Mavzu: Mashina, mexanizm, stanoklar va moslamalar


Download 209.18 Kb.
bet1/2
Sana03.11.2020
Hajmi209.18 Kb.
#140005
  1   2
Bog'liq
15-bilet referat 2-savol


Mavzu: Mashina, mexanizm, stanoklar va moslamalar

Reja:


1. Stanoklarning asosiy qismlari va vazifalari. Stanoklar tuzilishidagi umumiylik

2. Stanoklarda harakat uzatish mexanizmlari

Yog‘ochga ishlov berish stanoklarining konstruksiyasi ularning bajaradigan ishiga bog‘liq. Ba’zi stanoklar yog‘ochni arralash uchun, yana biri randalash uchun, boshqalari parmalab, teshish va hokazolar uchun ishlatiladi. Biroq stanoklar tuzilishi jihatdan bir-biridan farq qilgani bilan, ularning konstruktiv elementlari bir xil vazifani bajaradi: staninalar, stollar yoki karetkalar detallar uchun baza bo‘lib xizmat qiladi, uzellari esa kesish asbobini mahkamlash va ish vaqtida asbob yoki zagotovkaga harakat uzatish uchun xizmat qiladi. Stanoklarning konstruksiyasini o‘zgartirish ularning elementlari konstruksiyasining prinsipial o‘zgarishiga hamma vaqt ham sabab bo‘lavermaydi. Shunga ko‘ra, stanoklarning qismlarini bilish yangi konstruksiyadagi stanoklar va avtomatik liniyalarni tez o‘zlashtirishga imkon beradi.

Stanoklarning elementlari asosiy va yordamchi elementlarga ajratiladi. Asosiy elementlar jumlasiga staninalar, supportlar, ish organlari, surish mexanizmlari, yuritmalar, boshqarish organlari, tayanch va yo‘naltiruvchi qurilmalar, qisqichlar, siqish moslamalari va tirgaklar kiradi. Kesish asbobini charxlash, stanokni sozlash, rostlash va moylash, chiqindidan xalos qilish uchun mo‘ljallangan qurilmalar yordamchi elementlar bo‘lib hisoblanadi. Ko‘pgina stanoklar stanok yoniga o‘rnatiladigan mexanizmlar zagotovka bilan ta’minlab turuvchi va taxlash qurilmalari bilan jihozlanadi, biroq aytib o‘tilgan elementlar kompleksi bilan hamma stanoklar ham jihozlanavermaydi.

Stanina stanokning asosi bo‘lib, barcha uzellar va detallar staninaga mahkamlanadi. Stanina stanokning ayrim elementlari o‘rtasida ta’sir kuchlarini, titrama yuklamalarni hamda ishlov berilayotgan material yuklamasini qabul qiladi.

Staninalar quyib va payvandlab tayyorlangan bo‘ladi. Kesish asboblari aylanadigan stanoklarning ish organlari: shpindellari, pichoqlar va arralar o‘rnatiladigan vallari asboblarni mahkamlash va aylantirish uchun xizmat qiladi. kesish asbobi ilgarilanma harakat qiladigan stanoklarda ish organlari kesish asbobini mahkamlash, to‘g‘ri chiziqli kesish harakatini uzatish, to‘g‘ri yo‘nalishda surish uchun mo‘ljallangan.

Xavfsizlik texnikasi qoidalari. Stanokni dastlabki mashqlarda faqat o‘qituvchining zarur tekshiruvlaridan keyin, uning ruxsati bilan, ya’ni nazorati ostida ishlatishga ruxsat beriladi. bu qoidalarga stanokni boshqarish va unda xavfsiz ishlash ko‘nikmalarini mukammal o‘zlashtirgunga qadar qat’iy rioya qilish shart.

Mashina va mexanizmlarni harakatga keltirish uchun, eng avvalo, biror

energiya manbayi bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, mexanikaviy uzatishlar vallarning o‘zaro joylashishiga qarab, parallel, kesishgan, ayqash vali turlicha, uzatish sonining o‘zgarishiga qarab esa uzatish soni o‘zgarmas, pog‘onali o‘zgaruvchan va pog‘onasiz turlarga bo‘linadi.

Bundan tashqari, o‘quvchilarga uzatishlar to‘g‘risida ham qisqacha va

yetarli ma’lumotlar berish zarur.

Energiya manbayi mashinaning ish bajaruvchi qismi oralig‘ida joylashib, ularni o‘zaro bog‘lovchi hamda harakat talab qilinganidek boshqarishga imkon beruvchi mexanizmlar uzatmalar deb ataladi.

Mashinasozlikda mexanikaviy, elektrik, gidravlik uzatmalardan foydalaniladi. Ulardan eng ko‘p ishlatiladigani mexanikaviy uzatmalardir. Bu uzatmalar alohida va boshqa tur uzatmalar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin.

Mexanikaviy uzatmalar ikki turga bo‘linadi:



  1. ishqalanish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (funksional tasmali uzatmalar).

  2. ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (tishli uzatmalar).

Demak, mexanikaviy uzatmalarni tashkil etuvchi asosiy detallar o‘zaro tegib turadi yoki egiluvchi zveno bir tasma zanjir orqali bog‘langan bo‘ladi. Ilashish hisobiga ishlovchi uzatmalarning asosiy detallari (g‘ildirak, shkiv va shu kabilar) silliq sirtga ishqalanish hisobiga ishlaydigan uzatma- larning asosiy detallarining (tishli g‘ildirak, chervyak va shu kabilar) uzatilishini ta’minlaydigan tishlarga ega bo‘ladi. Uzatmalar energiya manbayi-
dan energiyani bevosita qabul qilib, ish bajaruvchi

qismiga uzatuvchi vall yetaklovchi vall deb, bu vall- dan energiyani qabul qilib, ish bajaruvchi qismiga uzatuvchi vall esa yetaklanuvchi vall deb ataladi.



Agar uzatma bir necha pog‘onali bo‘lsa, har bir pog‘onaning manbayi tomonidan birinchi vall ikkin- chi vallga nisbatan yetaklovchi, ikkinchi vall esa pog‘onadagi yetaklanuvchi vall bo‘ladi.

yuqorida bayon qilingan mashinasozlik element- larini o‘zlashtirmasdan turib, texnikaga oid bo‘lgan bilim-ko‘nikma va malakalar samarali natija ber- maydi. Uzatmalar to‘g‘risida ham qisqacha va yetar- li ma’lumotlar berilgan. quyida uzatmalar

haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.



Download 209.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling