Mavzu. Massa o‘lchov birliklari. Kilogramm. Gramm. Tayanch tushunchalar


Download 0.76 Mb.
Sana13.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1456163
Bog'liq
dars ishlanma 3sinf Massa o\'lchov birligi matematika




Mavzu. Massa o‘lchov birliklari. Kilogramm. Gramm.
Tayanch tushunchalar: Massa o‘lchov birliklari, kilogramm, gramm
Soatlar soni: 1 soat.
Mavzuning qisqacha mazmuni: Massa o‘lchov birliklari, kilogramm, grammga doir misol va masalalar yechish.
Metodlar: Suhbat, mustaqil ishlash.
Jihozlar: darslik, chizg‘ich mavzuga doir plakatlar.
Nazorat: Uy vazifasini tekshirish, og‘zaki so‘rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish.
Baholash: Uy vazifalarining bajarilishi, doskada yoki mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o‘quvchilar baholanadi.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarda massa o‘lchov birliklari, kilogramm, gramm haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
Kutilayotgan natijalar: Massa o‘lchov birliklari, kilo gramm, gramm va ularga doir misol va masalalar yechish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
Massa o‘lchov birliklari, kilogramm, gramm, ular orasidagi munosabat haqida tushunchalar beriladi. 495-, 496- va 498-topshiriqlar o‘quvchilar bilan birgalikda og‘zaki bajariladi. Har bir o‘quvchi kilogramm, gramm, ular orasidagi munosabatni bilishi kerakligi ta’kidlanadi.
495. Massalarning taqqoslanishini tushuntiring:


Kilogram (kg) –massaning asosiy o’lchov birligidir. Jismlarning massasini o’lchashda gramm (g) o’lchov birligidan ham foydalaniladi. 1 kg = 1000 g.




497- va 499-misoIlar mustaqil bajariladi. Shu bilan birga o‘quvchilar misollarni doskada ham yechadilar.
497-misol.
500 g +500 g =1000g = 1 kg
500 g +200 g = 700 g.
500 g +100 g +100 g = 700 g.
500 g +200 g +200 g +100 g = 1000 g. = 1 kg




499-misol:Tenglamalarni yeching:
14 + x =28 x +27 =47 200+x =500
x = 28-14 x =47 -27 x =500 -200
x = 14 x=20 x =300
J: 14 +14 =28 20 +27 =47 200+300 =500
28 = 28 47 =47 500 = 500


x+300 =800 120+x =360 x+240 =790
x =800 -300 x =360 -120 x =790 -240
x =500 x =240 x =550
J:500+300 =800 120 +240 =360 550+240 =790
800=800 360 =360 790 =790


500-masala quyidagicha yechiladi:
Qora choy -400 g.
Ko’k choy -?, 150 g. kam
Hammasi -? G choy.
Javob: 400 -150 =250 (g).
400 +250 = 650 )g).
Javob: Hammasi 650 (g). choy.


501. Kesmalarning uzunliklarini santimentr va millimetrlarda o’lchang va taqqoslang:
A B


C D


491-topshiriqdagi kesmalarning uzunligi va farqi:
AB = 8 sm 2 mm, CD = 11 sm 6 mm;
CD - AB = 11 sm 6 mm - 8 sm 2 mm = 3 sm 4 mm.
502-topshiriqdagi boshqotirmaning yechilishi:
Bittadan 1, 2 va 5 kg li toshlar bor. Shu toshlardan foydalanib pallali tarozida 500 g, 2 kg, 7 kg guruchni qanday qilib tortish mumkin?


503-misoI va 504-masala uyga berilib, ularni bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar beriladi.
Uyga vazifa: 503. Tenglamalarni yeching:
18 +x =35 x +500 =900 230+x =570
X +34 =56 300+x =700 x +470 =980
47+x =85 x+400 =600 480 +x =850
504.masala:
Do’kondan 400 g sariyog’ va undan 50 g ortiq pishloq xarid qilindi. Hammasi bo’lib necha gramm mahsulot xarid qilindi?
Darsdagi faolligiga qarab o‘quvchilar baholanadi.
Uyga qo‘shimcha topshiriq: Kilogramm, gramm, ular orasidagi munosabatni puxta bilib kelish.



Samarqand shahar xalq ta’limi bo’limiga qarashli 2-umumiy o’rta ta’lim maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Ra’no Gaybullayevaning
4-“A” sinfida
o’qish fanidan o’tkazilgan bir soatlik ochiq


M avzu: “Shum bola”
Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling