHASI.

Marketing tizimi - F.Kotler fikricha, korxona bilan uning hamkorlari va tovar (xizmat)lari sotiladigan bozordagi subyektlarini o‘zaro bog‘lab turuvchi eng muhim munosabatlari va axborot oqimlari kompleksi (majmuyi)ni ifodalaydi. Marketing tizimiga ta’minotchilar, vositachilar, sotuvchilar, iste’molchilar, raqobatchilar va korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan boshqa bozor subyektlari kiradi.1
Marketing tizimi korxonaning bozordagi faoliyat strateiyasiga qarab shakllanadi va undagi o‘zgarishlar asosida yangilanaveradi. Marketing tizimining shakllanishiga va o‘zgarishiga asosiy sabab bozor konyunkturasi hisoblanadi. Marketing tizimi korxona tashqi muhitini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, texnik-texnologik, siyosiyhuquqiy va madaniy omillar ta’sirida shakllanadi va faoliyat yuritadi. Uning muvaffaqiyatli faoliyati korxona imkoniyatlarini bozor faoliyatiga nechog‘lik muvofiqligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga marketing tizimiga korxonaning raqobatchilari sezilarli ta’sir ko‘rsatib, ko‘pincha ularning bozor strategiyalari o‘zgarishi bilan tizimda yangi yo‘nalish boshlanishiga olib keladi.
Marketingning ichki va tashqi soha tushunchalari va ularning

o‘zaro bog‘liqligi
Marketingning funksiyasi juda keng bo‘lishi yoki savdo-sotiq va reklama bilan chegaralanishi mumkin. Marketingning roli qancha ahamiyatli bo‘lsa, korxonaning kuchli marketing sohasini (potensialini) yaratish ehtimoli shunchalik kuchli bo‘ladi. Korxonaning marketing sohasi uning 3 xil ishlab chiqarish funksiya holatini: analitik, ishlab chiqarish va savdo, kommunikativ sohasini aks ettiradi.
Analitik soha:

  • Marketing tadqiqotini o‘tkazish qobiliyatini.

  • Firma raqobatda aniq ustuvorlikka ega bo‘la oladigan segmentni tanlay olish qobiliyatini.

-Korxonaning marketing axborot tizimini shakllantiradi.
Ishlab chiqarish va savdo sohasi bu:
-Iste’molchiga zarur bo‘lgan tovarni yaratish va ishlab chiqarish qobiliyati (tovar siyosati).
-Tovarga iste’molchini jalb eta oladigan qiymat bera olish qobiliyati (narx siyosati).
-Tovarni iste’molchi uchun imkoniyatli qila olish qobiliyati (savdo siyosati).

Download 81.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling