Mavzu: marketingning funksiyalari, vazifalari va tamoyillari


Marketing funksiyalari va uning faoliyati mazmuni


Download 39.69 Kb.
bet5/8
Sana07.05.2023
Hajmi39.69 Kb.
#1436947
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MARKETINGNING FUNKSIYALARI, VAZIFALARI VA TAMOYILLARI.

Marketing funksiyalari va uning faoliyati mazmuni


Marketing konsepsiyasini olib borish uchun marketing funksiyalarini amalga oshirish orqali xal etiladi. Marketing funksiyalari 6 ta guruhga bо‘linadi:
1. marketing tadqiqotlari;
2. mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish;
3. sotish va taksimot funksiyasi;
4. tovarni siljitish;
5. narxni tashkil etish funksiyasi;
6. marketing - menedjment funksiyasi.
Marketing tadqiqotlari funksiyasida xalkaro bozorni tahlil etish; sotish bozorini tadqiq etish; iste’molchi ehtiyojlarini tadqiq etish; marketing operatsiyalarini о‘rganish; axborot tuplash va kayta ishlash; marketing-miks kompleksini tadqiqqilish; raqobatlarni о‘rganish; benchmarketing; talabni va sotishni bashorat qilish va boshqalar urganiladi.
Tahliliy funksiyada tashki muxit omillari, bozor, uning elementlari va holati, iste’molchilar, bozorni tо‘zilishi, tovar va tovarni tо‘zilishi, shuningdek firmaning ichki muxiti tahlil kilinadi. Bunda firma rahbariyati tomonidan nazorat kilinadigan omillar -texnologik jarayon, moliya axvoli, tashkiliy tо‘zilish, bozorni tanlash va boshqalar hisobga olinadi.
Tashki muxit omillariga iste’molchilar, raqobat xukumat, iqtisodiyot, texnologiya, mustakil ommaviy axborot vositalari kabi nazorat kilinmaydigan omillar kiradi.
Mahsulot yaratish funksiyasi orqali marketing faoliyatida yangi mahsulotlarni yaratish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish sohasia tovar raqobatdoshligi va sifatni boshqarish, shuningdek tovar siyosatini ishlab chiqish masalalari xal etiladi.
Sotish funksiyasi orqali tovarni taksimlash va sotish siyostaini ishlab chiqish, sado-taksimot tarmog‘iorqali sotuvni tashkil etish, yuk tashishni va omborga jaylashtirishni tashkil etish, tovar oborotini aniqlash, taksimot tizimini fizik oqimlarini nazorat qilish va sotishni tahlil etish urganiladi.
Tovarni siljitish funksiyasi natijasida sotishni rag‘batlantirish va reklama siyosatini ishlab chiqish; sotishni rag‘batlantirishni samarali instrumentlarini asoslash; tovarni siljitish tug‘risida multimedia texnologiyalarini asoslash; ichki firma reklamasini tashkil etish; sotuv ishlarini rag‘batlantirish; pablik rileyshnzni tashkil qilish va boshqalar tulik urganiladi.
Narxni tashkil etish funksiyasi orqali narxni shakllanish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish; sotuvni xar bir bozori uchun xar bir mahsulot uchun yashash davrini turli bosqichlarida narx matritsasini tо‘zish; joriy narxlar о‘zgarishi mexanizmini tо‘zish; raqobatchi narxini tahlilqilish; yangi mahsulot uchun narx belgilash kabilar xal etiladi.
Marketing-menedjment funksiyasi esa marketingni boshqarishni tashkil etish; nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tо‘zilishini ishlab chiqish, marketing faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, audit, marketing xizmati faoliyati samaradorligini baholash kabilarni о‘rganadi.
Marketing funksiyalari firmani boshqa funksiyalari, ya’ni ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funksiyalari bilan birga amalga oshiriladi.
Marketing funksiyasini firmani boshqa funksiyalaridan farki shundan iboratki, marketing funksiyasi firmalar, uning iste’molchilari, mijozlari о‘rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgandir. Shuning uchun xam marketing funksiyasi doimo о‘zgarib boradigan ehtiyojdagi talabni shakllanishi va yaratilishi, rivojlanishida javobgarlikka egadir.

Download 39.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling